Hoshimov, S. S


O‘ZGARMAS TOK MASHINALARI CHULG‘AMLARINING INDUKTIVLIGI VA


Download 1.18 Mb.
bet54/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

O‘ZGARMAS TOK MASHINALARI CHULG‘AMLARINING INDUKTIVLIGI VA


ELEKTRMAGNIT VAQT DOIMIYLIGI

Elektr zanjirlarining qarshiligi va ularning induktivligi elektrmagnit jarayonlarning xarakterini va o‘tish vaqtini belgilaydi. Ma’lum haroratga (odatda 15°C da) keltirilgan chulg‘am qarshiliklari kataloglarda beriladi. Oddiy hisoblashlarda qarshilikni dvigatel ishlayotgan haroratga keltirish mumkin:




rx = r15°C(1 + at)

bu yerda: a — elektr qarshiligining issiqlik koeffitsiyenti, u mis uchun 0,004 ga teng; harorat farqi t = Jx-15.


Shuni hisobga olish kerakki, yakor zanjiri qarshiligi sifatida nafaqat chulg‘amlar qarshiligini, balki barcha bog‘lovchi kabellar qarshiligini tushunish kerak. Bundan tashqari ekvivalent qarshilikni o‘zgartgichdagi kommutatsion hodisalar va dvigatel cho‘tkasi kontaktidagi kuchlanish tushishi hisobiga ortishini e’tiborga olish kerak.
Po‘lat o‘zaklarda joylashgan chulg‘amlarning induktivligini aniqlash ancha murakkab. Ular, birinchidan, nochiziq zveno bo‘lsa, ikkinchidan bitta magnit zanjiri bilan, ayniqsa o‘zgaruvchan tok mashinalarida, bir nechta chulg‘amlarga bog‘liq. Shuning uchun nafaqat sochilish induktivligini, balki chulg‘amlar orasidagi o‘zaro induktivlikni ham qarab chiqish kerak. Hisoblarda bundan tashqari magnit zanjirining to‘yinishini ham e’tiborga olish kerak.
O‘zgarmas tok mashinasi yakor chulg‘amining induktivligi Umanskiyning empirik formulasi orqali aniqlanadi:


Lya = b•Unom/(p•wnomInom), (5.7)

bu yerda: Unom, Inom, wnom kuchlanish, tok va tezlikning nominal qiymatlari; p mashinaning juft qutblar soni; p•wnom — yakor chulg‘ami tokining chastotasi.


Koeffitsiyent b ni yakor reaksiyasini kompensatsiyalovchi chulg‘ami bo‘lgan katta mashinalar uchun 0,25, kompensatsiyalovchi chulg‘ami bo‘lmagan kichik mashinalar uchun esa 0,6 deb qabul qilinadi.
Yakorning induktivligi va aktiv qarshiligi qiymatlari bo‘yicha dvigatelning elektrmagnit vaqt doimiysi aniqlanadi, ya’ni:


Tya = Lya/rya. (5.8)

Qo‘zg‘atish chulg‘ami induktivligi tabiiy ravishda qo‘zg‘atish toki funksiyasi bo‘lib, to‘yinishga bog‘liq ravishda bir necha marta o‘zgaradi. Qo‘zg‘atish chulg‘amining induktivligini aniqlash uchun mashinaning magnitlovchi egri chizig‘i yoki generator rejimida salt yurish tavsifidan foydalaniladi.


Juft qutblarda 2p da joylashgan barcha qo‘zg‘atish chulg‘ami uchun:


Lq = 2pp wndFn/diq. (5.9)
bu yerda: 2pp mashinaning qutblar soni; wn — bitta qutbdagi o‘ramlar soni; Fn — qutbni kesib o‘tadigan magnit oqimi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, o‘tkinchi jarayonlarni EHMda hisoblayotganda magnit oqimining tokka bog‘liqligidan foydalanish kerak, qo‘zg‘atish zanjiri uchun:


Uq = iqrq + wqdFn/dt. (5.10)



    1. Download 1.18 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling