Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari Mundarija: Kirish I bob. Konfliktlarning shaxs rivojlanishida tutgan o‘rni
Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari
Download 112.02 Kb.
|
Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari
2.3. Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari
Konfliktlar kattalar hayotida ancha keng uchrab turadigan hodisa hisoblanadi. Chunki kattalar juda keng ravishda turli muloqotlarga kirishadi. Masalan, rahbar organlarda ishlagan odamlar hayotida ular faoliyatining 70-80 % turli ochiq-oydin yoki yashirin ziddiyatlar sharoitida o‘tadi, ularning inobatga olinmasligi, ularga bee’tiborlilik esa konfliktlarning chuqurlashib ketishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar nizoning sub’ektiv sabablar tufayli bo‘lgan bo‘lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma’qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyat ustida yana bir bor fikr-muloxaza yuritib, fahm-farosat ila anglab olish, oqibatda esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo‘q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat ob’ektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag‘lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho‘ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi, qisqasi "yara gazak " oladi. Silliqlashish. Bu usul o‘quvchilarni yaxshilikka undash yo‘li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biri bilan xushmuomalali bo‘lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o‘zida birga suzayotgan qayiqni "qaltis tebratish " yaramasligiga chaqirishadi. Majburlash – bu o‘qituvchi o‘quvchiga xohish-irodasini, so‘zini majburan, zo‘rlab qabul qildirishdir. So‘zini o‘tkazmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchining fikri bilan qiziqmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo‘llaydigan pedagog tajavvuzkorlik bilan o‘z xohishinio‘quvchiga majburlab o‘tkazadi. Bu usulni ko‘proq pedagog ta’lim olish jarayonida sust qatnashadiganlarga nisbatan qo‘llashadi. Majburlash strategiyasi tashabbusni bug‘adi, ta’lim jarayonida "ruhiy iqlim" ning beqarorligiga olib keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori kattaroq o‘quvchilarga, nisbatan yosh o‘quvchilarda nafrat uyg‘otadi. Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti — bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan yuz bergan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo‘lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi. Muammoni hal qilish. Bu usul barcha pedagog va o‘quvchini qanoatlantiruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o‘z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki pedagogik nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar. Ta’lim muassasida pedagog va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga keluvchi nizo "butun jamoaga" emas, balki "tanlangan" odamlargagina yomon ta’sir etishi mumkin. Bunday nizoni bir yo‘la, katta hajmda uddalash, bartaraf etish mumkin emas. Bu nizoni bartaraf etishda pedagog oqilligi, adolatliligi, madaniy saviyasi bilan hamkorlikka intilishi kerak. Ya’ni, ushbu nizoli vaziyatda mavqeida emas, balki teng huquqiylik asosida yechimni topishi lozim. Masalan, bu jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir: o‘quvchi yoki o‘qituvchini tan olishi; gapni bo‘lmay tinglash; o‘zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish; nizo jarayonidagi holatni o‘zga pedagog yoki o‘quvchi qanday qabul qilishi (tushunishi)ni anglash; muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish; mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish; murosa qilinayotgan oqibatni aniqlash; nizo mazmunini yozib chiqish (tahlil) qilish; nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo‘l tanlash; hamkorlikda umumiy xulosa (murosa)ga kelish. Bunday yo‘l mashaqqatli, ammo oqilona yo‘ldir. Buning uchun tajriba kerak. Hozirgi sharoitda o‘qituvchi faqat o‘z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruhshunos (psixolog) va tarbiyachi bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun har bir o‘qituvchi sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, kasbiy etika fanlarini mustaqil egallashi kerak. Guruh a’zolariga, har bir o‘quvchining qalbiga yo‘l topa bilish o‘qituvchining ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan o‘qituvchi o‘z jamoasi ichida ta’lim jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni o‘quvchi bilan, guruh o‘quvchilari bilan birga, yuqoridagilarga chiqarmasdan o‘zida hal qilishga qodir bo‘ladi. Masalan, bu jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir: o‘quvchi yoki o‘qituvchini tan olishi; gapni bo‘lmay tinglash; o‘zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish; nizo jarayonidagi holatni o‘zga pedagog yoki o‘quvchi qanday qabul qilishi (tushunishi)ni anglash; muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish; mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish; murosa qilinayotgan oqibatni aniqlash; nizo mazmunini yozib chiqish (tahlil) qilish; nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo‘l tanlash; hamkorlikda umumiy xulosa (murosa)ga kelish. Bunday yo‘l mashaqqatli, ammo oqilona yo‘ldir. Buning uchun tajriba kerak. Bunday o‘qituvchi o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qiladi, guruh oldiga qo‘yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Har bir nizoli vaziyatni pedagog bosiq, hovliqmasdan hal etishi kerak. Download 112.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling