«hosil bayrami» ssenariysi
Download 1,45 Mb.
|
senariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Boshlovchi
- GILOS: Go’zal qizlar labidek Yal-yal yonar yanog’im Tabiatga ko’rk bergan Har bir gulu-yaprog’im. NOK
1-Boshlovchi:
Davraga kechamiz qahramoni Dehqonboboni taklif etamiz! (Davraga qo’lida savat to’la mevalar bilan Dehqonbobo kirib keladi) Dehqonbobo: Assalomu alaykum, mening aziz bolajonlarim! Barchangizga “Hosil bayrami” muborak bo’lsin! Bugungi bayram kechangizga taklif qilganingizdan minnatdorman. Aziz nabiralarim, sizlar aqlli dono, zukko bolalarsiz. Yonib turgan ko’zlaringiz, jo’shqin shijoatingiz buni yaqqol aytib turibdi. Qani bugungi bayram tadbiriga qanday tayyorlandingiz, yurtimiz tabiati, shifobaxsh ne’matlari haqida nimalarni bilasiz? 2-Boshlovchi: Bobojon, bizning bolajonlarimiz bugungi bayram tadbiriga ajoyib sher va qo’shiqlar, raqslar tayyorlaganlar. Marhamat, kechamizning mehmoni bo’lib bunga o’zingiz guvoh bo’ling! (O’quvchilar tomonidan kuy va qo’shiqlar ijro etiladi) 1-Boshlovchi: Aziz o’quvchilar,tabiat nematlari haqida nimalarni bilasiz? 2-Boshlovchi: Hozir sizga mevalar tilga kirib o’z hususiyatlari haqida ma’lumot beradilar. Marhamat, tinglang! O’RIK: Meni derlar qand o’rik, Vitaminga liq to’liq, Rangim sariq, zarg’aldoq, Olxo’riga men o’rtoq. Gullarim xushbo’y, ko’rkam Siylagan meni ko’klam, Pishgach asalga to’lay, Yurakka quvvat bo’lay! OLMA: Men sizlarni olmangiz, Xomligimda olmangiz! Nortojiga o’xshab so’ng Voy qornim! deb qolmangiz! Bog’larga chiroymanda, Vitaminga boymanda! Pishganimda emasangiz, Qolasizda armonda! GILOS: Go’zal qizlar labidek Yal-yal yonar yanog’im Tabiatga ko’rk bergan Har bir gulu-yaprog’im. NOK: Mevam o’xshar olmaga, Xa, biroz qarindoshmiz, Ra’nodoshlar oilasining Madaniylariga boshmiz Nihollarim nozikroq, Kech kiraman hosilga. Lekin parvarish bo’lsa, Dehqonni ko’ngli to’lsa Sharbatlarga to’laman, Rosa quvvat bo’laman! YONG’OQ: Yog’och qobiq ichida Moyga to’lganman juda Quvvatsizga darmonman Vitaminlarga konman. Iltimosim bir faqat Pishgunimcha qil toqat! Yetilib pishib olay, Tanangga quvvat bo’lay! Download 1,45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling