Hozirgi o’zbek adabiy tili fanining namunaviy o‘quv dasturi
Download 43.12 Kb.
|
89645 zbek adabiy tili. Ishchi dastur 2-kurs 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi o’zbek adabiy tili FANINING NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI
- Tаqrizchilаr
- Nizomiy nomidago TDPU Tarix fakulteti dekani: ____________ L.Bobodjayeva 2020yil “___” _____________
- O‘quv fanini o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- 2. Ma’ruza mashg’ulotlari
- Jami: 26 soat
- Jami: 18 soat
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI NIZОMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVЕRSITЕTI “TASDIQLANDI” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _______ D.U.Ergashev 2020 yil “_____” ____________ Hozirgi o’zbek adabiy tili FANINING NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI (2-kurs uchun)
Tоshkеnt – 2020y. Fanning namunaviy o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2020__ yil “___” _______dagi ____-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Nizomiy nomidago TDPU Tarix fakulteti dekani: ____________ L.Bobodjayeva 2020yil “___” _____________ O’zbek, qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri: ___________ G.Norimova 2020yil “___” __ ___________ O‘quv fanini o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar Hozirgi о’zbek adabiy tili fanining o'quv kurslari qatoridagi o’rni va ahamiyati shundaki, bu fan talabalarni o'zbek tilining, demakki, davlat tilining rivojlanish qonuniyatlari, uning strukturaviv va sistemaviy xususiyatlari, fonetik fonologik, leksik, semantik, grammatik, grafik tizimlari, orfografik va orfoepik me’yorlari, til birliklarining nominativ, kommunikativ, emotiv va boshqa funksiyalarni bajarishdagi ishtiroki masalalari bilan tanishtiradi, о’zbek tilining morfemik, so 'z yasalishi va morfologik va sintaktik tizimi, uning o’ziga xos jihatlari bilan tanishtiradi, bu jarayonda til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari qonuniyatlariga tayanib ish ko’riladi. Fanning maqsadi - hozirgi o ‘zbek adabiy tili, uning milliy til tarkibidagi tavsifi strukturaviy, sistemaviy va funksional xususiyatlari, tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til va dialektlar, adabiy til va funksional stillar, adabiy til va jargonlar, ular o ‘rtasidagi aloqa-munosabatlar, o’zbek tilining morfemik, so’z yasalishi va morfologik tizimi, uning o ‘ziga xos jihatlari, sintaktik birliklar va ularning turlari, so 'z birikmasi va gap sintaksisi bo’yicha talabalarda tegishli bilim darajasini, shu bilimdan ilmiy-pedagogik faoliyatda unumli foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirish; Fanning vazifasi - talabalarni o'zbek tilshunosligining fonetika, fonologiya, grammatika, orfografiya, orfoepiya, leksika, frazeologiya, leksikografiya, morfemika, so’z yasalishi, grammatika (morfologiya va sintaksis) bo’limlari bilan tanishtirish, bu sohalarda qo’lga kiritilgan yutuqlar, bilimlar sirasi, ulardagi munozarali holatlar, g’oyalar va qarashlar, asosiy tushuncha va atamalar xususida ma’lumot berishdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo'yiladi, ya’ni “Hozirgi o’zbek adabiy tili” fani bo’yicha talabalar. • hozirgi o'zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, • fonetika va fonologiya, ularning organish birliklari, tadqiqot aspektlari, fonema ottenkalari, fonetik hodisalar; • grafik tizimning asosiy birligi bo’lgan grafema, orfografiya prinsiplari, orfoepiya qoidalari; • leksema va frazemalarning semantik tarkibi, leksik mano va turlari, leksemalarning turli xil nuqtayi nazardan tavsifi; • leksikografiya – lug’atchilik. lugat turlari haqida yetarli bilimlarga ega bo’lishi; • fonetik birliklar, ularning turlari, grafema, leksema, frazema, to’g’ri talaffuz va imlo, lug'atshunoslik bo'yicha bilimlarga tayangan holda tahlil ko’nikmalariga ega bo'lishi kerak. • morfemika, so'z yasalishi va morfologiya bo’limlari bo'yicha badiiy adabivotlardan materiallar to’plash va ularni tahlil qilishni o'rganish. faktik materiallar asosida ma’lum nazariy xulosalar chiqara bilish, morfemik va morfologik tahlil malakasiga ega bo’lishi lozim. 2. Ma’ruza mashg’ulotlari 1-jadval
Jami: 26 soat 2-jadval
Jami: 18 soat Hozirgi o’zbek adabiy tili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Ayni fanni o’qitishda talabalarning hozirgi o’zbek adabiy tili, falsafa, mantiq, informatika kabi fanlardan egallagan bilimlariga tayaniladi. Fanni o’qitishda axborot (taqdimot, multimedia, texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy texnologiyalari (rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltirilgan texnologiyalar hamda interfaol metodlar (“T-chizma”, “BBB”, “Tushunchalar tahlili”, “Aqliy hujum”, “Klaster”) qo’llaniladi. Bundan tashqari darslik, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza mashg’ulotlari multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o’tiladi. Download 43.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling