Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari dts lari bo’yicha


Download 13.9 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi13.9 Kb.
#1630887
Bog'liq
tavsifnoma past o\'zlashtirish.Sardor


Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani XTB ga qarashli 9-maktab 8-“B” sinfning past o’zlashtiruvchi o’quvchisi Jalolov Mustafoga

TAVSIFNOMA

8-“B” Jalolov Mustafo kam gap va biroz uyatchang bola. Ko’p hollarda atrofidagi voqealarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko’zlay olmaydi, sinfdosh o’rtoqlari bilan ham ko’p vaqt chiqisholmay qoladi, yolg’izlik nima qul ko’radi. Yoshlik davridan faqatgina ingliz tiliga emas boshqa fanlarga ham qiziqishi kam, o’z-o’ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, hulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnaydi. O’qituvchi bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda ishlashi darslarni u o’zlashtiradigan darajada yengillashtirib o’tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak . Bu o’quvchi ingliz tilida so’zlasha oladiganlarga havas qiladi, lekin o’zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun darsda vomida mashqlarni bajara olmaydi. Bunga sabab unga qo’shimcha e’tiborning kamligi va ko’pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekanligi deb topdim.
Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari DTS lari bo’yicha
8“B” sinf o’quvchisi uncha qiyin bo’lmagan so’zlarni yod olgan bo’lishi sodda- soda gaplar tuza olishi o’zi haqida qisqa va soda ma’lumot bera olishi kerak. Shunday ekan, bu o’quvchiga darslarni o’zlashtirish bilan bir qatorda, yuqoridagi mezonni uddalashga ham ko’maklashish lozim. Buning uchun u sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi. Endigina til o’rganish jarayoniga kirib kelayotgan o’quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi.

Tavsifnoma beruvchi talaba: Jalilov Sardorjon
Download 13.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling