Hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori reja
Download 7.79 Kb.
|
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori reja-azkurs.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Opsion shartnomalari
- Valyuta svopi.
FORVARD SHARTNOMALARI
FYUCHERS SHARTNOMALARI ikki tomon oʻrtasidagi shartnoma boʻlib, u uning egasiga qimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda kayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid kilish huquqini beradi. Opsionning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qogʻozning oʻzini emas balki uni sotib olish yoki sotish xuquqini opsion mukofoti evaziga sotib oladi. Shuni taʼkidlash lozimki, opsion egasi vaziyatga qarab opsion yuzasidan sotib olish yoki sotish xuquqidan foydalanish yoki undan voz kechishi mumkin. Bundan koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi. Yaʻni xarid qilish boʻyicha opsion (option call) kelajakda bitimda belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish boʻyicha opsion (option put) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. Opsion shartnomalari bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish boʻyicha bitimidir. Svoplar Svoplarning bir necha xil koʻrinishlari mavjudFoizlar svopi. Svoplarning bu koʻrinishi qatʼiy belgilangan foiz stavkasiga ega qarz majburiyatini, oʻzgaruvchan foiz stavkaga ega majburiyatlar bilan almashtirishdan iborat.Bu svop shartnomasida shtirok etuvchilar faqat foiz stavkalarni almashishadi (nominalni emas). Shartnoma shartlariga koʻra tomonlar oʻrtasida toʻlovlarni almashtirish bir necha yillar dovomida amalga oshiriladi, odatda svoplarning amal qilish muddati ikki yildan oʻn besh yilgacha choʻziladi. Valyuta svopi. Bu shartnoma turiga koʻra shartnoma muddati tugagunga qadar kelishilgan muddatlarda bir tomon toʻlovlarni bir valyutada, ikkinchi tomon toʻlovlarni boshqa valyutada amalga oshiradi. Tomonlar qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan stavkalarda toʻlovlarni har ikkala valyutada ham amalga oshirishlari mumkin. Valyuta svopini amalga oshirishning bir necha sabablari boʻlishi mumkin, masalan, valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar, valyuta risklarini bartaraf etish istagi yoki boshqa davlat valyutasida obligatsiyalar chiqarishga intiluvchi emitent oʻzga davlatda u qadar nomi chiqmagan va buning natijasida bozorga toʻgʻridan toʻgʻri kira olmasa va boshqalar. Download 7.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling