Hozirgi kundagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning o'rni
Download 86.34 Kb.
|
Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- - birinchi tashabbus
- - uchinchi tashabbus
- - beshinchi tashabbus
“HOZIRGI KUNDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLARDA YOSHLARNING O'RNI” Hozirgi kunda dunyo miqyosida ilm-fan va texnika jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Bu esa o’z navbatida taraqqiyot jarayonini uzluksiz davom etishi uchun hozirgi kun yoshlarini ilmiy, ijtimoiy-siyosiy salohiyatini oshirishdek muhim masalani oldinga qo’yadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan 2016-yil 14-sentyabr kunidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun yurtimiz yoshlarini ijtimoiy-siyosiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun qo’yilgan ulkan qadam bo’ldi. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’rnini topishi davlat ahamiyatidagi vazifaga aylandi. Jumladan, 2017-yil 30-iyun kunidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi o’z faoliyatini boshladi. Shu kundan boshlab 30-iyun sanasi yurtimiz bo’ylab “Yoshlar kuni” sifatida bayram qilina boshlandi. Yoshlar jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida o’z o’rniga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan bo’lsak, yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar juda katta ahamiyatga ega ekanligini anglashimiz mumkin. Qisqa muddat ichida yoshlar o’zlarini sport, san’at, ilm-fan, siyosiy sohalarda o’z qobiliyatini ko’rsata boshlashdi. Sport sohasida 2016-yil 31-yozgi Olimpiya o’yinlarida Xasanboy Do’stmatov, Ruslan Nuriddinov, Shahram G’iyosov kabi yoshlarimiz erishgan yuqori natijalari sababli, Markaziy Osiyo davlatlari ichida medallar soni va sifati bo’yicha O’zbekiston birinchi o’rinni egalladi. Yoshlarning bilim olishi, oliy ma’umotga ega bo’lishi va bu borada hech qanday to’siqlarga uchramasliklari uchun ta’lim sohasida bir qator islohotlar o’tkazildi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar soddalashtirildi. Imtihon jarayonlari shaffof holda o’tishi ta’minlandi. Iqtidorli yoshlarga o’z iqtidorini namoyon etish orqali o’qishga kirishdek imkoniyatlar berildi. Nogironligi bor bo’lgan yoshlarga davlat granti orqali o’qishdek imkoniyat berildi. Qonunchilik sohasida ham xatoga yo’l qo’ygan, jinoyat yo’liga adashib kirib qolgan, qilgan jinoyatidan pushaymon bo’lgan yoshlarga imkon berish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Memorandumda yoshlar bilan ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida sudlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, eng asosiysi Yoshlar ittifoqi tomonidan berilgan kafillik xati bilan qonun buzganligi sababli aybdor deb topilgan yosh fuqaroning jazodan ozod etilib yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo tayinlash orqali sog’lom turmush tarziga qaytarish mumkin bo’ldi. Ko’plab yoshlarimiz kasb-hunarga qiziqtirish orqali jamiyatda yana qaytadan o’z o’rnini topishdi. Yoshlarimiz davlatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ham o’z o’rniga egadir. Jumladan, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining 22 yoshli bitiruvchisi Alisher Sa'dullayev xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari hamda Turin politexnika universitetining 25 yoshli bitiruvchisi Olimjon To‘ychiyev esa Fan va texnologiyalar bo‘yicha agentlik bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlanishi Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bo’lgan katta ishonch bildirilganligini anglatadi. Joriy yilning 19-martida yurtboshimiz tomonidan yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish va ularga bu borada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida quyidagi 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. - birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste'dodini yuzaga chiqarish; - ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; - uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish; - to‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; - beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, biznesga jalb etish masalalarini nazarda tutadi. Besh tashabbus doirasida yil davomida respublika yoshlari o’rtasida forumlar, konferensiyalar, uchrashuvlar, tanlovlar o’tkazilmoqda. Beshta tashabbusning har bir yo’nalishi bo’yicha turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Iqtidorli, faol yigit va qizlarimiz rag’batlantirib borilmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbekiston yoshlari o’zlariga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishmoqda. Yurtimiz kelajagi, ravnaqi uchun bizga albatta yuqori bilim saviyasiga ega, o’zligini anglagan, vatanparvar, qobiliyatli, insonparvar, kuchli va irodali bo’lgan yoshlar kerak. O'zbekiston bizning yakka-yu yagona betakror Vatanimiz. Shuning uchun eng buyuk boyligimiz mana shu yurt O’zbekistonimizni doimo asrab-avaylaylik aziz yurtdoshlar. Download 86.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling