Hoshimov, S. S


QARSHILIK MOMENTLARI, INERSIYA MASSALARI, QAYISHQOQ MOMENTLAR


Download 1.04 Mb.
bet9/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1208187
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

QARSHILIK MOMENTLARI, INERSIYA MASSALARI, QAYISHQOQ MOMENTLAR


VA DISSIPATIV KUCHLAR MOMENTINI BITTA O‘QQA KELTIRISH


Momentlar va qarshilik kuchlarini keltirish. Zamonaviy elektr yuritmaning rivojlanish tendensiyasi ma’lum darajada reduktorsiz tizimlardan foydalanishga bog‘liq. Bu elektromexanik tizim kinematikasini soddalashtiradi va elektrlashtirilgan agregat ishonchliligini oshiradi.
Barcha tadqiqot va hisoblarda odatda elektr yuritmaning umumlashtirilgan matematik modelidan foydalaniladi. Bunday masalalarni yechishda kerak bo‘ladigan elektr yuritma mexanik qismining dinamik modelini tuzishning asosiy prinsiplari 1.1 da keltirilgan. Bunday modellar keltirilgan tizimdan foydalanish asosida tuziladi.
Agar elektr yuritmaning mexanik qismi bikrlikka ega bo‘lgan mexanik zvenolardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda elektr dvigatel, uzatish qurilmasi va ish mexanizmining soddalashtirilgan modeli dvigatel o‘qining aylanish tezligi bilan aylanayotgan yakka keltirilgan mexanik tizim yoki ish mashinasining ijrochi elementi bilan almashtirilishi mumkin. Keltirilgan tizimni olish uchun harakatlantiruvchi momentlar, qarshilik momentlari va inersiya massalari shunday ravishda
qayta hisoblanishi kerakki, birlamchi tizimning kinematik va dinamik xususiyatlari saqlanib qolsin. Bunda ikkita holatni ko‘rish mumkin: bir turdagi harakatni tezligining qiymati boshqacha bo‘lgan shunga o‘xshash harakatga keltirish; bir turdagi harakatni boshqa turdagi harakatga keltirish (masalan, aylanma harakatni chiziqli harakatga keltirish).
Tizimni keltirish jarayoni eng avval momentlarni (kuchlarni) keltirishni ko‘zda tutadi. Bunda masalani soddalashtirish maqsadida uzatish mexanizmidagi quvvat isroflarini hisobga olmaymiz. U holda kinetik energiyani saqlanish qonuniga asosan dvigatel va ish mashinasining ijrochi organi o‘qlaridagi quvvatlarning tengligini quyidagicha yozamiz:


Mqw = Mmwm.

bu yerda: Mq — dvigatel o‘qiga keltirilgan statik moment; Mm — mexanizm o‘qidagi statik qarshilik momenti; wva wm — dvigatel va mexanizm o‘qlarining burchak tezligi.


Bundan quyidagini olamiz:
Mq = Mm(wm /w) = Mm j-1, (1.3) bu yerda: j — uzatish qurilmasining uzatish soni.
Uzatish qurilmasida bir nechta j, ..., jn uzatish soniga ega bo‘lgan
uzatishlar bo‘lganda

М = М
n
j 1.

q m i 1 i
(1.4)

Ilgarilama harakatda


Fq = Fm(vm / vg).

Agar ish organi ilgarilama harakatda, dvigatel esa aylanma harakatda bo‘lsa, u holda elektr yuritma elementlarining ilgarilama va aylanma harakatlar quvvatlarining tengligidan kelib chiqqan holda




Mq = Fm(vm/wa), (1.5)

bu yerda: vm — ish organi siljishining tezligi, m•s-1; w — dvigatel o‘qining burchak tezligi, rad•s-1.


Yuqoridagilarga o‘xshash holda elektromexanik tizimning har qanday o‘qiga moment va kuchlarni keltirish formulasini olish mumkin.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling