Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari Mundarija: Kirish I bob. Konfliktlarning shaxs rivojlanishida tutgan o‘rni
Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari
Download 112.02 Kb.
|
Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari
2.2. Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari
Ta’lim jarayonida o‘quvchi burchlari ierarxiyasini, ya’ni bilim darajasiga ko‘ra darajama-daraja bevosita yordam berish yoki konsultatsiyalar tashkil etish, bilim saviyasini tartibini o‘rnatish o‘quvchilarning o‘zaro xarakatlarini, ta’lim jarayoniga bog‘liq axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi. Agar ikki yoki undan ko‘proq o‘quvchilar o‘rtasida u yoki bu vazifa yuzasidan qarama-qarshilik, kelishmovchilik chiqib qoladigan bo‘lsa, bunday ixtilofni ularning shu sohadagi o‘qituvchiga ayttirib hal qilish mumkin. Bu yerda yakka hokimlik prinsipi juda ham qo‘l keladi. Maqsadli guruhlar va yo‘nalishlararo majlislarni integratsiyalash ham juda katta ahamiyatga ega. Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati — barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish. Rag‘batlantirishning tarkibiy tizimi. Disfunksional oqibatlardan holi bo‘lish hamda o‘quvchilarning xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir o‘tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun rag‘batlantirish tizimi keng qo‘llaniladi. Ta’lim jarayonida erishgan yutuqlari, tashkiliy ishlarda jonbozlik ko‘rsatgan, muammoning yechimiga kompleks yondoshib yon atrofdagilarga yordam ko‘rsatishga harakat qilganlar albatta: • tashakkurnoma; • mukofot; • maqtov yorlig‘i kabilar bilan taqdirlanishlari lozim. Bu o‘rinda faqat rag‘batlantirish emas, balki g‘ayri qonuniy yo‘l tutgan, yoki ta’lim muassasi manfaatiga zid xatti-harakat qilgan o‘qituvchi va o‘qivchilarga tegishli jazolarni belgilash ham kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta’kidlamoq joizdir. Konfliktogenning mazmuni shuki, biz o‘zimiz gapirayotgan gapga u qadar e’tibor qaratmaymiz, ammo boshqa gaplarga shu qadar e’tibor beramizki, unga jiddiyroq tus berishga xarakat qilamiz. Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum. Uzoqlanish. Malakali va tajribali pedagog janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqganda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro munosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo‘llaniladi. Bunday holatli ziddiyat hali yetilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning bilim darajalari uzoq bo‘lgan hollarda kuzatiladi. Download 112.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling