2-boshiovchi.Gulnur.
2.Bugun juda ajoyib kun to`g`rimi?! Qarang ustozlar ham , o`quvchilar ham har doimgidek emas, mening nazarimda.Ularning yuraklari shodlik va hayajonga to`lgan.Bolalikning eng quvnoq, unitilmas ,totli, bazan qiyin damlarini birga o`tkazgan sinfdoshlar bugun uchirma qush bo`lib , parvozga shay bo`lib turishibdi.
4.Olamda ko`p erur muborak onlar, Tabarruk zotlar ham garchand ko`p erur.
Sizgadir ilk raxmat, aziz insonlar, Munis muallimlar , sizga tashakkur.
Hozir so`z navbatini hurmatli mehmonlarimiz bo`lgan sobiq bitiruvchilardan vakil __________________________________________________ga beramiz
6.Sizku “Alifbo”dan “Qomus”gacha to, Bari barisini tanitgan ustoz.
Ilk bor siz ko`rsatgan gurahshon Zuxro, Bugun she’rim ichra tashbehdir mumtoz.
Aziz bitiruvchilar! Tabriklash uchun so`z 11-sinf ota onalari nomidan __________________________________________________ga . Marhamat!
8.Qo`llarim ko`ksimda bu kez,
Sizgadir olqishim yurak so`zlarim.
Otaday talabchan, onaday munis,
Hayot qadar qimmatsiz ustozlarim
Navbatni 10-sinf o`quvchisi Nurmurodova Ozodanng antiqa shousiga beramiz.
10.Ayni damda 2018-2019 o`quv yilida fan olimpiadalari , ko`rik tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o`rinlarni egallagan hamda o`ining namunali hulqi bilan boshqalarga o`rnak bo`lgan o`quvchilarni va o`qituvchilarni maktab mamuriyati faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi.
12.Yangrayver qo`ng`iroq o`chmasin sassing!
Jarangingdan ilhom olib yashaylik.
Bir dam ham tindirmay mag`rur ovozing!
Kelajakka dadil qadam tashlaylik.
Keling endi oxirgi bor qo`ng`iroqni chalish uchun davraga 11-va 1-sinf o`quvchilarini taklif qilamiz.
14.Shuning bilan “Mening maktabim , mening uyim” shiori ostida o`tkazilgan bayram dasturi o`z nihoyasiga yetdi. Etiboringiz uchun raxmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |