Hozirgi (hozirgi-kelasi), o’tgan va kelasi zamon. Reja
Download 0.69 Mb.
|
Hozirgi (hozirgi-kelasi) Rasulov Nekro\'z
Mavzu: Hozirgi (hozirgi-kelasi), o’tgan va kelasi zamon. REJA:
Eski o‘zbek tilida hozirgi-kelasi zamon fe’li -r (-ar /-är, -ur /-ür) affiksli sifatdosh asosida hosil bo‘lgan. Undosh bilan tugagan fe’llargabu affiksning -ar/-är yoki -ur/-iir shakllari qo‘shilgan: qach+ar, ket+är, bar+ur, bil+iir kabi. Unli bilan tugagan fe’llarga esa -r shakli qo‘shilgan: bashla+r, sѳzlü+r kabi. Yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha, turkiy tillar taraqqiyotining oldingi davrlarida unli bilan tugagan fe’llarga bu affiks yur /yiir shaklida qo'shilgan, ya’ni bāshla+r, sѳzlä+r fe’llari bash - la+yur, sѳzlä+yiir shaklida qo‘llangan.Masalan, 0‘rxun-Enasoy va qadimgi turkiy tili yodgorliklarida bunday fe’llarga yur /yiir shakllari qo‘shilgan. XI—XII asrlarga oid yodgorliklarda ko‘pincha yur /yiir, ba’zan -r shakli qo'shilgan. XIII—XIV asrlarga oid “Tafsir”, “Qissasi Rabg‘uziy”, “Nahjul farodis” kabi yodgorliklarda yur /yiir va -r shakllari yonma-yon qo'llangan, ya’ni unli bilan tugagan fe’llarga goh yur /yiir, goh -r shakllari qo‘shilgan: bash- la+yur// bashla+r, sѳzlä+yiir//sѳzlä+r. Qiyoslang: Ne tiläyiir-sen? (QR) — Ne tilär-sen! (QR). Qiynayur munafiqlarni (Tafsir) — Sizlärni qiynar (Tafsir). Misollardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi-kelasi zamon fe’lining bo‘lishsiz shakli tarkibida kelgan turur (tur //dur) ma’noga ta’sir etmaydi va bu shaklga hech qanday qo'shimcha ma’no bermaydi. Hozirgi-kelasi zamon fe’lining -r affiksli shakli eski o‘zbek tilida hozirgi zamon, kelasi zamon, “umumzabon” kabi turli ma’nolarda qo'llangan. Masalan: 1. Musa baqti, (tag1) tepäsindä ot kѳründi, kishisingä aydi: men bu tag‘ i\zä ot kѳrär-men (Tafsir). 2. Kiiyär jāmm, netäy, dilxah unutti //keŋül ahvālidin āgāh unutti (Atoiy). 3. Bir kishi aytdi ki, bu og'lan ulug‘pādshāh bolur, yer yiiziniŋ barchasin ālur, kѳp ellärni va vilāyatlarni qatl qilur (Sh.turk). 4. Ul ālur ushbu vilāyatlarni //kѳrsätür elgä ināyatlarm (SHN). 5. Meŋu javr äylär ul dilbar hamisha // sücluik tildin achchiq sѳzlär hamisha (Atoiy). 6. Dard birlä kechälär yıg‘lar zār // kechälär \ıg‘lamag‘ıda ish bār (SHN). 7. Qamuq yaqut erinli sozi durlar // vafāsizhqm sizdin ѳgräniirlär (MN). 8. Ashuqg‘an kѳp tayilur, kѳp tayılg‘an kѳp yiqilur (Navoiy, MQ). 9. Xān dedi: kirn ki qilur bizgä razm // bil ki, axir mundāq kesiliir (SHN). 10. Ey ki, dilbar visālin istär-sen // ѳzdin ѳzlik yiikin badar eylä (Munis). Eski o‘zbek tilida kelasi zamon fe’lini asosan -g‘u/-gii va -g‘ay/-gäy affiksli shakllar tashkil etadi. Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, eski o'zbek tilida kelasi zamon ma’nosini ifodalash uchun -r affiksli ālur-men tarzidagi hozirgi-kelasi zamon fe’li, ba’zan āla turur men // āladur-men // āla-men tarzidagi hozirgi zamon shakllari ham qo‘llangan. Bulardan tashqari, ayrim manbalarda kelasi zamon fe’lining -ası/-äsi, ısar/-isär, -ajaq/äjük affiksli shakllari ham iste’molda bo'lgan. Bu shakllar o'zbek tiliga aloqador bo'lgan yozma manbalarning ayrimlaridagina uchraydi, bularda ham III shaxs birlik shaklida qo'llangan: 1.-ası/-äsi affiksli shakl XIII—XIV asrlarga oid ayrim manbalarda qo'llangan: Bu shaharg‘a bir payg‘ambar hijrat qilcisi turur, ya hi keläsi turur (Tafsir). Mundin burun tug'mish yoq, tug‘ası taqi yoq turur (QR). Kim ul devāna elge ne qilasi ne chāra birle andin qurtulasi (XSH). Labiŋ la’li erur dardim davāsi //bu dardimg'a davā mushkil bolasi (LN). 2.-ısar/-isär affiksli shakl ham XIII—XIV asrlarga oid ayrim manbalarda qo'llangan: Ichäliŋ bādani, gullar solisar //tanimiz āqibat tupraq bolisar (MN). ѳzimizgä ѳzimiz yig'lasaq har // kim ush biz-täk bizä kim yig'layisar (XSH). Minnat kѳtürüb tirilgän er xār elisär (Saroyi). 3. -ajaq/-äjäk affiksli shakl XIX asrga oid ba’zi Xorazm shoirlarining asarlarida uchraydi. Masalan: Gulshani bazmim arā zulfi samcina keläjäk//ag‘zı g‘uncha, yiizi gul, qāmati zebā keläjäk (Komil Xorazmiy). Eski o‘zbek tilida o‘tgan zamon fe’lining -dı/-di //-tı /-ti, -mish,/-mish, -g‘an/-gän // -qan /-kän, -b (-ıb /-ib // -ub / -üb) affikslari bilan hosil bo‘luvchi sodda shakllari amalda bo‘lib, oldingi davrlarga oid ayrim manbalarda -duq /-duk affiksi bilan hosil boiuvchi shakl ham qoilangan. 0‘tgan zamon fe’lining -dı/-di//-tı /-ti affiksli shakli barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lib, bu shaklning ma’nosi bo‘yicha ham turkiy tillar o‘rtasida deyarli farq yo‘q. Eski o‘zbek tilida bu shaklning tuslanishida shaxs-son affikslarining -m, -ŋ, -q /-k, -ŋiz /-ŋiz (-ŋizlar /-nizlär); -lar /-lär ko‘rinishidagi shakllar qo‘shilgan: bardim, bardiŋ, barduq, bardiŋiz (bardiŋizlar), bardilar kabi. Tarkibida (oxirgi bo‘g‘inida) lab unlisi boTgan fe’llarga qo‘shilganda I va II shaxslarda -di /-di//-tı /-ti affiksi tarkibidagi (1), (i) unlilari lab uyg‘unligi talabiga muvofiq ravishda (u) yoki (ü) unlisiga o‘tadi: sordum ( Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling