Hozirgi jamiyatda siyosat va din o'rtasidagi munosabatlar mo￾hiyatini tushunib olmoq uchun, awalo, dunyoviy taraqqiyot


Download 32.5 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi32.5 Kb.
#115087
Bog'liq
Hozirgi jamiyat


Hozirgi jamiyatda siyosat va din o'rtasidagi munosabatlar mo￾hiyatini tushunib olmoq uchun, awalo, dunyoviy taraqqiyot

yo‘li va din bir-biriga qanchalik muvofiq kelishini tarixga qisqacha

bir nazar tashlash orqali ко‘rib chiqish zarur.

Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi davomida siyosat va

din o‘rtasida murakkab, lekin barqaror aloqadorlik vujudga kel￾gan. Siyosat va din o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaming uzoq

yillik tarixi siyosatning diniylashuv yoki aksincha, dinning siyo￾siylashuv davrlari ko‘p marta ro‘y berganligidan dalolat beradi.

Bunday jarayonlar muayyan ma’noda hozirgi zamonda, xusu￾san, Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarda ham ko‘zga tash￾lanmoqda.

Aslida, tarixga murojaat qilinsa, antik zamonlardayoq siyo￾satchilar Yevropada ommaga ta’sir ko‘rsatishning eng faol vosi￾tasi sifatida xristianlik aqidalaridan foydalanib, cherkovni siyosat

quroliga aylantirganliklari m a’lum b o ‘ladi. Insoniyat

sivilizatsiyasining keyingi bosqichi — o‘rta asrlarda jahonning

ikki yirik dini — islom va xristianlik siyosat va siyosatchilarga

shu darajada kuchli ta’sir etdiki, natijada bu dinlar G ‘arbda va

Sharqda barcha davlatlar ustidagi «davlat»ga aylandilar. Biroq

Yevropadagi reformatsiya, monarxiya rejimlari siyosiy ehtiyoj￾larini qondirish borasida cherkov mavqeyining asta-sekin so‘nib

borishi mutlaq siyosiy hokimiyatning mustahkamlanishiga, oxir￾oqibatda esa xristian cherkovining siyosatga nisbatan ta’sirining

sinishiga olib keldi. Feodal tartiblarga qarshi inqiloblar va undan

keyingi siyosiy jarayonlarda diniy aqidalar yakka hukmronligidan

uzoqlashgan Yevropa tafakkuri bozor munosabatlari erkinligi,

dunyoviy ta’lim va texnik taraqqiyot sari jadal yuzlandi. Jamiyat

mutlaq hukmronlik boshqaruvini rad etib, antik demokratiyaning

ayrim shakllaridan ijodiy ravishda foydalanishga kirishdi. Yangidavr Yevropasida hokimiyatning cherkovdan uzoqlashuvi indi￾vidning insoniy qadr-qimmati haqidagi masalani kun tartibiga

qo‘ydi. Bu esa hukmdor suverenitetidan xalq suverenitetiga

o‘tishni tezlashtirib, turli dunyoviy mafkuralar, jumladan,

liberalizm hamda liberal siyosiy tizimlarni yaratdi.

Yevropada to ‘plangan tajriba, dinni dunyoviy, davlatga oid

ishlardan ajratish dahriy davlat va axloqsiz jamiyat qurishga

olib keladi, degan da’volarning mutlaqo asossiz va tuturuqsiz

ekanligiga zarracha shubha qoldirmaydi. Mazkur qit’aning du￾nyoviy, demokratik davlatlari o‘z fuqarolariga to‘laqonli vij￾don erkinligini, birinchi navbatda inson huquqlarining asosiy

tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan e’tiqod erkinligini namunali

tarzda ta’minlagani e’tiroz bildirilmaydigan hayotiy voqelikka

aylandi. Ammo bu jarayonlar Yevropadagi davlat va din mu￾nosabatlari tarixiga oid ekanligini nazardan soqit qilmasligi￾miz kerak.

Sharqda esa IX—XII asrlarda o‘z mavqeyini yanada mus￾tahkamlashga muvaffaq bo'lgan islom dini siyosatni o‘ziga tobe

etibgina qolmay, u bilan uyg'unlashib ham ketdiki, bu hoi bu

yerdagi siyosiy rejimlami zaiflashtirish u yoqda tursin, aksincha,

ulaming sezilarli darajada mustahkamlanishiga, jamiyatning jips￾lashuviga, fan va madaniyatning gullab-yashnashiga yordam berdi

va shu bilan birga Sharq Uyg‘onishining tamal toshi qo‘yilishiga

imkon tug‘dirdi. Islom vujudga kelgan davrda din siyosatdan,

huquqdan, falsafadan ajralmagan holda edi. Ijtimoiy taraqqi￾yotning muayyan bosqichida siyosat bilan din o‘rtasidagi o‘zaro

bog‘liqlik davom etaverdi. Ba’zan bu aloqadorlik kuchaydi, ba’-

zan bir qadar susaydi. Ammo dinning siyosatga ta’siri hech

qachon batamom yo‘qolmadi. Islom faqatgina din b o iib

qolmasdan, balki yaratuvchilik harakati, taraqqiyot ta’limoti,

shuningdek, jamiyatni jipslashtirish vositasi bo‘lib keldi.

Biroq adolat nuqtayi nazaridan tan olish kerakki, islomning

musulmon Sharqi siyosiy hayotida keyinchalik ham yakkaho￾kimlikni saqlab qolishga intilishi bu yerda ilmiy-texnik taraqqi￾yotga to‘siq bo‘lib qoldi, uning jamiyat siyosiy va ma’naviy

hayotidagi bosimi davom etdi. (Masalan, Imom G ‘azzoliyning

Forobiy va Ibn Sinolar dunyoviy falsafasini keskin rad etishiyoki mutaassib ulamolar fatvosi bilan Ulug'bekning o‘z o‘g‘li

Abdullatif tomonidan qatl etilishi va h.k.)

Lekin ba’zi mualliflar mintaqamiz tarixida islom va davlat

o'rtasida kechgan munosabatlami bir qadar boshqacha tahlil

etish tarafdoridir. Ulaming fikricha, Markaziy Osiyo jamiyati

hayotini tashkil etishda dinning, aynan esa — islomning roli

doimo muhim bo'lib qolganiga qaramay, u hech qachon

hukmron bo'lmagan. Markaziy Osiyo Uyg'onish davri va undan

keyingi zam onlarda jam iyatni boshqarish m asalalarida

dunyoviylikka moyil siyosiy kuchlarning o‘rni va ahamiyati

muntazam mustahkamlanib borgan hamda diniy doiralar ta’sir

faoliyati sohasi sof ma’naviy-axloqiy tabiatga ega masalalargacha

torayib borgan1.

Demak, davlat va jamiyat hayotida taraqqiyot talablariga

to‘la javob bera olmayotgan islomiy mafkuraga muqobil dunyoviy

mafkuraga ehtiyoj asta-sekinlik bilan shakllana boshlagan.

Bunday dunyoviy mafkura sifatida keyinroq jadidchilikning

maydonga chiqqani fikrimizni isbotlaydi. Xuddi shu davrda

Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi islomning

o‘mi va rolining jiddiy o‘zgarishiga ham olib keldi: istilochilar

islomni ijtimoiy-siyosiy hayotdan imkon qadar ehtiyotkorlik bilan

siqib chiqarishga harakat qildilar. Bunda birinchidan, musul￾mon ruhoniylami inkor etib, ulami ijtimoiy hayotdan asta-sekin

siqib chiqarish, ikkinchidan, ulaming moddiy-iqtisodiy zaminini

yemirishni ko‘zlagan vaqf mulklarini qisqartirishga qaratilgan

tadbirlardan iborat usullardan foydalanildi.

Ma’rifat va milliy mustaqillik bayrog‘i ostida XIX asr oxiri

XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik mafkurasi esa «ilmiy

sotsializm» tug'diigan lenincha fundamentalizm va uning bevosita

natijasi bo‘lgan Stalin rejimi zug‘umlari ostida o‘z takomiliga

yetmagan holda qolib ketdi. Jamiyat hayotida dinning har qanday

rolini kamaytirishga intilish sho‘rolar davrining dinga nisbatan

davlat siyosatidagi asosiy xususiyat bo‘lib qoldi. Bu siyosat jangari

ateistik usullar ishlatish, ruhoniylar va diniy muassasalarga qarshi

keng ko‘lamli hujumlar uyushtirish, dinning ijobiy salohiyatinibutunlay inkor etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Islomning

tarbiyaviy salohiyatidan foydalanishga da’vat etgan turkistonlik

jadidlaming urinishlari ham rad etildi. Ruhoniylar va diniy

muassasalaiga tazyiq o‘tkazish uzluksiz oshib bordi: ateistik

jamiyat qurish bilan bog‘liq xomxayol tobora qat’iylik bilan

hayotiy voqelik sifatida taqdim etila boshlandi. Ammo tabiiyki,

bunday siyosat asrlar osha shakllangan musulmon jamiyati

hayotidan dinni tag-tomiri bilan uzib tashlashni ta’minlay olmadi.

Shunga qaramasdan ulamolaming mutlaq ko‘pchiligi jismonan

mahv etildi va musulmon diniy muassasalarining anchagina qismi

vayron etildi. Lekin bundan islom omili jamiyat hayotidan yo‘qo￾lib ketmadi, balki uning o‘mi o‘zgardi, xolos — u nihoyatda

o‘ziga xos shakl kasb eta boshladi. Jumladan, dinning yashirin

faoliyat olib borishga o‘tishi bunday siyosatning mahsuli bo‘ldiki,

natijada u hokimiyatga qarshi muxolif kuchga aylandi. 1980-

yillaming oxirlaridan boshlab, sobiq Ittifoqning parchalanish

jarayoni batamom ravshan bo‘lgach, radikal kayfiyatdagi ba’zi

arboblar millatning ma’naviy rahnamoligiga oshkora da’vo qilib

chiqdilar. Masalan, 1990-yilda Tojikistondagi Islom uyg‘onish

partiyasi shu mamlakatdagi diniy boshqarma rahbariyati bilan

til biiiktirib, demokratiya niqobi ostida hokimiyat uchun kurashga

otlandi. Natijada, respublikada fuqarolar urushi boshlanib, o‘n

minglab begunoh odamlaming qoni to‘kildi, bir millat ikki

qarama-qarshi qismga ajralib ketdi.

0 ‘zbekiston Respublikasida esa davlatning dinga nisbatan

oqilona ravishda ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan siyosati

bois, qo‘shni davlatdagi singari fojialarga yo‘l qo‘yilmadi. Milliy

va diniy totuvlik ta’minlandi. Biz Ьафо etayotgan dunyoviy,

demokratik jamiyat, huquqiy davlatdagi davlat va din munosabat￾lari mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ochiq￾oydin ifoda etilgan. Respublikamizda din davlatdan rasman aj￾ratilgan. Biroq dinning davlatdan ajratilganligi uning jamiyat￾dan ajratilganligini bildirmaydi. Bas, shunday ekan, bu nozik va

murakkab masalada munosabatlaming o‘zaro hurmat va ishonch

asosida qurilishi yagona maqbul yo‘ldir. Davlatni idora qilish,

jamiyatni boshqarish — siyosiy rahbarlaming vazifasi. Diniy

rahbarlar esa kishilami islom qadriyatlari asosida tarbiyalab,jamiyat oldida turgan vazifalami amalga oshirishda, hayotiy

masalalami hal etishda hukumat rahbarlariga yordam berishlari,

davlat qonunlari va siyosatini hurm at qilishlari lozim.

M amlakatimiz rahbari ta ’kidlaganidek, «Davlat dindor

fuqarolarning diniy e’tiqod va haq-huquqlarini qanchalik hurmat￾ehtirom qilsa, dindorlar ham davlat qonunlari va siyosatini

shunchalik hurmat-ehtirom qilishlari shart»1. Shundagina



jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayoti mutanosib ri￾vojlanadi
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling