Hoshimov, S. S
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
Qx = qdoim + x2•qo‘zg.nom. (7.8)
bu yerda: x = P2 /Pnom dvigatelning yuklanish koeffitsiyenti. Aniqroq qilib, quyidagicha x = I/Inom yoziladi. Chunki chulg‘amlardagi isroflar va ularning qizishi asosan ulardan o‘tayotgan tokka bog‘liq. FIK ning maksimal qiymati nominaldan farqli bo‘lgan yuklama qiymatida (7.6) tenglamaga binoan quyidagini olamiz: qdoim = Qnom•g/(g + 1); (7.9) qo‘zg.nom = Qnom/(g + 1). (7.10) U holda yuklamaning nominaldan farqli qiymatlaridagi isrofning ifodasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi Qx = Qnom•g/(g + 1) + Qnom•x2/(g + 1) = = Qnom•(g + x2)/(g + 1). (7.11) Tabiiyki, ushbu formuladan foydalanish uchun g ning qiymati ma’lum bo‘lishi kerak. Lekin katta xatoliklarsiz g ning qiymatini g = 1 deb qabul qilish mumkin. O‘tkinchi rejimlardagi isroflarni aniqlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Dvigatel harakatlanayotgan va tormozlanayotgan vaqtda statik yuklamadan tashqari inersiya massalarining tezlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan dinamik yuklama ham ta’sir etadi. Bunda dvigatel toki sezilarli darajada o‘zgaradi va energiya isroflari vaqtning murakkab funksiyasi bo‘lib qoladi. Isroflarning aniq hisobi faqat yuklama diagrammasi — tok va tezlikning o‘zgarish grafigi mavjud bo‘lgandagina amalga oshirilishi mumkin. Ta’minot kuchlanishini o‘zgarmas (doimiy) deb qabul qilib, tezlatish va tormozlashda dvigatel zanjirida ajralib chiqayotgan isroflarni taxminan baholash mumkin. Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelni salt yurishda (yuklamasiz) ishga tushirishdagi isroflarni ko‘rib chiqamiz. Ifodalarni soddalashtirish va jarayonning energetik ko‘rsatkichlariga ta’sir etayotgan asosiy omillarni yanada oydinlashtirish uchun po‘latdagi isroflarni hisobga olmaymiz. Mexanik tavsiflarni tahlil qilayotganda mexanik isrofni ish mashinasi hosil qilayotgan yuklamaga qo‘shib yuboramiz. Tarmoqdan iste’mol qilinayotgan quvvat qisman yakor zanjiridagi qarshiliklarda yo‘qolib, asosan mexanik energiyaga aylanadi: P = Pm + Pel. (7.12) Dvigatelni salt yurishda ishga tushirayotganda (Mq = 0) harakat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Md = Jdw/dt. Dvigatel magnit maydoni o‘zgarmas bo‘lganda Md = KMI; E = KEw, bu yerdan tok I = J/KM•dw/dt. (7.13) Dvigatel t1 vaqtdan t2 vaqtgacha harakatlanayotganda tarmoqdan iste’mol qilinayotgan energiya t2 w2 A= UIdt= K E0 J/ K м d w= t1 w1 = K E/ K м J w0(w2 w1). (7.14)
SI sistemasida KE = Km bo‘lganligi uchun A = Jw0(w2- w1). (7.15) Salt yurishda harakatlanayotganda dvigatel tezligi ideal salt yurish tezligiga teng. Shuning uchun integrallash chegarasi w1 = 0 dan to w2 = w0 gacha bo‘ladi. Bu integrallash chegaralaridan (9.15) ifodadan foydalanib quyidagini olamiz: A = J w20. (7.16) Yuritma inersiya massalariga beriladigan energiya: t2 t2 w0 A= Pмdt = ЕIdt = K E wJ/ K м d w/ dt dt= t1 t1 0 0 = J w2 /2 (7.17) Yakor zanjiridagi energiya sarfi: t2 Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling