Boshlovchi: Xush kelibsan ! Oltin Kuz. Bolajonlarga nimalar olibkelding?
Kuz : Men sizlarga topishmoqlar olib kelganman . Men ularsiz saxovatli
Oltin Kuz bo‘la olmayman .
Yer tagida oltin qoziq, u hammaga bo‘lar oziq .( sabzi ).
Yer ustida mushtday quyruq . ( qo‘ziqorin ) .
O‘zi ko‘m – ko‘k , yuzi qip – qizil . ( olma ).
Kichkina dekcha ichi to‘la miqcha . ( anor ) .
Pak – pakana bo‘yi bor , yetti qavat to‘ni bor .( piyoz ) .
Xo‘ppa semiz bir tuki yo‘q . ( tarvuz ).
Boshlovchi : O‘lkamda kezar bu dam , oltin kuz sirli rassom .
O‘ynatadi mo‘yqalam, dilda qaynaydi ilhom .
Paxtalarga kumush rang, surmoq bo‘lib shoshadi.
Bog‘ni qilgan rang – barang,ko‘rib zavqing toshadi .
Bolalar “Olma pishganda” raqsini ijro etib beradilar .
Boshlovchi : Bolalar qaranglar davramizga Dehqon bobo tashrif buyurayapti!
Dehqon bobo “ Dilxiroj “ musiqasiga Paxtaoy bilan birga raqsga tushib kirib keladilar . /
Dehqon bobo : Assalomu alaykum aziz mehmonlar , jajji bolajonlar!Ho-zir men sizlarning huzuringizga paxtazoru – bog‘lardan, tinmay mehnat qilayotgan ishchi – dehqonlar oldidan kelyapman .Mana , bu yil meva – sabzavotlarimiz mo‘l – ko‘l bo‘ldi . Paxta va bug‘doy rejalarimiz ham bajarildi .
Men o‘zim bilan Paxtaoyni olib kelganman
Paxtaoy : Men Paxtaoy, Paxtaoy , O‘zbekiston menga boy.
Xalqimni ziynatiman, mehmonni izzatiman .
Qalbim yumshoq oppoqdir, kelajagim porloqdir .
Meni derlar Paxtaoy yurtimni qilaman boy.
Besh yulduzdir chanog‘im, ochildim yo‘q sanog‘im .
Yana ham ko‘tarib bo‘y , yurtga beray katta to‘y .
Bolalar “ Paxta “ qo‘shig‘ini kuylab beradilar .Shundan
so‘ng bolalar “ Paxta “ raqsini ham ijro etib beradilar .
Do'stlaringiz bilan baham: |