Konchilik korxonalari elektr taminoti tizimida neytrali yerga ulangan va neytrali yerdan ajratilgan uch fazali o'zgaruvchan tok tarmoqlarning qollanilishi. Reja
Download 0.69 Mb.
|
Konchilik korxonalari elektr taminoti tizimida neytrali yerga ulangan
Konchilik korxonalari elektr taminoti tizimida neytrali yerga ulangan va neytrali yerdan ajratilgan uch fazali o'zgaruvchan tok tarmoqlarning qollanilishi. Reja: 1.Konchilik korxonalari elektr taminoti tizimi 2.Konchilik korxonalari elektr taminoti tizimida neytrali yerga ulangan va neytrali yerdan ajratilgan uch fazali o'zgaruvchan tok tarmoqlarning qo'llanilishi. Elektr taminotini shartli ravishda tashqi va ichkiga bolamiz. Tashqi elektr taminoti bu qurilmalar majmuasi bolib, korxona hududida joylashgan elektr energiya bilan taminlab beruvchi tanlangan nuqtadan elektr sistema tomon maqbul podstantsiyagacha ulash hisoblanadi. GP elektr taminoti pogonasimon tuzilishga ega. Pogonalar miqdori korxona ning quvvati va uning hududidagi elektr yuklamani joylashtirishga bogliq boladi. Kopchilik hollarda bir-ikki pogonani qollashadi. Kop pogonali sxema himoyani va elektr uskunalardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Bir pogonali elektr energiyani taqsimlash sxemasida asosiy kuchlanishni pasaytiruvchi oststantsiya (nimstantsiya) ortasida agar taqsimot 35-330 kV kuchlanishda amalga oshirilsa (AKN) va yuqori volьtli taqsimlovchi punkt (TP) orqali agar kuchlanish 6-10 kV kuchlanishda bo’lsa podstantsiya chuqur kiritgichlari (PCHK) va korxona ta’minot manbasi o’rtasida tarmoqli zveno mavjud. Ikkinchi pog’onada elektr energiyani taqsimlashda TP o’rtasidagi tarmoqli zveno, yoki PCHKning ikkilamchi kuchlanish taqsimlovchi qurilmalari va transformatorli podstantsiyalar (TP) yoki alohida 6-10 kV kuchlanishli EP ko’zda tutiladi Uchinchi pog’onada elektr energiyani taqsimlanishi (ichki pastvolьtli elektr ta’minoti) 1 kVgacha elektr taminoti va transformatorli podstantsiyalar ortasida tarmoqli zveno oziga xosdir. Amaliyotda elektr tarmoqlarni loyihashtirishda elektr energiyani taqsimlashning ikkita asosiy tizimi juda keng tarqalgan- radial va magistral. Bu sistemalarni birgalikda qollaganda aralash sistema hosil boladi. Radial sistemada elektr energiyani taqsimlash taminlash manbaidan yoki TP (transfomatorli podstantsiya) yoki TP(taqsimlovchi punkt) har bir istemolchiga mustaqil taminlash manbasi orqali korxonaning AKN (asosiy kuchlanishli nimstantsiya) dan amalga oshiriladi. Radial sistemaning maqsadga muvofiqligi shundaki taminlash manbasining turli yonalishlarida yirik bir yerga toplangan yuklama mavjud. Kuchlanishni muhim tebranishlarni chaqiruvchi keskin ozgaruvchan yuklamalarda radial energiya borligi tufayli boshqa ETlarini ishlashiga tasiri kamayadi. Bu taminlash sistemasi foydalanishda yuqori moslashuvchanlik va qulayliklarga ega boladi: buzilish yoki liniya tamiri faqatgina birta istemolchiga aks etadi. Elektr energiyaning magistral taqsimlash sistemasi bir yoki bir necha parallel liniyalarda bir nechta istemolchilarni quvvatlantirishni qozda tutadi. Magistral sxemalarni bir tomonlama va ikki tomonlama quvvatlantirish yakka-yakka yoki qosh qilib bajariladi, Bu sxemalar podstantsiyalarni parchalash printsiplarini yana ham tejamli bolishini amalga oshiradi va elektr energiya istemolchilariga yuqori kuchlanishni yaqin qilib korsatadi. Yakka magistrallar sxemasida birta EPdan uzish ishlab chiqarish sharoitlarida boshqa EPlarni qolganini ham uzilishiga olib keladi. Qosh sxemali magistrallar EPni ozaro zaif boglangan masul va texnologik quvvatlantirish uchun qollaniladi. Quvvatlanishtirishning aralash sxemasi elektr taminotining ishonchliligi talablari boyicha va quvvat boyicha turli guruhlarga ega bolgan yirik korxonalarda ommaviy tus olgan. K orsatilgan sxemalar quvvatlash ishonchliligi darajasi boyicha kop turli bolib, har qanday kategoriyada EPni quvvatlash uchun ularning har biri qollanishi mumkin. Sxema turlarini tugallangan tanlash variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan amalga oshiriladi. Elektr energiyani birinchi taqsimlash darajasida 35-330 kV kuchlanishli havo yoki chuqur kiritgichli kabelli liniyalar va qattiq yoki 6-35 kV kuchlanishli moslashuvchan tokotkazgichlar qollaniladi. Konchilik korxonalari elektr taminotining eng kop ommalashgan sistemasi bu chuqur kiritgich bolib, u elektr taminotini sistemasini EPga yuqori kuchlanishga joiz maksimal yaqinlashishi va apparat va tarsformatsiyalarni oraliqdagi minimal pogonalar miqdoridan iborat boladi. CHuqur kiritgichni qollash bir yoki ikki darajadagi transformatsiyani qisqartirish imkonini beradi. Ayrim bir korxonalarda (masalan shaxtalarda) qoida boyicha birta PCHK quriladi, u barcha EP quvvatlantirishni amalga oshiradi. Qudratli istemolchilarni (masalan kon-boyituvchi kombinatlar)elektr taminotida odatda bir nechta PCHK quriladi. C Huqur kiritgichlar ikki sxema boyicha bajarilgan: liniya bloki sxemasi boyicha PCHK ni oziqlanuvchi radialli LEP (2 rasm), ulkan elektr yuklamasi hududi boyicha otuvchi asosiy LEP va ayiruvchi va qisqa tutashuvni qollash bilan bir nechta PCHKlarni quvvatlovchi. (1 rasm). Radialli chuqur kiritgich atrof muhit ifloslanganida tavsiya etiladi (bazida motadil atrof muhit muhofazasida). Magistralli chuqur kiritgichlar motadil atrof muhit sharoitida qollash maqsadga muvofiqdir ( kam atrof muhit ifloslanganda siyrak) va ehtimol korxona hududi boyicha havo LEP otishi sharoitida, PCHK bolsa korpuslar yonida joylashtiriladi. Qudratli tok otkazgichlarni qollagan holda 6-10 kV elektr taminoti kuchlanish magistral sxemasi- birinchi pogonada energiyani taqsimlashning progressiv sistemasidir. Ulardan uzoq vaqt foydalanilganda,yuklama yuqori solishtirma qalinligida yok magistral toyinishda qulay amalga oshirish uchun asosiy istemolchilarni kontsentratsiyaning joylashishida, yani qachonki energiyaning asosiy oqimi minimal bolganda qollashadi. Juda kop hollarda magistral tok otkazgichli ikkilangan qoshaloq sxema qollaniladi (3 rasm), bu ularni otkazish qobiliyatini oshirish uchun hamda istemolchilarni ishonchli quvvatlashni taminlash uchun zarur boladi. Agar energiya tokotkazgich boyicha taqsimlansa unda transformator - birinchi va ikkinchi kuchlanishda shinalarni yigmasdan turib tok otkazgichda (4 rasm) blok sxemasi qollaniladi. Magistral tok otkazgichli sxemalar har qanday toifadagi istemolchilar uchun yaroqli, chunki u quvvatlanishni ishonchliligini taminlaydi. Tok otkazgichlarni tejamkorligini oshirish maqsadida ana shunday trassalarni otkazish zarur, chunki ular korxonaning barcha elektr yuklamasini taxminan 70-75 % ini taminlab beradi. Elektr taminoti sxemasiga qoyiladigan asosiy talablar: i stemolchilarni energiyalar bilan taminlashda belgilangan ishonchlilikni taminlash. Elektr energiyani barcha zvenolar boyicha taqsimlashda Podstantsiya uzelidan podstantsiyaning past kuchlanishli shinalarigacha loyihalash va tuzilishida shinalarda chuqur sektsiyalashni qollash kerak boladi. Parallel texnologik oqimlarda EP taminlagichi qoida boyicha turli TP,RP, magistrallar yoki bir stantsiyaning turli sektsiyalarida amalga oshiriladi. Bir oqimdagi barcha ozaro bogliq bolgan texnologik agregatlar shina bir sektsyasidan quvvatlanishi kerak (bir RP, magistral va boshq) elektr taminot sxemasi shunday turishi lozimki, bunda barcha elektrlar kuchlanish ostida bolishi kerak; Minimum moljallangan xarajatlarga mos bolgan tejamlilikdan qanoatlanish. Elektr taminot sxemasini loyihalashtirishda ularni kichik yuklama davrida qoshimcha tarmoq qurilmalarida katta xarajatlarsiz imkoniyatlar boyicha (tungi paytda, dam olish va bayram kunlarida)iqtisodiy ishlashini korib chiqish kerak. Energiya bilan taminlash mabaini maksimal darajada EPga yaqinlashish kerak; Energiyani yuqori sifatini (GOST talablariga muvofiq), jumladan minimum ogishi va normal, avariya va avariyadan keyingi rejimlarda energo taminot sistemasi tuzilishda kozda tutilgan tadbirlar hisobiga kuchlanish tebranishida ushlab turish; e lektr yuklamalarni (sxemadagi kabi konstruktiv qismida ham)ishlab chiqarishni intensifikatsiyasida oshishi bilan bogliq bolganidek xuddi shunday uni rekonstruktsiyasida ham osishini taminlash. Sxemaning barcha elementlarini ishlashida (liniya, transformatorlar) odatda alohida korib chiqish kerak boladi, chunki parallel ishlashda qisqa tutashuv toklari oshadi va qurilma va releli himoyasi sxemasi murakkablashadi; karьerlarni elektr ta’minoti sistemasini ekspluatatsiya qilish qulayligi, oddiyligi va xavfsizligida tashqi elektr ta’minoti sxemasi muhim o’rin ajratiladi. Tashqi elektr ta’minoti sxemasi nihoyatda turlichadir, uning tuzilishi quyidagi faktorlarga bog’liq: karьer chuqurligi va maydoni ishlab chiqarish joyi, kon mashinalari asosiy yuritmasi quvvati, transfport sistemasi, texnik parametrlari, sxemasi va quvvatlanish manbasiga yaqinligigacha bo’lgan masofasi va boshq. Energetika tizimini rivojlanishi sababli hozirgi kunda karьerlarni elektr ta’minoti rayon nimstantsiyasidan havo va kabel chiziqlar orqali amalga oshiriladi. Karьerlarda I va II kategoriyadagi iste’molchilar RPSdan GPP gacha karьerlarda ikkitadan kam bo’lmagan liniya tadbiq etiladi. Havo liniyalari (HL-VL) bir yoki ikki zanjirli turli xildagi yog’och, temirbeton va metall tayanchlarni qo’llash orqali barpo etiladi. RPSdan quvvat oluvchi karьerlardagi liniyalar asosiy kuchlanishni pasaytiruvchi oststantsiya (nimstantsiya)gacha 6 dan 220 kVgachani tashkil qiladi. RPSdan (1-3 km) masofada yaqin joylashgan kichik karьerlarni elektr bilan ta’minlashda markazi taqsimlash punkti yoki 6 kV kuchlanishli taqsimlash punktlaridan barpo etiladi. RPda quvvatlanish (5 rasm) a) kichik qarьerlar ularda faqat III toifali iste’molchilar bo’ladi, birta 6 kVli kabelli yoki havo statsionar kabeli bo’yicha amalga oshiriladi. I va II toifali iste’molchilarga ega bo’lgan RPSdan yaqin joylashgan karьerlar uchun elektr ta’minotining ishonchliligi bo’yicha sxema qo’llaniladi, bu sxema TSRP yoki RP ikki VL(havo) yoki KL(kabel) bo’yicha bir yoki ikki RPSdan (RPS1,RPS2) (5,b,e rasm) quvvatlanadi. TSRP va RP kon ishlanmalarining ishlamaydigan zonasida ya’ni odatda yuza bo’ylab yoki kareьrning ishlamaydigan pog’onalarida joylashadi. Rayon nimstantsiyasi energotizimidan (20-50 km) masofada joylashgan 10 MVt va undan yuqori muayyan quvvatda qudratli karьerlarda elektr ta’minoti 5.,g-j rasmda keltirilgan sxema bo’yicha amalga oshiriladi. Ana shu sxema bo’yicha rayon nimstantsiyasi energotizimidan karьer maydonigacha 35,110,150,220 kV kuchlanishli magistral havo liniyasi o’tkaziladi. Kon ishlanmalarida katta hududli(10—20 km2) karьerlar uchun 5 d,e rasmda keltirilgan sxema qo’llaniladi. Asosiy nimstantsiyalarni markazga yaqinlashtirish maqsadida karьerlarda yuklamani bir yoki ikki RPSdan quvvat oluvchi 35-220 kV dastlabki kuchlanish bir yoki bir nechta GPP (GPP1, GPP2) bilan quriladi 35,110,150,220 chuqur kiritgichli liniya bloki sxemasi bo’yicha bajariladi –transformator ko’pincha yuklama yirik istemolchilarga yaqin qilib kiritiladi. Nimstantsiya yoki alohida transformatorlar magistraldan shaxoblangani boyicha quvvatlanadi. (5 rasm) Kopchilik hollarda taqsimlash qurilmasini ochilishida (TQO) asosiy kuchlanishni pasaytiruvchi oststantsiya (nimstantsiya)ni ajratgich va qisqa tutashgan qurilmali boshlangich kuchlanishdagi uzgichsiz soddalashtirilgan variant boyicha jihozlashadi. Karьerlarni elektr bilan ta’minlashda (EKN-8I, EKG-12.5,ESH-15/90A, ESH -100/100 va boshq) 5- ye,j rasmda keltirilgan sxemasi bo’yicha qudratli ekskavatorlardan foydalaniladi. 5- ye rasmda berilgan sxema qachonki ikki turlicha kuchlanishda ishlovchi karьerda ekskavatordan foydalanilgan holdagina qo’llaniladi. Mana shu sxema bo’yicha karьerda ikki ikkilamchi 6 va 10 kV kuchlanishdagi uch cho’lg’amli transformator GPP quriladi. Nimstantsiyaning har qaysi sektsiyasidan ekskavatorlar 6 yoki 10 kV ga mos ravishda ekskavatorlar ishchi kuchlanishda quvvat oladilar. 5,j rasmda keltirilgan sxema karьerlar uchun elektrifikatsiyalangan transport va qudrat yuqori ishlab chiqaruvchi ekskvatorlar va rotorli komplekslar qo’llaniladi Mana shu sxema bo’yicha karьerda ikki ikkilamchi 35 va 6 kV kuchlanishdagi uch cholgamli transformator GPP quriladi. Bu GPPlar RPSdan bir yoki ikki zanjirli havo liniyasi boyicha 110-220 kV kuchlanishda quvvatlanadi. Yopiq taqsimlash qurilmasi shinasiga (OTQ) 6 kV yuza boylab elektr qabul qiluvchi, ekskavatorlar va boshqa ochiq kon ishlariga yaqin uchastkalarda joylashgan istemolchilar birlashtiriladi; ochiq taqsimlash qurilmasi shinasiga 35 kV- havo liniyalariga kon ishlaridan uzoq uchastkalarda joylashgan 35/6 kuchlanishli nimstantsiya kochma transformatorlari chuqur kiritgichlari printsipi boyicha quvvatlanayotgan qudratli ekskavatorlar va boshqa energiya yiguvchi istemolchilari ulanadi. Buning uchun komplektli yigma va bolaklarga ajratish (YKKK) va kochma komplektli transformatorli nimstantsiyalar qollaniladi. 2500-10000 kV A quvvatli transformatorli 35/6-10kV PKTP nimstantsiyalaridan EKG-8I,EKG-12,5, ESH -15/90, ERSHRD-5000 va boshqa ekskavatorlarni quvvatlash uchun foydalaniladi. 6-10 kVlik taqsimlash qurilmasi TQ KRUN komplekt shkaflardan 6-10 kV qurilgan ajratgichlar, uzgichlar va boshqarish apparaturasi va himoyasidan bajariladi. Mana shu sxemani elektrlashtirilgan temir yo’l transporti foydalaniladigan karьerlarda qo’llashadi. Bunday karьerlarda elektr transportni taminlovchi nimstantsiya bilan birlashtirilgan GPPni barpo etishadi. Bunday holatlarda ORU 35 shinalariga havo liniyalari 35 kV birlashtiriladi, u (PKTP 35/6) kon ishlar uzoqda joylashgan uchastkalardagi qudratli ekskavatorlarni kochma nimstantsiyalarini shuningdek ozgartiruvchi agregatlarning transformatorlarini quvvatlaydi . Hozirgi vaqtda yangidan qurilayotgan karьerlarda muayyan quvvatli transformatorlar 16 MV A va yerga tutashuvda tok miqdorini kamaytirish va yuqori qisqa tutashuv tokini kamaytirish loyihalarida 6(10) kV parchalangan ikkilamchi cho’lg’am kuchlanishi, 110-220 kV birlamchi kuchlanishni transformatorlarda ornatishni GPP da kozda tutish tavsiya etiladi.Bundan holatlarda ZRU-6(10) kV tort sektsiyadan barpo etiladi.(6 rasm) A sosiy pasaytiruvchi nimstantsiyalar (APN-GPP) zonadan tashqari portlatish ishlarida va LEP ning uzunligini qisqartirish uchun elektr yuklama markaziga yaqin bolishi mumkin bolgan karьerning ishlamaydigan bortida joylashtiriladi. Birlashtirilgan tortish - tarqatish nimstantsiyalari sayyor transheyalar hududidagi karьer bortida joylashadi. GPP kommutatsiyasi sxemasi ekspluatatsiya qilishning normal rejimida transformator va quvvatlanuvchi liniyalarni alohida ishlashini ta’minlaydi. Ularning parallel ishlashi esa elektr ta’minot sistemasida avariyalarni bartaraf etishda faqat almashlab ulashda yo’l qo’yiladi.Tashqi elektr ta’minotning asosiy sistemasidan tashqari – karьerlarni quvvatlovchi sxema, sanoat maydonchalari obektlarini elektr taminoti sxemasi ham mavjud. Alohida elektr qurilmalar va tsexlarda elektr taminoti TP 6-10/.,4 kV orqali yoki GPP shinadan bevosita 6-10 kV havo va kabelli liniyalari tsexlar sanaot maydonchasida amalga oshiriladi Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling