Hoshimov, S. S


QAYTAR-QISQA ISH REJIMI UCHUN DVIGATEL QUVVATINI TANLASH


Download 1.04 Mb.
bet77/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1208187
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

QAYTAR-QISQA ISH REJIMI UCHUN DVIGATEL QUVVATINI TANLASH


Qaytar-qisqa ish rejimining ideallashtirilgan grafigi 7.6- rasmda keltirilgan.


Haqiqatda esa har bir siklda ishga tushirish, tormozlash va o‘rnatilgan tezlik uchastkalari mavjud. Ushbu rasmda haroratni o‘rnatilgan qiymatga erishish grafigi ham ko‘rsatilgan. Har bir uchastkada harorat eksponensial qonuniyat bilan o‘zgaradi. Pauza vaqtida dvigatel chulg‘amlarining sovishi hisobiga dvigatel erishgan eng katta harorat qaytar-qisqa ish rejimidagi Qq.q isroflarga teng bo‘lgan uzoq ish rejimidagi isroflarda hosil bo‘lgan maksimum harorat tmak dan kichik bo‘ladi.
Shunday qilib, dvigatel quyidagi termik o‘ta yuklanish koeffitsiyenti bilan ishlaydi:

d = Qq.q/Qu.v. (7.48)


7.6- rasm. Dvigatelning qaytar-qisqa ish rejimining ideallashtirilgan grafigi.

bu yerda: Qu.v. — dvigatelning uzoq vaqt ishlagandagi isroflar. tmax- Qq.q/A bo‘lgani uchun tўmax= Qu.v/A bo‘ladi, u holda


d = tmax /tўmax. (7.49)


Harorat eksponensial qonuniyat bilan o‘zgarishini hisobga olsak,


d = tmax/t1max = (1-e-a/Tteў)/(1-e-a/Tteў), (7.50)


bu yerda:

eў = aTt.n./(aTt.n + bTt) =a/[a + (bTt/Tt.n)] =


= a/(a + bb),
eo’ — dvigatelni pauza paytida qiyin sovishini hisobga oladigan nisbiy ishlash davomiyligi.
Qaytar-qisqa ish rejimida dvigatelning nominal nisbiy ishlashi 40% deb qabul qilinadi (eskirgan dvigatellar uchun 25%). Bundan tashqari
kataloglarda e ning 15, 25, 60 qiymatlari uchun quvvat, tok, tezliklarning qiymatlari berilgan. Standartga muvofiq sikl davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak.
Real ishlash grafigi uchun quvvatni tanlashda ekvivalent tok yoki momentning qiymatlari va nisbiy ishlash davomiyligi aniqlanadi. Aniqlangan nisbiy ishlash davomiyligi katalogdagi qiymatdan farqli bo‘lganligi sababli dvigatel parametrlarini topilgan e qiymatiga nisbatan qayta hisoblash zarur.
Bunda asosiy toklar nisbatini e2 va e1 rejimlar uchun belgilaydigan x = I2/I1 ni aniqlanadi, bu yerda: e1 katalogdagi rejim uchun; e2 — haqiqiy rejim uchun.
O‘zgarmas isroflarni hisobga olmaganda


(7.52)

bu tenglama amalda qoniqarli natija beradi.


Shunday qilib, dvigatel quvvatini quyidagi ketma-ketlikda aniqlash mumkin.

    1. Yuklama diagrammasi asosida dvigatel tanlanadi.

    2. Dvigatel va mexanizmning inersiya momentini hisobga olgan holda dvigatelning yuklama diagrammasi quriladi.

    3. Dvigatelning yuklama diagrammasidan tok yoki momentning ekvivalent qiymati va e ning haqiqiy qiymati aniqlanadi.

    4. Moment yoki tokning ekvivalent qiymati e ning haqiqiy qiymatini hisobga olgan holda katalog qiymati qayta hisoblanib, dvigatel qizish sharti bo‘yicha tekshiriladi.

    5. Dvigatelni kutilayotgan o‘ta yuklama bilan berilgan rejimda ishlash imkoniyati tekshiriladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling