Hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori reja
Download 0.91 Mb.
|
5. Hosilaviy QQ bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning asosini tashkil etuvchi bazis aktivlarga koʻra ularni quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin
- Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning rivojlanish tarixi
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Aktivlar svopi. Aktivlar svopi doirasida bir aktiv boʻyicha qatʼiy foizlar, boshqa aktiv boʻyicha oʻzgaruvchan foizlarga almashtiriladi.
Tovar svopi. Bu shartnomalarga koʻra aniq bir tovarga nisbatan qoʻllaniluvchi qatʼiy toʻlovlar oʻzgaruvchan toʻlovlarga almashtiriladi. Ularning tuzilishi foizlar svopiga oʻxshaydi. Hozirgi sharoitlarda tovar svoplarini sezilarli oʻsishiga tovar bozorlaridagi nobarqaror narxlar sabab boʻlmoqda. Albatta bu holat birjadagi tovarlar boʻyicha muddatli savdolarni ham rivojlanishiga sabab boʻladi. Lekin birja savdolaridan farqli ravishda aynan tovar svopi orqali shartnomalar uzoq muddatlarga tuzilishi, shu bilan birgalikda kelajakdagi bir qator muddatlar uchun maʼlum bir narxlarni belgilashi bilan ajratib turadi. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning asosini tashkil etuvchi bazis aktivlarga koʻra ularni quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:tovarlar boʻyicha (neft, neft mahsulotlari, elektr energiya, metallar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari – don, shakar va boshqalarga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar); valyutalar boʻyicha (valyutaviy qimmatliklarga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar); fond birjalar boʻyicha (aksiya, obligatsiya, fond indekslari); foizlar boʻyicha (qarz majburiyatlari boʻyicha foiz stavkalariga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar); Hosilaviy qimmatli qogʻozlar haqidagi dastlabki fikrlar XVI–XVII asrlarga borib taqaladi. Hozirgi zamonaviy hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari boʻlib qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Lekin ayrim maʼlumotlarga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarga oʻxshash instrumentlar ancha ilgari davrlarda ham mavjud boʻlgan. Shunday fikrlar ham borki, ularga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari yozuv kashf etilishi bilan paydo boʻlgan. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning rivojlanish tarixi Xulosa qilib aytganda, hosilaviy qimmatli qogʻozlar kelajakdagi narxlar oʻzgarishidan hosil boʻluvchi riskni cheklashda sugʻurta sifatida qoʻllanilib, kompaniyalar ulardan oʻz prognozlarini barqarorlashtirish va pul mablagʻlarinining oqimini tartiblashtirish maqsadida foydalanishadi. Shunday ekan, forvard, fyuchers, opsion, va svop bitimlarini amalga oshirilishi ularning egalariga qoʻshimcha daromad topish imkoniyatini yaratadi. Lekin bunda ularning qiymatini hisoblash masalasiga alohida etibor qartilishi lozim boʻladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling