Hozirgi o ’zbek adabiy tili


Labial undoshlarning qanday turlari bor? A. Lab-lab, lab-tish. B. Lab-tish, til-tish. D. Lab-iab, til oldi


Download 51.88 Kb.
bet28/33
Sana08.05.2023
Hajmi51.88 Kb.
#1442811
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
HO\'AT test

15. Labial undoshlarning qanday turlari bor?
A. Lab-lab, lab-tish.
B. Lab-tish, til-tish.
D. Lab-iab, til oldi
E. Lab-lab, dental-dorsal
16. Artikuiatsiya usuliga ko‘ra undosh fonemalarning guruhlanishi qaysi
qatorda to‘g‘ri ko'rsatilgan?
A. Til oloi, portlovchi, jarangli, shovqinli.
B. Lab-lab, sirg'aluvchi, jarangli, shovqinli.
D. Portlovchilar, sirg'aluvchilar, affrikatalar (qorishiq undoshlar), nazal tovushlar {yumuq fokusli burun tovushlari), titroq tovush.
E. Til oldi dorsal, til oldi alveolar, til oldi tanglay undoshlari.
17. Sonantlar shovqinlilardan qanday farqlanadi?
A. Sonantlar faqat ovozdan tarkib topadi, shovqinlilarda ovoz bilan birga shovqin ham qatnashadi.
B. Sonantlarda rezonator tonlar qatnashmaydi, shovqinlilarda esa rezonator
tonning bo‘lishi shart.
D. Sonantlarda ovoz shovqindan ustun bo‘ladi, shovqinlilarda esa shovqin ko‘p,
ovoz кат bo'ladi yoki ovoz butunlay qatnashmaydi.
E. A va B.
18.
“Ilf” so‘zida qanday fonetik hodisa sodir bo'lgan?
A. Lab-tish “f ’ undoshi lablashgan “u” ning ta’sirida lab-lab “f ’ ga aylangan. Bu
hodisa tilshunoslikda spirantizatsiya deb ataladi.
B. . .. akkomodatsiya deb ataladi.
D. . . . assimilatsiya deb ataladi.
E. . . . eliziya deb ataladi.
19.
Biroria > biroitia. Bunda qanday fonetik hodisa sodir bo‘lgan?
A. Assimilatsiya.
B. Dissimilatsiya.
D. Akkomodatsiya.
E. Metateza.
20. So‘z tarkibidagi ikkita bir xil bo‘g‘indan birining talafTuzda tushib qolishi
(morfofonologiya > morfonotogiya kabi) qanday fonetik hodisa sanaladi?
A. Austeza.
B. Prokopa.
D.
Eliziya.
E. Gaplologiya.
21. Fonologik oppozitsiya to‘g‘ri ta’riflangan qatorni toping?
A. Fonema ottenkalarining zidlanishi.
B. Fonema variantlarining neytrallashuvi.
D. Fonema qatori.
E. Fonemalarning differensial belgilari asosida o'zaro zidlanishi.
22. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tayanch lahjasi qaysi qatorlarda to‘g‘ri
ko'rsatilgan?
A. Qipchoq lahjasi.
B. 0 ‘g‘uz lahjasi.
D. Qarluq lahjasi.
E. Bu masala hozircha o‘ta munozarali.
23.Go‘sht, g'is lit, xursand so'zlari oxiridagi undoshning talaffuzda tushib qolishi
(go‘sh, g'isli, xursan deb talaffuz qilinishi) qanday fonetik hodisa sanaladi?
A. Proteza
B. Sinkopa
D. Apokopa.
E. Epenteza.
24.
Yilon > ilon, yigna > igna so‘zlari boshidagi “y” ning tushib qolganligi qanday
fonetik hodisa sanaladi?
A. Proteza.
B. Prokopa.
D. Epenteza
E. Sinkopa.
25. Bo'g'in markazi nima?
A.Bo'g'in boshidagi undosh.
B.Bo'g'in oxiridagi undosh.
D.Bo'g'in oxirida qatorlashib kelgan ikki undosh.
E.Bo'g'in tarkibidagi unli.
26. Umumiy fonetika nimani o'rganadi?
A. Muayyan bir tilning fonetik tizimlarini.
B. Ikki yoki bir necha tilning fonetik tizimlaridagi farqlami.
D. Barcha (yoki ko‘pchilik) tillarning tovush tomoni uchun umumiy bo'lgan
qonuniyatlar va hodisalarni.
E. A va B.
27. Segmental va supersegmental fonologiyalar qanday farqlanadi?
A. Segmental fonologiyada urg'ular tizimi, supersegmental fonologiyada esa
fonemalar tizimi haqida ma’lumot beriladi.
B. Segmental fonologiyada segment birliklar - aksentema va intonema haqida,
supersegmental fonologiyada esa supersegment birliklar - fonema va sillabemalar xususida fikr yuritiladi.
D. Segmental fonologiyada bo'g'in va ohang, supersegmental fonologiyada esa
temp, tembr haqida ma’lumot beriladi.
E. Segmental fonologiyada fonemalar tizimi, supersegmental fonologiyada esa
sillabema, aksentema va intonemalar o'rganiladi.
28. Fonemaga berilgan qaysi ta’rif to'g'ri?
A. So'z va morfemalaming tovush qobig'ini farqlash orqali ularning ma’nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segment birlik.
B. Nutq tovushlarining kombinator omillar ta’sirida o'zgargan ko'rinishlari.

D. Nutq tovushlarining pozitsion omillar ta’sirida o'zgargan ko‘rinishlari.
E. Nutq tovushlarining fizik-akustik komponentlari.

Download 51.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling