Hoshimov, S. S
ELEKTR YURITMALARNING MEXANIK O‘TKINCHI JARAYONLARI
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
ELEKTR YURITMALARNING MEXANIK O‘TKINCHI JARAYONLARIAvval eng oddiy tizim variantini ko‘rib chiqamiz, bu tizim uchun Mq = const va J = const. barcha mexanik bog‘lanishalrni qattiq, deb hisoblaymiz. Bunday shartlarda tizimning dinamikasi bitta momentlar muvozanati tenglamasi bilan ifodalanadi: Md-Mq = J•dw/dt. Mexanik tavsifni to‘g‘ri chiziq deb qarab, quyidagini yozish mumkin: w = w0•(1-Md/Mq.t.), (6.1) bu yerda: Mq.t.— dvigatelning rotori qo‘zg‘almas bo‘lgandagi qisqa tutashish momenti, bu yerdan Md = Mq.t.•(1-w/w0). (6.2) Harakat tenglamasiga (6.2) ni qo‘yib, quyidagini olamiz: J•dw/dt + Mq.t.•w/w0 = Mq.t.- Mq. (6.3) Qisqa tutashish momenti mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok mashinalarida yakorga qo‘yilgan kuchlanishga, o‘zgaruvchan tok mashinalarida esa kuchlanish kvadratiga proporsional bo‘ladi. Shuning uchun tenglamaning birinchi qismi qisqa boshqarish ta’sirini, ikkinchisi esa tashqi ta’sirni ko‘rsatadi. Mq.t/w0 = c dvigatel mexanik tavsifi qattiqligini belgilovchi burchak koeffitsiyentidir. Shuning uchun quyidagini yozish mumkin: J•dw/dt + cw = Mq.t-Mq. (6.4) Tenglamani c ga bo‘lib, quyidagini olamiz: J/c•dw/dt + w = w0-(1/c)•Mq. (6.5) Quyidagi belgilashlarni kiritamiz: Kc = 1/c va J/c = TM, bu yerda TM — elektromexanik vaqt doimiysi TM•dw/dt + w = w0 - Kc•Mq. (6.6) Tm ni moment va tezlikning nominal qiymatlari orqali ifodalash ham mumkin C = M q.t. = M nom = M nom w0 = M nom , bu yerda: w0 w0 wnom ( w0 wnom )w0 w0 Snom TM = J•w0Snom/Mnom, (6.7) bu yerda: Snom — nominal sirpanish. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok mashinasi uchun elektromexanik vaqt doimiysi ifodasiga yuritma parametrlari va dvigatelning konstruktiv koeffitsiyentlarini kiritish ham mumkin. Bu holda c = Mq.t./w0 = KE•KM•Iq.t./U = KE•KM/r, (6.8) bu yerda: r — yakor zanjiri qarshiligi. TM = J•r/(KE•KM). (6.9) Elektromexanik vaqt doimiysi ifodasiga ko‘ra, u inersiya momenti va yakor zanjiri qarshiligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zgarmas tok mashinasi uchun (6.8) ni hisobga olgan holda Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling