Hoshimov, S. S


Dissipatit kuchlar va ularning quyushqoq elеmеntlardagi ta'siri


Download 1.04 Mb.
bet8/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1208187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Dissipatit kuchlar va ularning quyushqoq elеmеntlardagi ta'siri. EMT quyushqoq elеmеntlari dеformatsiyalanganda nafaqat potеnsial enеrgiya zaxirasini qayta taqsimlaydigan quyushqoq kuchlar hosil bo’ladi, balki qarshilik kuchlari ham paydo bo’ladi. Konsеrvativ xaraktеrga ega bo’lgan quyushqoq kuchlardan farqli o’laroq qarshilik kuchlari ularni sochishga (mеxanik enеrgiya dissipatsiyasi) olib kеladi, ya'ni ularni issiqlik yoki boshqa enеrgiyaga aylantiradi.
O’zining fizik tabiati bo’yicha dissipativ kuchlar ikki sinfga bo’linadi: quyushsqoq elеmеnt magtеrinallaridagi ichki ishqalanish kuchlari va quyushqoq elеmеntlarining ulanish joylarida ularning konstruktiv jihatdan bajarilishiga bog’liq bo’lgan tashqi ishqalanish kuchlari.
Dissipativ kuchlarni aniq hisobga olish ularga ko’pgina tasodifiy faktorlarni ta'siri bo’lganligi uchun qiyinchilik tug’diradi, shuning uchun odatda elеktr yuritma nazariyasida ularni «b» qarshilik koeffitsiеnti kiritish bilan hisobga olinadi.
U holda quyushqoq aylanuvchi elеmеntda burilish burchagi
 mavjud bo’lgandagi momеnt quyidagicha aniqlanadi

М=Мshd.к =
С  b
(1.10)



Bu yеrda С -bikrlik; b-qarshilik koeffitsiеnti; Мsh ва Мd.к –mos ravi-
shda quyushqoq va dissipativ kuch momеntlari.

Amaliy hisoblarda bikrlik С o’rniga ba'zi hollarda tеskari qiymat
«e» qo’llaniladi va uni bo’ysinuvchanlik dеyiladi.


    1. ELEKTROMEXANIK TIZIMDA QARSHILIK KUCHLARI VA MOMENTLAR


Elektr yuritma ish holatida dvigatelning elektromagnit momenti M ish mashinasi yoki uning ish bajaruvchi organida foydali yoki parazit qarshilik kuchlari natijasida hosil bo‘lgan qarshilik momenti Mq bilan muvozanatda bo‘ladi. Bu dvigatel o‘qiga keltirilgan momentni keltirilgan statik qarshilik momenti Mq deyiladi.


Ish mashinasining statik momentini burchak tezlikka bog‘liqligi 1.3-
rasmda keltirilgan. Yog‘och metall va boshqa materiallarni kesishda yuzaga keladigan qarshilik kuchlari tufayli hosil bo‘ladigan statik momentlar 1.3- rasmdagi 1 to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.


1.7- rasm. Statik momentning tezlikka bog‘liqligi:
1 — tezlikka bog‘liq bo‘lmagan (o‘zgarmas) moment; 2 — tezlikka chiziqli bog‘liq bo‘lgan moment; 3 — burchak tezlik kvadratiga proporsional bo‘lgan moment; 4 — burchak tezlikka proporsional va o‘zgarmas tashkil etuvchisi bo‘lgan moment.

Qayishqoq elementlardagi ishqalanish kuchlari tezlikka to‘g‘ri proporsional bo‘lgan statik momentni hosil qiladi (2 chiziq). Ventilyatorlar esa tezlikning kvadratiga proporsional bo‘lgan statik momentni yuzaga keltiradi (3 chiziq). Markazdan qochma rotor mashinalari, sentrifuga va nasoslar o‘zgarmas tashkil etuvchi va tezlikning kvadratiga proporsional bo‘lgan statik momentni hosil qiladi (4 chiziq). Bunday ish mexanizmlari uchun statik moment quyidagi formula orqali aniqlanadi.


w k




nom 
М s= М о+(М nom- М о) w ,
(1.2)

bu yerda: Mnom va wnom — ish mexanizmining o‘qidagi nominal ish holatidagi statik moment va burchak tezlik; Mo — boshlang‘ich moment (w = 0 bo‘lgandagi); K = 0, 1, 2 qiymatga ega bo‘lgan daraja ko‘rsatkichi.


Odatda, statik momentlar harakatga qarshilik ko‘rsatadi va ayrim hollarda aksincha bo‘ladi. Shuning uchun hamma statik momentlar ikki turga, ya’ni reaktiv va aktiv (potensial) momentlarga bo‘linadi.
Reaktiv momentlar (kuchlar) harakatga to‘sqinlik qiladi va harakat yo‘nalishi o‘zgarganda ishorasini o‘zgartiradi. Bunday momentlarga

ishqalanish kuchlariga bog‘liq bo‘lgan hamma momentlar kiradi. Reaktiv moment Mq = f (w) w = 0 bo‘lganda uzilib qolganligi uchun yuritmaning ustuvor holati a, b va s, d oraliqdagi (1.4- rasm, a) har qanday nuqtada yuzaga kelishi mumkin.
1.8- rasm. Reaktiv (a) va aktiv (b) statik momentlarning tezlikka bog‘liqligi.

Aktiv potensial momentlar (kuchlar) yuritmaning ayrim elementlarida potensial energiyaning qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular og‘irlik kuchlari hamda qovushqoq jismlardagi siqilish, cho‘zilish va buralish kuchlari hisobiga hosil bo‘ladi. Bu moment va kuchlar harakat yo‘nalishi o‘zgarganda ham ishoralarini o‘zgartirmaydilar (1.4-


rasm, b). Odatda harakat tezligi o‘zgarsa ham aktiv momentning qiymati o‘zgarmaydi. Bu kuchlarning mexanik tizimga qayta ta’sirida ham tebranish energiyasi yutilmaydi. Shuning uchun ularni konservativ deyiladi va bunday qurilmalarning dinamik modeli konservativ zvenolar bilan amalga oshiriladi.



    1. Download 1.04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling