9. Birinchi qismida nuqta (.) belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqta C) ko‘p nuqta D) tire
10. Birinchi qismida ko‘p nuqta (...) belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqta C) ko‘p nuqta D) tire
11. Birinchi qismida undov belgisi (!) bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqta C) ko‘p nuqta D) tire
12. Qanday holatda ko‘chirma gapdan keyin qo‘shtirnoq yopilgach, vergul hamda tire qo‘yiladi?
A) ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa B) ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelsa C) ko‘chirma gap darak gap bo‘lsa D) ko‘chirma gap undov gap bo‘lsa
13. “Paxtadan mo‘l hosil olsak... – dedi u – Mana engil mashinaning kaliti desa-ya” Ushbu ko‘chirma gapdagi muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak?
A) tire to‘g‘ri qo‘yilgan B) nuqta C) vergul
D) nuqtali vergul
14. Tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan ko‘chirma gapni aniqlang.
A) - Yuzingizni erga qaratmayman, - dedim komil ishonch bilan. B) - Muzaffar aka, arang topdik sizni, - dedi jilmayib. C) - Yiling uyqu, muchaling yostiqmi? - dedi tuyog‘i bilan qor titkilayotgan otining jilovini siltab. D) - Nima bo‘ldi, - dedi yana chirqillab.
15. O‘zlashtirma gap qatnashgan qatorni aniqlang.
A) Zamira o‘z sinfdoshlari haqida to‘lib-toshib gapirdi. B) O‘quvchilar gazeta va jurnallarga obuna bo‘lmoqdalar. C) Bolalar, ko‘cha qoidalariga to‘liq rioya qiling. D) Nasiba oyoqlari sovuqdan zirqirab og‘riyotganini aytdi.
16. O‘zlashtirma gap qaysi qatorda?
A) Ernazar akaning aytishicha, o‘sha yili saraton juda issiq boshlangan ekan. B) - Jinoyat qilgan jazo tortadi-da, nahot mukofot olsa, - dedi qizlardan biri. C) Siz, o‘ylab qarasam, shu ishga loyiq ekansiz. D) Yozuvchi yolg‘on so‘zdan olam bezor ekanligini aytgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |