Hozirda Respublikamizda sanoat rivojiga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarishning o‘rni beqiyosdir. Davlatimizning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun yurtboshimiz sh. M


Download 0.56 Mb.
bet8/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1806057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Ramazonjon Rakkhmatov

Barabanli tegirmonlar
Barabanniing formasiga ko‘ra tegirmonlar silindrik va konussimon bo‘ladi. Silindrik tegirmonlar 3 xil bo‘ladi:
a) qisqa – barabanning uzunligi uning diametriga teng yoki kichik;
b) uzun – barabanning uzunligi uning diametriga teng yoki katta;
v) uzun – barabanning uzunligi uning diametridan 3 marta katta.
Qisqa va uzun silindrli tegirmonlar boyitish fabrikalarida ko‘proqqo‘llaniladi. Quvurli tegirmonlar esa sement va alyuminiy zavodlarida keng qo‘llaniladi va qo‘llanilib kelinmokda. Barabanli tegirmonlarni o‘zi xam sharli yoki sharsiz ishlashi bilan birgalikda birnechta quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) markazdan bo‘shatuvchi sharli tegirmon MSHS;
b) panjara orqali bo‘shatuvchi sharli tegirmon MSHR;
v) o‘zi yanchar va yarim o‘zi yanchar tegirmon MMS.
Aylanma tegirmonlar baraban yon tomonlarida qopqoqlar 2 va 44 – 45% hajmi yanchuvchi sharlar bilan to‘ldirilgan. Yon qopqoqllar markazida ichi bo‘sh sapfalar borki, birinchisidan dastlabki material beriladi, ikkinchisidan yanchilgan maxsulot chiqadi. Sapfalar podshipniklarga biriktirilgan. Tegirmon gorizontal o‘q bo‘yicha aylanma harakat qiladi.

Aylanma harakat davomida ezuvchi sharlar ishqalanish kuchi va markazdan kochma kuchlar ta’sirida tegirmonning devorlariga maxkam o‘rnashib, aniq bir balandlikgacha ko‘tarilib, so‘ngra pastga tushadi va xom ash’yoni yanchadi. Tegirmonlar uzluksiz aylanib turadi. Xom ash’yo berilishi va yanchilgan maxsulotning chiqishi xam uzluksiz ravishda amalga oshiriladi.


Tegirmonlar barabanning shakliga ko‘ra siltindrik yoki silindro – konusligi bilan farqlanadi.
Tegirmonlar yanchuvchi jismlariga va shakllariga qarab quyidagicha bo‘ladi: sharli, sterjenli, galkali va o‘ziyanchar. Sharli tegirmonlarda yanchuvchi jismlar po‘lat va cho‘yan sharlar hisoblanadi; sterjenli tegirmonda–po‘lat sterjenlar; galkali tegirmonda – kremniy qumidan bo‘lgan galkalar; o‘ziyanchar tegirmonlarda esa yanchuvchi jismlari – yanchilayotgan rudalarning yirik bo‘laklari hisoblanadi. Yanchuvchi sharlarning diametri 60 mm dan 125 mm gacha bo‘ladi. barabanli tegirmonlar asosan II – III bosqich yanchish jarayonlarida qo‘llaniladi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling