Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muamolari. Reja


Download 22.96 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi22.96 Kb.
#1590085
  1   2
Bog'liq
Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muamolari


Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muamolari.
Reja:
1.Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish
2.Shaxs tarbiyasidagi muhim jihatlar
3.Barkamol shaxsni tarbiyalash

Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi kunda ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgan hozirgi kunda mehnat tarbiyasida yoshlarni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash ishiga katta e’tibor berilmoqda. Chunki mehnat kelajak avlodni aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan tarbiyalaydi, ularning dunyoqarashini hamda mustahkam iroda sifatlarini shakllantiradi. Irodaviy sifatlarni tarbiyalash, ularga mehnat ko‘nikmalarini singdirish g‘oyat murakkab jarayon hisoblanadi.
O‘quvchilar mehnat tarbiyasini tashkil etishda maktabning roli qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, oila, mahalla hamkorligisiz bu ishni muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi. Zero, oila birinchi tarbiya o‘chog‘i, birinchi muallim, bolaning mehnatga layoqatini, qobiliyatini, ijtimoiy qiziqishini uyg‘otadigan dastlabki tarbiya maskani bo‘lsa, mahalla uni rivojlanishi, ranaq topishi uchun muhit hisoblandi.
Bolaga mehnat tarbiyasini berishda sog‘lom oilaviy muhit, ota-onalarning shaxsiy namunasi, mehnatga munosabatlari, mehnat ahliga bo‘lgan mehr oqibatlari, tinch-totuv mahalla, mehribon qo‘shnilar ham muhimdir. Bolada mehnat faoliyatiga qiziqish va extiyoj ancha barvaqt shakllanadi. Ota yoki ona farzandining xarakter-xususiyatini, qiziqishini hisobga olib, yoshligidan mehnat tarbiyasini berib boradi. Bolalarni o‘z-o‘ziga xizmat qilishga odatlantirishda harakatlarni tushuntirish va ko‘rsatishdan ko‘proq foydalanish kerak. Kichik yoshidanoq har bir bola mehnatda ishtirok etsa, o‘z-o‘ziga xizmat qilsa, ya’ni kiyinish, ovqatlangandan so‘ng yig‘ishtirish, chang artish, oyoq kiyimlarni taxlash, gullarga suv quyish va boshqa uncha qiyin bo‘lmagan yoki xususiyatiga mos keladigan ishlarni muntazam bajarsa, mehnat bolaga tarbiyaviy ta’sir etadi. Bularning barchasiga oilada asos solingan bo‘lsa, mahalla faoliyatida shakllanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan turli mashg‘ulotlar orqali bolalar o‘z oldiga maqsad qo‘yish, ish jarayonini rejalashtirish, materialdan oqilona foydalanish, ishning maqsadiga muvofiq usullarni qo‘llash malakasini o‘stiradilar. 6-7- yoshdagi bolalarga nisbatan chaqqonlik, harakatlardagi aniqlik va tezlik, materialni moslash, murakkab holatdan mustaqil chiqa olish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bularning barchasi kelgusida umumta’lim maktablarida ijodiy faoliyat asoslarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Shuningdek, umumta’lim fanlari qatori mehnat ta’limi darslarida bu jarayon uzviyligi va uzluksizligi ta’minlangan holda davom etib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‘nikma va malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o‘rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarni amalga oshirishdan iboratdir. O‘quvchilar o‘z qobiliyati va qiziqishi asosida kasb tanlab, ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirib, kelajakda jamiyat manfaati uchun foyda keltiradigan shaxs bo‘lib yetishadi.
Mehnat ta’limi darslarida boshlang‘ich sinf (1-4-sinf) o‘quvchilari qog‘oz va karton, turli va tabiiy materiallar, tolali va gazlama, loy va plastilin bilan ishlash bo‘limlarida ko‘pgina ajoyib turli tuman o‘yinchoqlar, tabriknomalar, ertak qahramonlarini qurish-yasashni o‘rgansalar, o‘rta va yuqori (5-9-sinf) sinflarda yog‘ochga, metallga, gazlamaga ishlov berish texnologiyalari asosida uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasaydilar, mebellarni ta’mirlaydilar, turli xil kiyim-kechak, buyumlar bichib, tikadilar, kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiydilar, turli tuman suvenerlar yasaydilar, pazandachilik asoslari bo‘limida milliy va jahon taomlarini texnologiya asosida pishirishni, salat tayyorlashni hamda dasturxonga tortish, bayram kechalarga dasturxon tuzashni, qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi bo‘yicha o‘simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish yo‘llarini o‘rganish bilan ularning umummehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishda ma’naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlari shakllanadi.
Jumladan, o‘quvchi 5-6 soat vaqt davomida umumta’lim maktabida o‘qituvchi tarbiyachilardan ta’lim – tarbiya saboqlarini o‘rganadi. Biroq asosiy vaqtini oila va mahallada o‘tkazishi hech kimga sir emas albatta. Shunday ekan, oila, mahalla va maktab hamkorlikdagi faoliyati hozirgi kunda barkamol avlod tarbiyaning asosi bo‘lib hisoblanmoqda. Demak, o‘quvchi umumta’lim fanlaridan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, o‘z ustida ijodiy ishlashi uchun oila hamda mahallada shart-sharoit, imkoniyat bo‘lishi lozim. Ayniqsa, noqobul va kam ta’minlangan oilalar bilan doimiy hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, doimiy muloqatda bo‘lish kerak. Mazkur oila farzandalari o‘qiydigan maktab, o‘quvchining sinf rahbari bilan doimiy aloqada bo‘lish, bolalar bilan tez-tez suhbat o‘tkazish, ularni qiziqishlari, ehtiyoji va kelgusidagi rejalari bilan qiziqib, zarurat bo‘lganda masalahat va tavsiyalar berib borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga barkamol shaxs tarbiyasida darsdan tashqari o‘tkaziladigan to‘garak mashg‘ulotlari va tadbirlarning ahamiyati katta. Chunki o‘quvchini darsda olgan bilimlarini mustahkamlash, rivojlantirish va o‘z ustida ijodiy ishlashi uchun fan to‘garaklari, mahallarda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar muhim o‘rin egallaydi.
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda oila, maktab va mahalla hamkorligida o‘quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda samarali va tizimli ishlar olib borish zarur. Unutmasligimiz kerakki, oila jamiyat bo‘lagi, tarbiya va ta’limning ilk qadami oiladan boshlanadi.
Demak, farzandning kelajagi, uning ravnaqi, o‘zi tanlagan kasb-hunarni egallashiga bo‘lgan qiziqishi oilada shakllanadi, rivojlanadi. Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida shuni qiyosiy tarzda aytmoqchimizki, oila ona tuproq, farzand nihol bo‘lsa, ta’lim maskani va mahalla uning ozuqa manbaidir.
Bunday holatlarni farzandini o‘z erkiga tashlab qo‘ygan, tarbiyasiga befarq bo‘lgan, sharqona odob-axloq qoidalarini unga singdira olmagan ayrim oilalarimiz misolida ham ko‘rmoqdamiz.
Yaqinda poytaxtda yashaydigan tanishlarimizdan birinikiga mehmonga bordik. U yashaydigan ko‘p qavatli uyning pastida bir ayol va 20 yoshlardagi qizining baland ovozda janjallashayotgani e’tiborimizni tortdi. Aftidan tanishlari bilan tungi klubga ketmoqchi bo‘layotgan qizni ona ortiga qaytarishga harakat qilar, qiz ham bo‘sh kelmas, onasiga hezlanib, uni haqoratlardi. Xullas, harchand urinmasin, ayol qizini fikridan qaytara olmadi...
Keyin bilsak, qizning ota-onasi vaqtida yaxshi joylarda ishlagan, farzandi nimani xohlasa, muhayyo qilishga, meyoridan ortiq erkalatishga odatlangan ekan. Tabiiyki, ulg‘aygani sari qizning erkaliklari ham ortib boravergan. Endi uni to‘g‘ri yo‘lga sola olmagan ota-ona har kuni janjallashib, er uyni tashlab chiqib ketgan. Ona esa qanchalik dodlamasin, qizi uning gaplariga umuman quloq tutmaydi.
So‘nggi vaqtlarda bunday holatlarga ahyon-ahyonda bo‘lsa-da, duch kelayotganimiz afsuslanarlidir. Ba’zi suhbatlarda ayrim ota-onalar farzandini shu vaqtga qadar hech kimdan kam qilmagani, hatto boshqalardan ortiq yedirib, ortiq kiyintirgani, lekin keksayib, quvvatdan qolganida uning ota-onasiga oqibatsizlik qilayotganini aytib nolishadi. Farzandi tarbiyasiz chiqsa, buni zamon o‘zgarib borayotgani, yoshlardan mehr-oqibat tushunchalari unutilib borayotganiga yo‘yib hasrat qiladiganlar ham yo‘q emas.
To‘g‘ri, yosh va zamon orasidagi farq tufayli kattalar va bolalarning dunyoqarashi, qiziqishi, o‘y-xayollari, hayotga munosabatlari ham turlicha bo‘lishi tabiiy. Ammo tarbiya to‘g‘ri berilsa, bola qalbidagi qadriyatlar, insoniy fazilatlar o‘zgarmay qolaveradi.
Shu boisdan ham ota-ona farzandlari bilan imkoni boricha ko‘proq muloqotda bo‘lishi, ularning qiziqishlari, maqsadlari haqida so‘rab, bu borada dildan maslahatlar berishi, uning qalbidagilarni tushunishi, his eta olishi kerak. Oilada ibratli kitoblar o‘qilishi, yaxshilik va yomonlik, odob va axloq, oqibat va oriyat kabi mavzularda sodda, bolaning ruhiyatiga mos suhbatlar qilinishi lozim. Bolani o‘z vaqtida va yoshiga mos tarzda mehnatga jalb etib borish, qandaydir foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishini ta’minlash, halollik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatkashlik, mehr-oqibat bobida ularga ibrat namunasi bo‘lmoqliklari kerak. Ota-onaning haddan oshgan erkalatishlaridan taltayib emas, ularning o‘zi uchun jonkuyarligi, fidoyiligidan mehr tuyib ulg‘aygan farzand ertaga barcha narsaning qadriga yetadi. Bu sharqona tarbiyaning eng asosiy jihatlaridan biridir.
Farzandiga ana shunday tarbiya bera olgan ota-onalar va bu tarbiyani olgan farzandlar o‘rtasida har qanday vaziyatda ham mehr-oqibat rishtalari mustahkam saqlanadi. Bunday oilada keksaygan ota-ona boshpanasiz qolib, ko‘chalarda tilanchilik qilmaydi, qariyalar uylarida, yolg‘izlikda bolalarini sog‘inib yashashga mahkum bo‘lmaydi. Aksincha, uyning to‘rida, xonadonning farishtasi bo‘lib, farzandlari, nevara-chevaralari ardog‘ida keksalik gashtini suradi. Huzur-halovatda yashaydi.
Ta`lim va tarbiyaning o'rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta`lim, tarbiyaning bir juz`idir. Tarbiya esa ta`limni o'z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o'z-o'zidan ta`limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma`nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o'z ichiga oladi. Bu Ummat.uz yozmoqda.
Zotan, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak, u o'zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bo'lishi kerak. Buning uchun esa bizning dinimiz Islomda barcha ko'rsatma va imkoniyatlar mavjud. Eng asosiysi, inson o'zining oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish asnosida doimiy holda Allohga yuzlanib turishi tarbiyadir.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, ta`lim komil tarbiyaning bir juz`idir. U esa aqlni rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o'z hayotida kerak bo'ladigan ilmu ma`rifatni ashyolar to'g'risidagi turli ma`lumotlarni, kasbiy mahoratini yoki kasb va hunarlarga tegishli bo'lgan fanlarni o'rganadi. Lekin tarbiyaga o'xshab keng qamrovli bo'la olmaydi. Chunki ta`lim insonni ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham ta`lim va tarbiya doimo birga bo'lishi talab etiladi. Bu haqiqatni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari orqali ham bilib olishimiz mumkin.
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo Men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli yerga yoqqan yomg'ir kabidir. Yerning ba`zi joyi yaxshi ekan, suvni qabul qilib, ko'plab nabotot va o'simliklarni o'stiribdi. Uning ba`zi joylari qattiq ekan, suvni tutib qolibdi. Bas, u bilan Alloh odamlarga manfaat beribdi. Ular undan ichibdilar, sug'oribdilar va ekin ekibdilar. Yerning ba`zi joylari silliq ekan. Suv tutmas va ekin ham o'stirmas ekan. Ana o'sha xuddi Allohning dinida faqih bo'lgan kishiga o'xshaydi. Alloh men ila yuborgan narsa unga manfaat beribdi. O'zgalarga o'rgatibdi. Boshqasi o'sha narsaga e`tibor bermagan kishiga o'xshaydi. Yana biri esa, men ila yuborilgan Allohning hidoyatini qabul qilmagan odamga o'xshaydi», dedilar». Ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Imom Qurtubiy (r.a) «Nabiy sollallohu alayhi vasallam o'zlari orqali yuborilgan hidoyat va ilmni insonlar bir qo'ltim suvga muhtoj bo'lib turgan holatlarida yuborilgan yomg'irga o'xshatdilar.» Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuborilishlaridan avval insonlar ana shunday muhtoj va nochor holda edilar. Osmondan yoqqan yomg'ir o'lik yerlarni tiriltirganidek diniy ilm va ko'rsatmalar o'lik qalblarni tiriltirdi. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshituvchilarni yomg'ir yoqqan har xil yerlarga o'xshatdilar. Ularning ba`zilarini ilmga amal qiladigan olim hamda muallim, xuddi unumdor yer o'rnida ko'rdilar. Suvni ichadi, o'zi foydalanadi va o'simliklar o'stirib boshqalarga ham foyda keltiradi. Ba`zilari esa zamonasidagi barcha ilmlarni egallaydi, lekin unga amal qilmaydi yoki unga muvofiq hayot kechirmaydi. Boshqalarga esa yetkazadi. Bu kishilar suvni o'zida saqlab qolib odamlar undagi suvdan foydalanayotgan yerga o'xshaydi.


Download 22.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling