Hoshimov, S. S
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
Mnom = (1ѐ1,6)Mq.o‘r, (7.1)
bu yerda: Mq.o‘r = — ishlash sikli vaqti ts davomidagi statik momentining o‘rtacha qiymati. Bundan tashqari Mnom ni aniqlashning quyidagi formulalarini ham tavsif etish mumkin: Mnom = (Mq.o‘r + Mo‘r.kv)/2; (7.2) Mnom = М q.o‘ r M ur,kv ; (7.3) bu ifodalarda Mo‘r.kv — statik momentning o‘rtacha kvadrat qiymati, bu qiymat ish mashinasining yuklama diagrammasidan aniqlanadi. Qabul qilingan taxminiy quvvat asosida katalogdan dvigatel tanlanadi va quyidagi formula bo‘yicha tizimning inersiya momenti aniqlanadi. J = Jdd + (JM/j2); (7.4) bu yerda: d — dvigatel va ish mashinasi orasidagi mexanik zvenolar inersiya momentini hisobga oladigan koeffitsiyent; j — mexanik uzatmaning uzatish soni. Shundan so‘ng, o‘tkinchi rejimlar hisoblanadi va dvigatelning yuklama diagrammasi quriladi. Bu diagramma esa dvigatel chulg‘amlarini qizishga tekshirish uchun asos bo‘ladi. Lekin issiqlik rejimlarini hisoblash va dvigatel quvvatini tanlash uchun, odatda, o‘tkinchi jarayonlarni qurishda katta aniqlik talab etilmaydi. Shuning uchun yuklama diagrammalari soddalashtirilgan usulda, ya’ni 7.1- rasm. Elektr yuritmaning yuklanish diagrammasi. ishga tushirish va tormozlash bosqichlarida moment va toklarning qiymatlarini o‘zgarmas, deb qabul qilgan holda hisoblab quriladi. Bundan tashqari zamonaviy elektr yuritmalarda tok va momentlarning qiymatlari maxsus chegaralash va jadallashtirish sxemalari bilan o‘zgarmas saqlab qolinadi. Bunda tezlanishni ham o‘zgarmas saqlanishiga erishib tezlikning chiziqli o‘zgarishi ta’minlanadi. 7.1- rasmda bitta sikl uchun yuklama diagrammasi keltirilgan. Shunday qilib, dvigatel quvvati dastavval (7.1) — (7.3) tenglamalarga muvofiq aniqlanishi kerak. Shundan so‘ng katalogdan dvigatelning inersiya momenti bilan jamlangan holda dvigatelning soddalashtirilgan yuklama diagrammasini hisoblash uchun elektromexanik tizimning inersiya momentining qiymati aniqlanadi. 7.3. Statik va dinamik rejimlarda energiya isrofi Dvigatelning issiqlik holatini baholash uchun uning aktiv qismlarida ajralayotgan isroflarni yuritmaning ishlashiga bog‘liq ravishda aniqlash kerak. Kataloglarda dvigatelning nominal yuklamadagi FIK keltiriladi. Turli yuklamalarda dvigateldagi isroflarni (yo‘qotishlarni) aniqlash uchun dvigatelning FIK o‘zining maksimal qiymatiga o‘zgarmas qdoim va o‘zgaruvchan qo‘zg isroflarning tenglik shartidan kelib chiqqan holda yondoshish zarur. U holda mos ravishda qdoim = qo‘zg.nom. (7.5) Ba’zan bu shartga to‘liq rioya qilinmaydi. Dvigatel o‘qidagi quvvat (0,9ѐ0,95) Rnom xarakterga ega bo‘lgan rejimdir. U holda quyidagini yozish mumkin qdoim = gqo‘zg.nom. (7.6) Nominal rejimdagi to‘la isroflar Qnom katalogda berilgan ma’lumotlar asosida quyidagicha aniqlanishi mumkin: Qnom = Pnom(1- hnom)/hnom = qdoim + qo‘zg.nom. (7.7) Yuklamaning ma’lum qiymatidagi Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling