Hoshimov, S. S
UZOQ VAQT ISHLASH REJIMIDA DVIGATEL QUVVATINI TANLASH
Download 1.04 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
UZOQ VAQT ISHLASH REJIMIDA DVIGATEL QUVVATINI TANLASHO‘zgarmas yuklama va tezlik bilan uzoq vaqt (davomiy) ishlayotgan dvigatelning quvvatini tanlash ancha oson. Bunda dvigatelning nominal quvvati yuklamaning o‘rtacha quvvati bo‘yicha mexanik uzatmalardagi isroflarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Uzoq vaqt o‘zgaruvchan yuklama va mexanizmni tez-tez ishga tushirish va tormozlash rejimida ishlayotgan dvigatelning quvvatini hisoblash esa ancha qiyin. Bu holda nominal statik yuklamani dinamik jarayonlar hisobiga dvigatel chulg‘amini qizishini hisobga oladigan koeffitsiyentga ko‘paytirib dvigatel quvvati aniqlanadi. Keyinchalik aniq yuklama diagrammasini qurib, oldindan tanlangan dvigatel tekshiriladi. Aniq yuklama diagrammasi tok, moment va tezlikning vaqtga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Dvigatel to‘g‘ri tanlanganligini aniq baholaydigan usullardan biri bu o‘rtacha isroflar usulidir. Bunda o‘rtacha isroflar nominal isroflardan kichik bo‘lishi kerak. Faqat shu shart bajarilsagina dvigatel chulg‘amlarining harorati mumkin bo‘lgan haroratdan ortib ketmaydi. Yuklanish diagrammasining ayrim qismlari uchun quyidagini aniqlash mumkin: Qx = Qnom•(1 + c2)/2. (7.36) Shuni ta’kidlash joizki, o‘zgaruvchan tezlikda ishlayotgan dvigatel uchun po‘latdagi isroflar o‘zgaruvchan va tezlikka proporsional bo‘ladi. O‘rtacha isroflar formulasini quyidagicha yozish mumkin: Qo‘r = S•Qx•tx/Stx, (7.37) bu yerda: Qx — siklning bitta uchastkasidagi isroflar; tx — uchastka uzunligi. Dvigatel trapetsiya ko‘rinishidagi tezlik diagrammasi bo‘yicha ishlasa o‘rtacha isrof quyidagicha aniqlanadi: (7.38)
bu yerda: Q1 va Q3 — ishga tushirish va tormozlashdagi isroflar, Q2 — o‘rnatilgan rejimdagi isroflar t1, t2, t3 va t4 — ish intervallari va pauzaning davomiyligi. Ko‘rib chiqilgan o‘rtacha isroflar usuli hisoblashlarda ko‘p vaqtni talab qiladi. Amaliyotda ekvivalent tok va ekvivalent moment usullari qo‘llaniladi. Yuklama mavjud bo‘lganda dvigateldagi isroflar nominaldan farqli bo‘ladi, ya’ni Q = qo‘zgarmas + qo‘zgaruvchan.nom•c2, (7.39) Uchastkalardagi toklarni hisobga olgan holda I 2 =(I 2t + I 2t +...+ I 2t ) / (t + t + ...+ t ) yoki ekv 1 2 2 n n 1 2 n 1 1 2 2 n n 1 2 n I ekv= (I 2t + I 2t + ... + I 2t ) / (t + t + ... + t ). (7.40) x x Dvigatel qizimasdan normal ishlashi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak I nomі ekv= I 2t / tx . М ekv= М 2t / tx . (7.41) x x Dvigatelni tanlash sharti MnomіMekv. Bundan tashqari ekvivalent quvvat usuli ham bo‘lib, bu usul faqat o‘zgarmas tezlikda ishlayotgan yuritma uchun qo‘llaniladi, bu holda dvigatel quvvati uning momentiga proporsional bo‘ladi. Рekv= Р2t / tx . (7.42) x x Dvigatelni tanlash sharti: Pnom і Pekv. Bu usullardan eng anig‘i ekvivalent tok bo‘lib, u yuritmadagi o‘tkinchi jarayonlarni aniq hisobga oladi. Ekvivalent moment usuli ekvivalent tok usuliga qaraganda aniqligi pastroq bo‘lib, u dvigatelni ishga tushirish va tormozlashdagi dinamik momentni hisobga oladi. Ekvivalent quvvat usulida o‘tkinchi jarayonlar hisobga olinmaydi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling