19. Ilmiy uslubga xos asosiy belgilardan biri noto‘g‘ri bayon qilingan qatorni belgilang.
A) undalmali gaplar, his-hayajonli gaplar deyarli qo‘llanmaydi B) tilning tasviriy-ta’siriy vositalari ishlatilmaydi C) Shartli belgilar qo‘llanmaydi. D) matn monologik nutq tarzida bo‘lib, dialoglar bo‘lmaydi
20. Rasmiy uslubda ko‘pincha qanday gaplardan foydalaniladi?
A) faqat darak gaplardan B) asosan buyruq gaplardan C) asosan buyruq va his-hayajon gaplardan D) asosan darak va buyruq gaplardan
21. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog‘larda ish qizg‘in. Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti. Anor tupini poxolga o‘rab, tuproq bilan ko‘myapti. Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping.
A) U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tiklanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti B) Dala va bog‘larda ish qizg‘in C) Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. D) Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda.
22. Quyidagi matn qaysi uslubga xos?
17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati. Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy D) publitsistik
23. Quyidagi matn qaysi uslub namunasi hisoblanadi?
Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri 0,50,6 mm bo‘ladi. Yomg‘ir bulutdagi mayda suv zarralarining qo‘shilib yiriklashuvidan hosil bo‘ladi. yomg‘ir ikki xildir: jala yomg‘ir, shivalama yomg‘ir. Shivalama yomg‘irning yog‘ish miqdori intensivligi soatiga 0,25 mm gacha, jala yomg‘irniki esa 100 mm gacha bo‘lishi mumkin.
A) rasmiy uslub B) ommabop uslub
C) publitsistik uslub D) ilmiy uslub.
Do'stlaringiz bilan baham: |