Hozirgi kunda yirik, o’rta va kichik tadbirkor kompaniyalar global bozorga
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
BTTL Lab 1
Kirish Hozirgi kunda yirik, o’rta va kichik tadbirkor kompaniyalar global bozorga mo’lljallab o’zlarini siyosatlarini olib borishmoqda. Shu sababali ular bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z o’rinlarini saqlab qolish hamda raqobatbardoshligini samarali tashkil etish maqsadida axborot telekommunkatsiya tizimlari va texnologiyalarini hamda resurslarini ishlatishi yoki o’zlari uchun ishlab chiqib kompaniya faoliyatiga tadbiq etib kelishmoqda. Ushbi ishlarni amalga oshirish maqsadida birinchi navbatda inson resurslari muhim rol o’ynaydi va hozirgi kundagi talabalar 2-3 yildan so’ng universitetni bitirib chiqib, tadbirkorlik (biznes) sohasida tizim tahlilchisi, boshqaruvchi hamda AKT professionallari bo’lib ishlashlari mumkin. Fan dasturidagi belgilangan ma’ruza, amaliy va laboratoriya hamda mustaqil ishlarni bajarish va o’zlashtirish natijasida ular yuqoridagi lavozimlarga tayyor bo’lib chiqadilar. “Biznеs tizimlari tahlili va loyihalash” fanini chuqur o‘rganish biznеs sohasiga tеgishli muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu sohada muvafaqiyatga erishish uchun ta’sir etuvchi omillar tahlili, ish jarayonlari xamda biznеs tizimlarini UML, Gant, Pert, CASE modеllari asosida tahlili, qayta tashkil qilish va loyihalash ko‘nikmalarini hosil qilishni o‘z ichiga oladi.
Laboratoriya ishlarini bajarishda va xisobot tayorlashda quyidagi ma’lumotlarni o’z ichida mujassam etishi lozim. Xisobotga talablar Xisobot ichida quyidagilar bo‘lishi lozim: 1. Titul varag‘i, laboratoriya ishi nomi. 2. Laboratoriya ishi maqsadi. 3. Mavzu bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar. 4. Masalaning qo‘yilishi. 5. Prеdmеt soxaning qisqa tavsifi. 6. Bajarilgan ish. 7. Tеgishli xulosalar. 1 laboratoriya ishi Mavzu: Tizim obyektlarini tanlash va taxlil qilish.
Ishdan maqsad: Hozirgi kunda mavjud bo’lgan va ishlab chiqarilayotgan dastur hamda tizimlarni, obyektlar tuzilishini tahlil qilish va o’rganish.
Nazariy ma’lumotlar Tizim - yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elеmеntlar (ob'еktlar) majmuasi tushuniladi. Dеmak,har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida xizmat kiladi. Masalan, sizga ma'lum bulgan shahar tеlеfon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob bеradi, ya'ni, xar biri o’ziga xos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elеmеntlardan iborat.
Tizim tashkil qilinishiga qarab uch turga bo’linadi: 1.Tabiy; 2.Sun’iy; 3.Aralash; Tabiy tizim – bu inson aralashuvisiz sodir bo’ladigan tizim hisoblanib, u tabiat tomonidan oldindan mavjud bo’lgan va bundan keyin ham mavjud bo’ladi. Sun’iy tizim – bu insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan tizimlardir. Ushbu tizim insoniyat evolutsiyasini shakllanish jarayonida vujudga kela boshlagan va hozir ushbu tizimga juda ko’plab misollar topishimiz mumkin. Jadval 1.1. Tizimlarning sinflanishi Tabiy
Sun’iy Aralash
Quyosh tizimi Xizmat ko’rsatish tiz. Quyoshdan batareyalar Eko tizim O’qitish tizimi Shamol tegirmonlari Qon aylanish tizimi Isitish tizimi Sug’orish tizimi Nafas olish tizimi Operatsion tizim Dori ishlab chiqarish Biologik tizim Axborot tizimi GRES Ob-havo tizimi Hukumat tizimi GES
Aralash tizim – bu inson va tabiat o’rtasida vujudga keladigan tizim hisoblanadi. Bunda insonlar tabiy resurslardan o’z maqsadlari yo’lida foydlanadilar. Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin bo'lib, juda xam ko'p ma'noni anglatadi. Ko'p xollarda texnika vositalari va dasturlari yig'indisiga “TIZIM” deb ataladi. Tizim tushunchasiga “axborot” so'zini qo'shsak u holda “tizimning” yaratilish maqsadi va ishlash printsipi tushuniladi. Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muxitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimi deb oldinga qo'yilgan maqsadga erishish uchun axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yig'indisiga aytiladi.
Berilgan masalani yechish uchun avvalambor uning tuzilishini, qanday funksional bloklardan va qismlardan tashkil topganligi hamda alohida elementlar orasidagi bog’liqliklar tahlil qilinishi lozim. Funksional bo’linish deganda biron-bir masalani hal etishda vazifaga bog’liq bo’lgan funksiyalarning aspektlari tushuniladi. Funksional bo’linishda turli strukturalarni, shular qatorida prinsipial, strukturali va funksional chizmalarini olib ularni o’zgartiradi yoki qo’shimcha kiritadi.
Funksional bo’linishda har bir loyihaning bo’limchasi alohida-alohida yig’ilib bir butunligkni tashkil qiladi. Bu holatni biz ierarxik holatga o’xshatsak bo’ladi. Daraxtning ildizi qilib yakuniy loyiha olinsa, qolgan har bir aspektlari bu loyihani tashkil etuvchi bo’limchalar hisoblanadi. Bu bo’limchalar esa o’z navbatida yana bo’limchalardan tashkil topishi mumkin bo’ladi va har bir bo’limchani o’zini undan so’ng turgan bo’lim uchun ierarxiyaning ildizi deb tushunsak bo’ladi. Bu bo’linish jarayonini toki ohirgi elementning oddiy elementli bloklar holatiga kelguncha takrorlash mumkin bo’ladi. Bunday o’rganish ko’rilayotgan loyihani chuqurroq tushunishga, kamchiliklarini va ketadigan harajatni topishga ko’maklashadi.
Rasm 3.1. Funksional bo’linish Loyihalashtirish jarayonida loyihaning yaratilishgacha bo’lgan barcha holatlarini ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Loyihlash turli bosqichlarga, jarayonlar va bo’limlarga bo’linadi. Ba’zi bir murakkab loyihalarni rejalashtirishda quyidagi asosiy bosqichlar bosib o’tiladi: ilmiy-tadqiqot ishlari; amaliy-konstruktiv ishlar; texnik loyihalash; “homaki” loyiha; testdan o’tkazish. Tadbiq etish Masalan variant bo’yicha Temir yol axborot tizimini yaratish berilgan bo’lsin.
Rasm 1.2. Tanlangan ob’yektning funktsional chizmasi Funksional qismalar nomi va tavsifi
1. Reyslar- Ushbu qism tizimning asosini tashkil etadi va bunda har bir reyslar uchun quyidagilar mavjud.
2. Vagonlar – har bir reysda nechta vagon borligi va unda qanaqa yuk olib borilishi.
3. Vaqti – reyslar jo’nashi va yetkazilishi. 4. Mijozlar – yuk egasi haqida ma`lumot.
5. Masofaviy bandlik – bo’sh vagonlar va ularni masofaviy band qilish. 6. Tashish narxi – yukni tashish uchun umumiy sarf-xarajatlar.
7. Boshqaruv – yuqoridagi qismlarni boshqarish. 8. Nazorat – reyslar ustidan nazorat qilish.
9. Soliq – reyslarga soliq to’lash. 10. Kassa – xisob-kitob ishlari bilan shug’ullanadi.
Ishni bajarish tartibi 1. Variantga mos ravishda prеdmеt soxani tanlab olish. 2. Tanlangan ob’yektni dekompozitsiya usulini ishlatib ajratib chiqish 3. Tanlangan ob’yekt funktsional chizmasini chizish. 4. Xar bir blokni ishlashi va faoliyatini tavsiflash va taxlil qilish. 5. Tegishli xulosalar chiqarish.
Nazorat savollari 1. Tizim tushunchasi? 2. Tizim turlari? 3. Nima sababdan katta tizimlarni kichik qismlarga ajratgan holda tahlil qilish lozim?
4. Tizimlarni tahlil qilishdan maqsad? 5. Tizim tahlilchilariga bo'lgan talablar? 6. Dekompozisiya tushunchasi?
BTTL fanidan Laboratoriya va amaliy ishlari variantlari 1. Kutubxona Biznes axborot tizimi 2. Avtopark Biznes axborot tizimi 3. Maktab Biznes axborot tizimi 4. Korxona Biznes axborot tizimi 5. Oliy o`quv yurti Biznes axborot tizimi 6. Minimarket Biznes axborot tizimi 7. Do`kon Biznes axborot tizimi 8. Kichik korxona Biznes axborot tizimi 9. Futbol klub Biznes axborot tizimi 10. Vokzal Biznes axborot tizimi 11. Aeroport Biznes axborot tizimi 12. Kafedra Biznes axborot tizimi 13. Dekanat Biznes axborot tizimi 14. Sport kompleksi Biznes axborot tizimi 15. Kasb hunar kolleji Biznes axborot tizimi 16. Avto salon Biznes axborot tizimi 17. Tuman Biznes axborot tizimi 18. Shahar Biznes axborot tizimi 19. Telefon Tarmoq shaxobchasi(TTSH) Biznes axborot tizimi 20. Go`zallik saloni Biznes axborot tizimi 21. Omborxona Biznes axborot tizimi 22. Vazirlik Biznes axborot tizimi
23. Hokimiyat Biznes axborot tizimi 24. Asaka zavodi Biznes axborot tizimi 25. Dorixona Biznes axborot tizimi 26. Kasalxona Biznes axborot tizimi 27. Web sayt Biznes axborot tizimi 28. Dastur Biznes axborot tizimi 29. O`quv kursi Biznes axborot tizimi 30. Sport kompleksi Biznes axborot tizimi Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling