Hoshimov, S. S
YURITMANING MEXANIK QISMIDAGI ISROFLAR
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
YURITMANING MEXANIK QISMIDAGI ISROFLAREnergiya dvigatelning elektr zanjiri va yuritmaning kinematik zanjiri bo‘yicha uzatilganda dvigatelning kuchli zanjirida elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirish jarayonida isroflar hosil bo‘ladi. Bundan tashqari o‘qlarning ustunlarida tishli uzatma va boshqa uzatma turlarida ishqalanish kuchlari hisobiga, qovushoq ishqalanish, umumiy elementlarda bundan tashqari dissipatsiya hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan qarshilik kuchlari hisobiga ham isroflar bo‘ladi. Bu isroflar yuritmaning o‘rnatilgan va dinamik rejimlarida uning ishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, agar dvigatel uchun quvvatlar tengligi tenglamasiga ko‘ra: Pelm = P - DPel; P¶ = Pelm - DP¶, (1.19) bu yerda: P — o‘zgartgichdan (tarmoqdan) dvigatelga berilayotgan quvvat: Pelm, P¶ — elektromagnit va dvigatel o‘qidagi mexanik quvvat; DPel — dvigatel kuchli zanjiridagi quvvat sarfi; DP¶ — energiyani elektromexanik o‘zgartgichi bo‘lgan elektr mashinadagi quvvat sarflari. Dvigatelning kuchli zanjiridagi issiqlikka aylanadigan va o‘zgartgich qurilmasi yordamida qoplanadigan isroflarni hisobga olmasdan quyidagini yozish mumkin: DP¶ = DPp + DPm, (1.20) bu yerda: DPp — po‘latdagi isroflar; DPm — mexanik isarflar. Po‘latdagi isroflar gisterezis va uyurma toklar hisobiga hosil bo‘ladi. Isroflar dvigatel yakorining aylanish tezligiga mos ravishda chiziqli va kvadrat ko‘rinishida bo‘ladi. Mexanik isroflar cho‘tkadagi va podshipniklardagi quruq (kulon) ishqalanishni yengish hamda qovushoq ishqalanish hisobiga yuzaga keladi. Bu ayniqsa o‘z-o‘zini shamollatadigan elektr mashinalarda sezilarli qiymatga ega. Yuqorida ko‘rsatilgan isroflarni doimiy DPdoim va o‘zgaruvchan DPo‘zg isroflarga ajratish mumkin. U holda (1.19) va (1.20) ifodalardan quyidagini olamiz: Pelm = P¶ + DP¶ = P¶ + DPdoim + DPo‘zg. (1.21) Elektromagnit momentni (1.18) tenglamadan aniqlaymiz: Melm = M¶ + DM0 + DMo‘zg, (1.22) bu yerda: M¶ — yuritma o‘qidagi moment; bu muvozanatlovchi statik moment Ms; DM0 — o‘zgarmas, DMo‘zg — aylanish tezligiga bog‘liq bo‘lgan moment isrofining o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi. Bundan buyon ifodalar yozuvini soddalashtirish maqsadida elektromagnit momenti belgisidagi «elm» indeksini tushirib qoldiramiz. DMo‘zg elektr mashina va uning tashkil etuvchilarini burchak tezlikka bog‘liq bo‘lgan shamollatish usuliga ko‘ra: DMo‘zg » Kw2, (1.23) burchak tezlik Dw ni uncha katta qiymatga o‘zgarmaganligi bois (1.20) quyidagi ifoda bilan almashtirilishi mumkin: DMo‘zg»dMq.i. = aDw, (1.24) bu yerda: a — tashqi qovushoq ishqalanish koeffitsiyenti. Shunday qilib, dvigatelning mexanik qismini qattiq jism sifatida qarab elektromagnit moment uchun quyidagi ifodani olamiz: M = Mq + DM0 + DMo‘zg. O‘z navbatida dvigatel o‘qiga keltirilgan statik moment nafaqat ish organi ijrochi mexanizmining yuklamasi bilan, balki uzatish qurilmalaridagi isroflar bilan ham aniqlanadi. Bu holda uzatish qurilmalarining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olish kerak bo‘ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling