Hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori reja
Download 0.91 Mb.
|
5. Hosilaviy QQ bozori
HOSILAVIY QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORIREJA3 1 2 4 Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning iqtisodiy mohiyati va ularning oʻziga xos xususiyatlari Forvard shartnomalarining mohiyati va ularda aktivlarning forvard narxini aniqlash usullari Fyuchers shartnomalarining mohiyati va ularning oʻziga xos jihatlari Opsion va svoplarning iqtisodiy mohiyati va qoʻllanilishi Oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlardir. Qimmatli qogʻozlarning hosilalari SHARTNOMA SHARTLARINI BAJARISH MUDDATLARI NUQTAI NAZARIDAN BOZORLAR SPOT BOZORI MUDDATLI BOZOR Muddatli bozorda savdo qilinadigan instrumentlarning shakliga koʻra ularni quyidagi koʻrinishlarini ajratib koʻrsatishimiz mumkin: forvard shartnomalari fyuchers shartnomalari opsion shartnomalari svoplar Bu ikki tomonning kelishuvi boʻlib, unga koʻra bir tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kelajakda amalga oshirishga kelishilgan maʼlum bir muddatda va oʻrnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi. Forvard shartnomalari birjadan tashqari amalga oshiriladi va uni tuzish vaqtida kontragentlar biron bir xarajat qilishga majbur emas. Forvard shartnomani tuzishda tomonlar bitim amalga oshiriladigan narxni kelishib olishlari lozim boʻladi. Ushbu narx yetkazib berish narxi deyiladi va forvard shartnomani amalga oshirish davrida oʻzgarishsiz qoladi. Forvard shartnoma bilan aloqador forvard narx tushunchasi ham bordir. Maʼlum bir davr uchun basis aktivning forvard narxi deb – forvard shartnomani tuzish davrida unda belgilab qoʻyilgan narx tushiniladi. Fyuchers shartnomalari bu ikki tomon oʻrtasida bazis aktivni kelajakda yetkazib berish boʻyicha birjada tuzilgan bitimdir. Ushbu shartnomalarning sharti birja tomonidan belgilanadi va ular har bir bazis aktiv uchun standart hisoblanadi. Fyucherslarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, bu instrument standartlashtirilgan boʻlib, u faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida nomoyon boʻladi. Amaliyotda fyuchers shartnomalarini sotib olish va sotish orqali risklarni xedjirlash mumkin. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling