Hoshimov, S. S
QISQA VAQT ISHLASH REJIMI UCHUN DVIGATEL QUVVATINI TANLASH
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
QISQA VAQT ISHLASH REJIMI UCHUN DVIGATEL QUVVATINI TANLASHQisqa vaqt ishlash rejimida dvigatelning imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun uni qo‘shimcha yuklash mumkin. Bu holda ish yakunida izolyatsiya harorati joiz chegara qiymatga yetishi kerak. Dvigateldagi isroflar va haroratning o‘zgarish grafigi 7.4- rasmda keltirilgan. Qisqa va uzoq vaqt ishlash rejimidagi isroflarning nisbati issiqlik bo‘yicha o‘ta yuklanish koeffitsiyenti deb ataladi. d = Qq/Quz, (7.43) bu yerda: Qq — qisqa vaqt ishlash rejimidagi isroflar; Quz — uzoq vaqt ishlash rejimidagi isroflar. Uzoq vaqt nominal rejimda ishlaganda chulg‘am izolyatsiyatsining harorati asimptotik ravishda joiz qiymatiga yaqinlashadi: tM = Quz/A. (7.44) 7.4- rasm. Tezlikning trapetsioidal diagrammasi va dvigateldagi isroflar grafigi. Qisqa vaqt ishlash rejimida esa ushbu haroratga quyidagi formulaga muvofiq tq vaqtda erishiladi tM = (Qq/A)(1-e-tq/Tq) (7.45) Qisqa vaqt ishlash rejimida tez ishlayotgan dvigatelning o‘rniga uzoq vaqt ishlash rejimiga mo‘ljallangan dvigateldan foydalanib bo‘lmaydi. Qisqa vaqt ishlash rejimi uchun maxsus dvigatellar zarur. Bu dvigatel, agar u o‘zgarmas tok dvigateli bo‘lsa, takomillashtirilgan kollektorga, agar asinxron dvigatel bo‘lsa, katta maksimal kritik momentga ega bo‘lishi kerak. Energetik nuqtayi nazardan uzoq vaqt ishlashga mo‘ljallangan dvigatelni qisqa rejimda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Yuqorida qayd etilganidek, nominal rejimda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan isroflar bir-biriga teng va bu rejimda FIK maksimal qiymatga ega bo‘ladi. Qisqa ish rejimida FIK jadal ishlash sharoitida maksimal bo‘ladi. Demak, o‘zgarmas sarflar ko‘paytirilgan, misdagi isroflar kamaytirilgan bo‘lishi kerak, ya’ni isroflarning taqsimoti uzoq vaqt ishlaydigan mashinanikidan farq qiladi. Davlat standartlari bo‘yicha dvigatellarning quyidagi ishlash vaqtlari 10, 30, 60 va 90 min belgilangan. Real grafikdagi qisqa vaqt ishlash davomiyligi tq.haq davlat standartida (katalogda) ko‘rsatilgan qiymatlardan biriga tq.kat mos kelmasa dvigateldagi isroflarni quyidagi nisbatga muvofiq qayta hisoblab chiqish kerak: (Qq.kat/A)(1-e-tq.kat/Tq) = (Qq.haq/A)(1-e-tq.kat/Tt). (7.46) Bu yerdan qisqa rejimdagi sarflarning ortishi: Qq.kat/Qq.haq = (1-e-tq.kat/Tt) /(1-e-tq.kat/Tt), (7.47) bu yerda: Qq.kat — davlat standartida qisqa rejim uchun belgilangan isrof, Qq.haq — qisqa ish rejimidagi haqiqiy isrof. 7.5- rasm. Dvigatelning qisqa ish grafigi. Katalogdan aniqlangan qiymati bo‘yicha eng yaqin katta quvvatga ega bo‘lgan dvigatel tanlanadi. 7.4- rasmda dvigatelni qisqa rejimda ishlashining soddalashtirilgan grafigi keltirilgan. Haqiqatda esa, grafik ishga tushirish, tormozlash uchastkalariga ega. Tezlikning o‘rnatilgan zonasida esa moment va tok o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun dvigatelning ekvivalent tok va momentini aniqlashga to‘g‘ri keladi va haqiqiy grafikni unga ekvivalent bo‘lgan to‘g‘ri burchakli grafik bilan almashtiriladi (7.5- rasm). Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling