Hozirgi o‘zbek qissalari tahlili Qissa
“Jonginam, shartingni ayt”
Download 29.08 Kb.
|
Hozirgi o\'zbek qissalari tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Shavvozlar”
- “Somon yo‘li elchilari”, “Vasvasa”
“Jonginam, shartingni ayt” (Xudoyberdi To‘xtaboev), “Kultepada kechgan hangomalar” (Ismoil Shomurodov) asarlari e’lon qilingan. “Kultepada kechgan hangomalar” asarida qahramonlar xarakteriga yaqinlashib kelish bor, ammo bironta ham xarakter yo‘q.
Inobat Sulton Begimning “Shavvozlar” sarguzasht qissasi badiiy butunlik emas, ijodiy tayyorgarlik jarayonida yon daftarga yozib boriladigan parchalar holatida qolib ketgan. Ularni saralash, tartibga solish zarur, asarda milt etgan insoniy qadriyat yo‘q. Detektiv asarlar nashri “Zulmatdagi saltanat” (O‘tkir Abdurahimov), “Shaytanatning jin ko‘chalari” (Tohir Malik) qissalari ketma-ketligida davom etadi. Umuman, 2012 yilda sarguzasht, detektiv, ilmiy-fantastik qissalar ko‘plab yaratildi, nashr etildi. “Somon yo‘li elchilari”, “Vasvasa” ilmiy-fantastik qissalari (Tohir Malik) tilining ishlanganlik darajasi, pafosi, xarakterlarning o‘ziga xosligi bilan yil qissalaridan ancha yuqori turadi. Ilmiy-fantastika ichidagi nozik insoniy psixologizm, psixologik dramatizm uyg‘un holatda didaktik vazifani ado etadi. Qissa qismlari nomlanishida ham tajribali ijodkor qalami ko‘rinadi. Yer va Unet sayyorasidagi voqealarning teng ketishi yakunlovchi bir butun xulosaga olib chiqadi. Unetdagi donishmandlar musofirxonasi, taraqqiyot bilan bog‘liq ijtimoiy muammolar Yerdagi muammolarni aytish uchun qo‘llangan yaxshi usuldir. Donishmandona mulohazalar Unet misolida kitobxonga singdiriladi. Fantastik kayfiyat ichidagi o‘quvchi og‘rinmasdan tarbiyalanib boradi. Umuman olganda, ilmiy-fantastik yo‘nalish chuqur psixologik, tarixiy va satirik yo‘nalishlarga o‘quvchini olib o‘tuvchi yo‘nalish. Shunday bo‘lishi kerak. Ammo yil yakunlariga qarasak, mukammal syujet qurilishi, uslubiy yutuqlar Tohir Malikning shu yo‘lda yaratilgan bir necha qissalarida aks etibdi. Belletristikaga mansub detektiv, sarguzasht, ilmiy fantastik yo‘l ommaviy kitobxonlarga mo‘ljallangan. “Somon yo‘li elchilari”, “Vasvasa” kabi qissalarning ommaviy kitobxonlikni tutib turganidan foydalanib, chinakam adabiy qissalarni yaratishga ulgurishimiz zarur. Sentimental yo‘lda yaratilgan qissalar sanoqli. B.Sarimsoqovning Download 29.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling