Qovun : Serto‘ridan, sarig‘idan, meni qovun deydilar.
Obihayot shirinnovvot, uzib qoling deydilar.
Piyoz : Ishladilar bahor, yoz, kuzda pishdim men piyoz .
Sabzi : Yupqagina po‘stim bor, “A” vitamin do‘stim bor.
Topishmoqda yoziqman, o‘sha oltin qoziqman .
Qalampir: Men qalampir, qalampir achchig‘im yeb so‘ng gapir .
Tarvuz : Men tarvuzman, men tarvuz, kelib qolibdiku kuz.
Chertib, chertib so‘ngra uz, rejalarim bo‘lsin yuz .
Karam : Barglarim taram- taram , meni deydilar karam.
Tuzlab ko‘proq yeydilar, mazzasi zo‘r deydilar .
Sholg‘om : Sho‘rva qilib solasiz, ichib terlab qolasiz.
Bo‘ling doimo sog‘lom, meni ismimdir sholg‘om .
Nok : Mevalarning ichida, qomatlarim o‘zgacha.
Rangim sariq va ko‘kroq, nokman husnim bo‘lakcha.
Xurmo : Olislardan kelganman, xo‘p dunyolar kezganman.
O‘zbegimning uyiga, xurmo bo‘lib kelganman .
Yong‘oq : Men yong‘oqman boy yong‘oq, turar joyim balandroq.
O‘zim kichik dumaloq, kaltak olib so‘ngra qoq .
Dehqonbobo : Olib qoling, olib qoling, keling do‘stlar, sotib oling!
Meva va sabzavotlar , o‘zini ko‘z- ko‘z qilar .
Qani- qani, olinglar, ovqatga tez solinglar.
Bularni yegan bola , sog‘lom bo‘ladi juda !
Endichi ,bolajonlar! Mana shu sehrli meva va sabzavotlardan “ Kim tez
savatchalarga meva va sabzavotlarni yig‘ish “ harakatli o‘yinini o‘ynaymiz.
Men sizlarni chaqqonliklaringni bir ko‘ray- chi.
Bolalar “ Kim tez savatchalarga meva va sabzavotlarni yig‘ish”
harakatli o‘yinini o‘ynab beradilar .
Dehqonbobo : Bolalar, men sizlarga topishmoq aytaman, sizlar esa topish-
moqni qunt bilan tinglab, o‘ylab topishingiz kerak . Topishmoqning nomi,
“ Bu qanday fasl ? “ deb nomlanadi .
Kunlar borgan sari qisqaradi .Dehqonlar yerga ekkan sabzi, piyoz,
kartoshka, karam va paxtalarni yig‘ib – terib oladilar. Qaldirg‘och, turna,
mayna va boshqa qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar. Olmaxonlar yon-
g‘oq yig‘adilar.
Qani aytinglar-chi, bu o‘zgarishlar qaysi faslda ro‘y beradi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |