Hoshimov, S. S
VII bob. DVIGATEL QUVVATINI TANLASH VA YURITMA ENERGETIKASI
Download 1.04 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTR YURITMALARNING YUKLAMA DIAGRAMMALARI
VII bob. DVIGATEL QUVVATINI TANLASH VA YURITMA ENERGETIKASIDVIGATEL QUVVATINI TANLASH Elektr yuritmani loyihalashning asosiy bosqichlaridan biri bu dvigatel quvvatini tanlashdir. Yuritmani ishonchli va samarali ishlashi kutilayotgan yuklamaga dvigatel rejimining mos kelishiga bog‘liq. Ishlash jarayonida dvigatel chulg‘amlari va magnit tizimida dvigatel haroratini ortishiga olib keladigan energiya isrofi yuzaga keladi. Haroratning ortib ketishi izolyatsiyaning eskirishi va ishdan chiqishiga olib keladi. Harorat izolyatsiya materialining fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Dvigatel quvvatining ortib ketishi ham maqsadga muvofiq emas. Katta quvvatdagi dvigatel uning o‘lchamlari va inersiya momentining ortib ketishiga, natijada o‘tkinchi jarayonlarning cho‘zilib ketishiga olib keladi. Yuklamasi kichik bo‘lgan asinxron dvigatel qo‘shimcha energiya sarfiga olib keladigan passiv quvvat koeffitsiyenti bilan ishlaydi. Shunday qilib, dvigatel quvvatini tanlash uchun bir tomondan dvigatelni to‘la yuklanmasligi va u ishlayotganda harorati joiz qiymatdan ortib ketmasligi uchun hisoblashlar bajarilishi kerak. Lekin bu hisoblar nominal quvvati, inersiya momenti, FIK va h.k. ma’lum bo‘lgan dvigatel uchun bajarilishi darkor. Bu holda oldindan yuklama grafigi, ya’ni yuritma mexanizmining ishlab chiqarish siklidagi tok, moment va tezligining o‘zgarish grafigi qurilgan bo‘lishi kerak. Demak, dvigatel quvvatini birdan aniqlab bo‘lmaydi. Avval mo‘ljallangan quvvatdagi dvigatel tanlanib, so‘ng berilgan shartlar bo‘yicha quvvatni aniqlashga to‘g‘ri keladi. Bunda har safar yuritma dinamikasini hisoblab, yuklama diagrammasini qurishga to‘g‘ri keladi. Qizish shartlari bo‘yicha tanlangan dvigatel o‘ta yuklanish qobiliyati bo‘yicha yuklama diagrammasidagi yuklama cho‘qqilariga qo‘llangan holda tekshirilishi shart. ELEKTR YURITMALARNING YUKLAMA DIAGRAMMALARIElektr yuritmalarni yuklama diagrammalarini qurish dvigatel quvvati hisobining majburiy bosqichi hisoblanadi. Faqat yuklama diagrammasi asosida oldindan tanlangan dvigatelni quvvati ijrochi mexanizmning ishlash rejimiga va o‘ta yuklanish qobiliyatiga mos kelishini tekshirish mumkin. Mexanizm ishining ayrim bosqichlarida tezlik va tezlanish qiymatlarining haqiqiy qiymatlarini o‘tkinchi jarayonlarni hisoblagandan keyingina aniqlash mumkin. Shunday qilib, faqat yuritmaning yuklama diagrammasigina tizim harakatining haqiqiy xarakterini belgilaydi. Odatda, yuritmaning yuklama diagrammasi ish mashinasining yuklama diagrammasiga o‘xshamaydi. Ular faqat mexanik tavsif absolut qattiq, ya’ni sinxron dvigatelning mexanik tavsifiga o‘xshagandagina to‘g‘ri kelishi mumkin. Agarda mexanik tavsif ozgina qiyaroq bo‘lsa, u holda yuritmaning yuklama diagrammasi Md = f (t) inersiya massalarining ishlashi natijasida ish mashinasining yuklama diagrammasiga nisbatan tekisroq bo‘ladi. Yuklama cho‘qqiga erishganda inersiya massalari dvigatelning ishini yengillashtirib, yig‘ilgan kinetik energiyaning bir qismini beradi: yuklama olib tashlanganda esa, ular zaryadlanadi va dvigatel statik (qarshilik) momentga nisbatan ko‘proq momentga ega bo‘ladi. Elektr yuritmani loyihalashning boshlanishida loyihachida faqat ish mashinasining yuklama diagrammasi bo‘ladi. Dvigatel quvvatini esa dvigatelning yuklama diagrammasi asosida tanlash mumkin. Shuning uchun bu diagrammani qurish loyihalashning asosiy masalalaridan biri bo‘lib, dvigatel quvvati oldindan aniqlanadi va keyinchalik ma’lum bo‘lgan quvvat uchun aniqlashtirilgan yuklama diagrammasi quriladi. Ijrochi mexanizm ishlayotganda, odatda, statik moment uzluksiz o‘zgarmas bo‘lib turadi. O‘tkinchi jarayonda dvigatel nafaqat statik, balki dinamik yuklamani ham yengishi kerak. Shu bois dvigatelning qizishini aniqlaydigan o‘rtacha kvadrat momenti qiymati har doim statik momentning o‘rtacha qiymatidan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun dvigatelni dastlabki tanlashda uning nominal momentini statik momentning o‘rtacha qiymatidan katta qilib, qabul qilinadi: Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling