Hoshimov, S. S


Download 1.04 Mb.
bet32/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1208187
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Savol va topshiriqlar


  1. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning universal tavsifi qanday ko‘rinishga ega?

  2. Dvigatelning universal tavsifi nima uchun kerak va undan qanday foydalaniladi?

  3. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning mexanik tavsifi tenglamasini keltiring.

  4. Dvigatelning tabiiy tavsifini tasvirlang.

  5. Dvigatel yakorini shuntlagandagi sxema va unga mos bo‘lgan tavsifni tasvirlang. Bu sxemadan qanday hollarda foydalaniladi?

  6. Yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amini birgalikda shuntlagandagi sxema va mexanik tavsif qanday ko‘rinishga ega? Qanday hollarda bu sxemadan foydalaniladi?

  7. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelni dinamik tormozlash qanday amalga oshiriladi?

  8. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning dinamik tormozlash tavsifini tasvirlang.

  9. Reaktiv va aktiv moment bo‘lganda teskari ulab tormozlash sxemasini chizing.

  10. Reaktiv va aktiv moment bo‘lganda ketma-ket qo‘zg‘aishli dvigatelning teskari ulab tormozlashdagi mexanik tavsifini tasvirlang.



III bob. O‘ZGARMAS TOK ELEKTR YURITMALARINING ROSTLASH XUSUSIYATLARI VA MEXANIK TAVSIFLARI





    1. ELEKTR YURITMALARNING AYLANISH TEZLIGINI ROSTLASHNING ASOSIY KORSATKICHLARI

Zamonaviy sanoat mexanizmlarining ish organlari tezlikni keng ko‘lamda o‘zgartirishni talab etadi. Jumladan, metallga ishlov berish dastgohlari, prokat stanlari, ko‘tarma kran va transport qurilmalari,


qog‘oz ishlab chiqarish, ko‘mir qazib olish, to‘qimachilik va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan mexanizmlar kiradi. Bu mexanizmlarning barchasida yuqori ish unumdorligini va talab etiladigan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida tezlikni rostlash zarur.
Tezlikni rostlash deb texnologik jarayon talablaridan kelib chiqqan holda elektr yuritma tezligini majburiy o‘zgartirishga aytiladi. Bu yerda tezlikni rostlash tushunchasini ishlab turgan mashina o‘qida yuklama o‘zgarishi hisobiga dvigatel tezligini tabiiy ravishda o‘zgarishi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Tezlikni rostlash yuritma dvigateli yoki ishlab chiqarish mexanizmi uzatish tezligiga operator yoki maxsus avtomatik qurilma yordamida qo‘shimcha ta’sir natijasida amalga oshiriladi.
Elektr yuritmalar tezligini rostlashning turli usullarini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1) rostlash diapazoni; 2) rostlash ravonligi; 3) rostlash tejamkorligi;

  1. berilgan tezlikda mo‘tadil ishlashi; 5) tezlik rostlanayotgandagi yo‘nalish (asosiy tezlikka nisbatan ko‘payishi yoki kamayishi); 6) turli tezliklardagi joiz yuklama.


    1. Download 1.04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling