Hoshimov, S. S
ASINXRON DVIGATELNING MATEMATIK MODELI
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
ASINXRON DVIGATELNING MATEMATIK MODELIAsinxron dvigatel (AD)ning matematik modelini ekvivalent almashtirish sxemasi yoki Park-Gorev differensial tenglamalari tizimi ko‘rinishida tasvirlash qabul qilingan. Odatda, ekvivalent sxemalardan mashinaning o‘rnatilgan tavsiflarini o‘rganish uchun, Park-Gorev tenglamasidan esa elektr dinamik jarayonlarni tadqiq etish uchun foydalaniladi. Ekvivalent almashtirish sxemasini qurishda, ishlayotgan mashina stator va rotor chulg‘amlarini yulduz usulida ulangan holda bitta fazasidagi hodisalar ko‘rib chiqiladi. Rotor va stator chulg‘amlari orasidagi elektromagnit bog‘lanish rotor chulg‘amida EYK E2S orqali induksiyalanayotgan o‘zaro induksiya oqimi Ф bilan amalga oshiriladi. Birlamchi zanjirning induktiv qarshiligi X1 statorning sochilish oqimi Ф1S dan yuzaga keladi, rotorning induktiv qarshili X2S esa — sochilish oqimi Ф2S hisobiga yuzaga keladi. Rotordagi tok chastotasi statordagi tok chastotasi f1 bilan f2 = f1S ko‘rinishida bog‘langan. Statorning r1 va rotorning qarshiliklari r2 aktiv mashinaning konstruktiv jihatlari bilan aniqlanadi. U holda rotor toki 2 2 yoki I 2= E2S / r 2+(x s)2, (4.1) 2 I 2= E2 / (r2S1)2 + x2, (4.2) bu yerda: E2 — rotor EYK, S — sirpanish. (4.2) ifodaga ko‘ra dvigatel rotori qo‘zg‘almas bo‘lib qoladi, rotor zanjiridagi aktiv qarshilik esa qo‘shimcha qarshilik hisobiga o‘zgaradi, bu qarshilik rqo‘sh = r2/S - r2 = r2•(1-S)/S (4.3) ga teng. Bu yerda asinxron mashina fazasining ikkilamchi zanjir parametrlarini birlamchiga keltirilgan almashtirish sxemasi 4.1-rasmda keltirilgan. Bu yerda xm va rm — magnitlovchi kontur qarshiligining induktiv va aktiv tashkil etuvchilari va Im — mashina po‘latining magnitlovchi toki. Bu sxemaning kamchiligi stator toki I1, stator zanjiriga keltirilgan rotor toki I2 va magnitlovchi Im toklarining rotor sirpanishiga bog‘liqligidadir. Asinxron dvigatel fazasining almashtirish sxemasini olishda quyidagi joizliklarga yo‘l qo‘yiladi: Birlamchi va ikkilamchi zanjir parametrlari (r1 va rў2) o‘zgarmas hisoblanadi, ya’ni ular mashina yuk 4.1- rasm. Asinxron mashina parametrlarini ikkilamchi zanjirdan (rotordan) birlamchi zanjirga (statorga) keltirilgan holatdagi bitta fazaning ekvivalent sxemasi. lamasiga (isishga) bog‘liq emas, bundan tashqari rў2 chastotaga va rotordagi siqib chiqarish tokiga bog‘liq emas, to‘yinish esa x1 va xў2 larga ta’sir etmaydi. Magnitlovchi tokdan statorda hosil bo‘ladigan kuchlanish tushishi hisobga olinmaydi. Magnitlovchi kontur o‘tkazuvchanligi doimiy deb qabul qilinadi. Shuning uchun yuklamadan qat’iy nazar I2 toki qo‘yilgan kuchlanishga chiziqli bog‘liq bo‘lib qoladi. Mashinadagi ishqalanish hisobiga va po‘latda hosil bo‘ladigan qo‘shimcha isroflar hisobga olinmaydi. Yuqori garmonikali magnit yurituvchi kuchlar va dvigatel tokining o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan titratuvchi va so‘ndiruvchi parazit momentlar e’tiborga olinmaydi. Qabul qilingan joizliklarni hisobga olgan holda rotorning statorga keltirilgan toki: 2 2 I 2=U1 / (r1+ r 1 / S)2+(x1+ x1)2, (4.4) bu yerda: U1 — faza kuchlanishi. Shunday qilib, S = 0 bo‘lganda Iў2 ning qiymati nolga teng bo‘lib qoladi va mashina tarmoqdan magnitlovchi tok Im ni iste’mol qiladi. Dvigatel o‘qidagi yuklama hisobiga sirpanish S ortishi bilan Iў2 toki ham ortadi va S = 1 bo‘lganda Iў2 ning qiymati qisqa tutashuv tokiga teng bo‘ladi. Bu tokni ishga tushirish toki deyiladi: 2IT 1 I 1 = U / . (4.5) Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling