77. So‘zning gapda gap bo‘lagi bo‘lib kelishi so‘z turkumlarining qanday belgisi hisoblanadi?
A) morfologik belgisi B) sintaktik belgisi
C) leksik belgisi D) uslubiy belgisi
78. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gap bo‘laklariga xos emas?
A) Gap bo‘lagi ba’zan bir so‘z bilan ifodalanadi. B) Gapni bo‘laklarga ajratishda so‘zlarning tobe aloqaga kirishishi asosiy mezon hisoblanadi. C) Barcha so‘z turkumlariga oid so‘zlar gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. D) yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar bilan birgalikda. gap bo‘lagi vazifasida keladi.
79. Valining keksa onasi uzundan-uzoq duo o‘qidi. Ushbu gapdagi egani toping.
A) Valining keksa onasi B) keksa onasi C) onasi D) duo
80. Ishlamay egan og‘rimay o‘lar. (Maqol) Eganing ifodalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) sifatdosh bilan ifodalangan B) fe’l bilan ifodalangan
C) birikma bilan ifodalangan D) otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan
81. Quyidagi gapda ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
A) Ot bilan B) Fe’l bilan
C) Otlashgan sifat bilan D) Otlashgan sifatdosh bilan
82. Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. Ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) Sifat B) Fe’l C) Sifatdosh D) Otlashgan sifatdosh
83. Ega qatnashgan gapni aniqlang.
A) Jon qizim, o‘zingni ehtiyot qil. B) El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. C) Aqlni beaqldan o‘rgan. D) Ko‘pchilik bu voqeani o‘sha kuniyoq eshitdi.
84. Quyidagi gapda egalar qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Bor boricha, yo‘q – holicha.
A) taqlidiy so‘z B) olmosh
C) bosh kelishikdagi ot D) modal so‘z
85. Endi g‘alabamiz yaqin, do‘stim! gapining kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) ot B) sifat C) fe’l D) ravish
Do'stlaringiz bilan baham: |