Hozirgi kunda, inson tanasidagi mavjud bo‘lgan biosignallarni yozib olish, ishlov berish va tahlil qilish usullari rivojlanib bormoqda. Inson tanasidagi biosignallarni qabul qilishda sensorlardan foydalaniladi


Download 13.09 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi13.09 Kb.
#1649489
Bog'liq
Taqriz Mirsaidov


O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


5330500 - “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishi bakalavr darajasini olish uchun Mirsaidov Mirjahon Mirjamshid o‘g‘li tomonidan “Matlabda EMG signallar simulyatsiya modelini yaratish” mavzusida tayyorlangan bitiruv ishiga

TAQRIZ
Hozirgi kunda, inson tanasidagi mavjud bo‘lgan biosignallarni yozib olish, ishlov berish va tahlil qilish usullari rivojlanib bormoqda. Inson tanasidagi biosignallarni qabul qilishda sensorlardan foydalaniladi. Sensorlar biosignallarni real vaqt rejimida turli xil aniqlikda qabul qiluvchi tizimlarning muhim qismi hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Mirsaidov Mirjahon Mirjamshid o‘g‘lining bitiruv ishi mushak faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Bitiruv ishi kirish, 3 bob va yakuniy xulosalardan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, hamda amaliy ahamiyati bayon qilingan.
Birinchi bob mushak signallri haqida umumiy ma’lumotga bag‘ishlangan.
Ikkinchi bobda EMG signallarini tahlil qiluvchi algoritmlar keltirib o‘tilgan.
Uchinchi bobda sun’iy intellekt yordamida qo‘l harakatlarini tasniflash amalga oshirilgan.
To‘rtinchi bobda Hayot faoliyati xavfsizligi. Ekologiya masalalari ko‘rilgan.
Kamchilik sifatida ayrim orfografik xatolarni keltirsa bo‘ladi, ammo bu kamchilik ishning mazmun va mohiyatini to‘liqligiga salbiy ta’sir qilmaydi. Umuman, Mirsaidov Mirjahon Mirjamshid o‘g‘lining bitiruv ishi yuqori malakali darajada bajarilgan va bitiruv ishiga bo‘lgan talablarga mos keladi va ish muallifi “yaxshi” baxoga va 5330500 - “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.



Uniq Resolution MCHJ
korxona rahbari

S.Sadikov











Download 13.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling