Hozirgi o’zbek tili o’zbek xalqining milliy tilidir. O’zbek tili shu tilda so’zlashuv
Download 133,55 Kb.
|
1. Paronimiya haqida umumiy tushuncha. Paronim va paronimik juft
Hozirgi o’zbek tili o’zbek xalqining milliy tilidir.O’zbek tili shu tilda so’zlashuv- chilarning hammasi uchun barobar aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan umum- xalq tilidir.Bu til asrlar davomida qo’llanib kelgan yagona o’zbek tili taraqqiyoti- ning yuqori formasi ,milliy tilning ishlangan shaklidir.O’zbek tili davlat va ijtimoiy tashkilot ,fan va maktab,matbuot va badiiy adabiyot ,xullas o’zbek millatining ilmiy va madaniy tilidir. O’zbek xalqining millat bo’lib shakllanishi va rivojlanishi milliy adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishidir. Hozirgi o’zbek tili o’zbek xalqining yagona umummillat tilidir.O’zbek milliy adabiy tili umumxalq tilining yuqori va takomillashgan bosqichidir. So’nggi qariyb bir asr mobaynida o’zbek xalqining yagona milliy tili har tomon- lama o’sdi va yuksaldi,uning fonetik tizimiga ma’lum darajada o’zgarishlar kiri- tildi. Hozirgi o’zbek tili o’zining asriy taraqqiyot yo’lidan og’ishmay borib,o’z yuk- salish yo’lida og’ishmay davom etdi.Bu rivojlanishga o’zbek olimlari,shoirlar va adiblar,tarjomon va matbuot xodimlari katta hissa qo’shdilar. O’zbekiston Respublikasining uzoq kutilgan mustaqillikka erishishi,istiqlol sha- rofati bilan o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi hozirgi o’zbek tili taraqqiyo- tida nur ustiga a’lo nur bo’ldi: davlat idora ishlari o’zbek tilida olib borila boshladi hamda lotin grafikasi asosida yangi yozuv tizimi qabul qilindi.Bularning barchasi tilimiz taraqqiyotini yangi izga soldi. O’zbek tilini nafaqat kelajagi, balki o’tmishi ham juda boy hisoblanadi. “Ona tilimizning boyligini,unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyo- ga tarannum etish bilan ko’rsatishingiz kerak”,- dedi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent Davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti o’qituvchilari bilan suhbat chog’ida. “Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o’z milliy manfaatlarini ta’minlash,bu borada avvalo o’z madaniyatini ,azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab- avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri, 2019-yil 21-oktabr. “Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadigan oyinai hayoti – bu uning Milliy tili va adabiyotidir”. Abdulla Avloniy. Buyuklarimizning fikrlarini inobatga olgan holda biz yoshlar ham kelajakda tili- miz ravnaqiga o’z hissamizni munosib qo’shish niyatida o’z ishlarimizni boshlab oldik. Ma’lumki o’zbek tilshunosligimiz bir necha bo’limlardan iboratdir.Jumladan Fonetika,Grafika,Leksikologiya,Orfografiya,Orfoepiya,Morfologiya,Sintaksis, Punktuatsiya,Omonimiya,Sinonimiya,Paronimiya va boshqalar. Bu bo’limlarning har biri tilshunoslikni alohida bir bo’lagini olib o’rganuvchi sohalar hisoblanadi, Men Eshimova Guljaxon Salimovna ushbu kurs ishim orqali tilshunosligimiz- ning “Paronimiya” sohasini ilmiy jihatdan o’rganib chiqishga harakat qildim.Bu ishda Paronimiya sohasidagi ilmiy izlanishlar,olimlar, nazariya va ko’nikmalar haqida batafsil yoritishga harakat qildim. Bundan tashqari bu loyiham orqali Paronimiya o’zi nima degani,o’zbek tilida qanday paronimlar mavjud,paronmlarning nutqimiz va tilimizdagi o’rni haqida birma –bir to’xtalib o’tmoqchiman. Bu mavzuda o'zbek olimlarining ko'pchiligi ishlar olib bordi.Masalan:Teshaboy Aliqulov,Ahror Ma’rupov ( Paronimlar lug’ati) va boshqalar. Til madaniyati umummadaniyatning ajralmas qismi bo’lib,uning yuksalishida kuchli quroldir. Til ijtimoiy hayotda muhim rol o’ynaydi.Shuning uchun ham har bir ,kishidan tilning taraqqiyot qonunlarini mukammal bilish,unga ehtiyotkorlik bilan munosa- batda bo’lish talab etiladi. Nutq madaniyatiga e’tibor kundan- kunga ortmoqda,ammo shunga qaramay, ko’pgina o’quvchilarning yozma ishlarida,hatto ,gazeta ,jurnal va kitoblarda (tan- bur o’rniga tambur,adil o’rniga adil o’rniga adl, teri o’rniga tire qo’llash kabi) xato va kamchiliklar uchrab turadi. Talaffuzi jihatdan yaqin,ma’no tomonidan farqli bo’lgan so’zlar tilshunoslikda paronimlar deyiladi.Paronimlar ( para … va yun.Onyma –nom,ism )- talaffuzi, eshitilishi va morfem tarkibi o’xshash,leksik ma’nolari boshqa – boshqa yoki qisman yaqin bo’lgan so’zlar. Paronimiyaning qo’llanishi bilan borliq,bunday masalalar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan o’rganiladi.Paronimiya terminini dastlab Aristotel yasama so’z ma’nosida taklif etgan. Rus tilshunosligida ko’pincha ko’pincha Paronimiya deganda bir so’z turkumi- ga mansub,bir xil o’zakli so’zlar tushuniladi.{Masalan: adresat – adresant(oluvchi- yuboruvchi),predstavitsya- prestavitsya (o’zini tanitmoq-o’lmoq)} O’zbek tilshunosligida esa nafaqat bir xil o’zakli so’zlar ,balki eshitilishi bir-biriga o’xshash har xil o’zakli so’zlar ham paronim deb tushuniladi.(mas,sharaf-sharob, abzal-afzal, ta’rif-tarif,enlik-ellik,sog’liq-sovliq. Yozma yoki og’zaki nutqda paronimlarni mazmunan tushunib yetmay,biri o’r- niga ikkinchisini qo’llash, ularning imlosida yanglishish kabi holler tez-tez uchrab turadi. Faqat bir tovush bilan farqlanuvchi ,lekin bir xil talaffuz qilinadigan so’zlarga paronim so’zlar deyiladi.Paronimlarning shakli,aytilishi va yozilishi o’xshash ma’nolari esa har xil bo’ladi. Tarkibidagi tovushlar miqdori,talaffuzdagi yaqinlik bilan farqlanib,alohida –alo- da leksik ma’no ifodalovchi so’zlar paronimlardir. Masalan: arqon – arkon,diplomat – diplomant Paronimlar bir xil so’z turkumiga ham har xil so’z turkumiga ham mansub bo’lishi mumkin. Masalan: amr-amir, abzal- Afzal Paronimlarni tuzilishiga ko’ra ikkiga bo’lish mumkin: Tub paronimlar: azm-azim, xush –hush, tub – tup, adl-adil. Yasama paronimlar: bo’shlik- bo’shliq, asirlik-asrlik Talaffuzi yaqin bo’lgani uchun paronim so’zlarni bir –biri bilan almashtirib qo’yish ehtimoli bor. Paronimlarni almashtirib qo’llash uslubiy xatoga olib keladi. Masalan:Ot chopsa gumburlar tog’ning darrasi Bir harf yoki tovush bilan farq qiladigan hamma so’zlar ham paronim hisoblana- vermaydi. Masalan: vafo-jafo,bola –xola, yog’-bog’ kabilar paronim bo’lmaydi. Talaffuzi bir xil bo’lgan paronimlar ayrim darsliklarda omofon deb ham nomla- nadi. Masalan: adib-adip,yot-yod Paronim so’zlarni dublet so’zlar(leksik dubletlar)dan farqlay olishimiz kerak. Dublet so’zlar deganda ikki xil yozilish variantiga ega bo’lgan ayni bir so’z tushuniladi;bunday so’zlar imlo lug’atlarida ko’rsatiladi. Masalan:shaxmat-shohmot,shohsupa-shosupa. kabi. * LEKSEMALARDA PARONIMIYA . Ikki leksemani o‘zaro paronim deyish uchun : 1) yasamaleksemalar bo‘lishi, 2) ayni bir leksemadan yasalgan bo‘lishi, 3) ayni bir turkumga mansub bo‘lishi, 4) yasovchi morfemalarining mazmun jihatida umumiylik bo‘lishi, 5) yasovchi morfemalari ifoda jihatidan o‘xshash bo‘lishi kerak. Rus tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan quyidagi g‘arb tillariga mansub leksemalar sanalgan talablarga mos keladi, demak, paronimlar deb qaraladi: 1) abonent- abonement egasi - abonement- biror narsadan ma'lum muddat foydalanish huquqini beradigan hujjat; bu yerda: a) yasash asosi - abon-, yasovchilar: -ent, -ement; 2) adresat- pochta yuborilgan kishi yoki tashkilot - adresant- pochtani yuboruvchi kishi yoki tashkilot; bu yerda: a) yasash asosi -adres-, b) yasovchilar: -at, -ant; 3) diplomat- bir hukumatning boshqa hukumat bilan muloqotga vakolatli amaldor kishisi diplomant- diplom ishi yozayotgan kishi ; bu yerda: a) yasash asosi – diplom-, b) yasovchilar: -at-, -ant; 4) ekonomika- iqtisodiyot – ekonomiya- iqtisod qilish, tejamkorlik; bu yerda: a) yasash asosi – ekonom-, b) yasovchilar: -ik, -iy. O‘zbek tili leksemalaridan quyidagi juftlarni paronimlar deyish mumkin:
kishining sezish, idrok etish, anglash qobiliyati, rux (shaxmat donalaridan birining nomi – ruh -kishining his-tuyg‘ularini aks ettiruvchi kayfiyati, obba (hayrat ifodalaydi) – obbo (tashvish ifodalaydi) kabi juftliklarni paronim deyish mumkin. Talaffuzdagi o‘xshashlik tufayli bunday leksemalarni ishlatishda ham qiyinchilik, noo‘rin ishlatish voqe bo‘ladi.* Paronimik o’xshashlik ,odatda,ikki yoki uch leksema tarkibidagi tovush- larning fizik-akkustik yaqinligidan kelib chiqadi.Masalan , arqon va arkon.Bu ikki so’z tarkibidagi 5 tovushdan 4 tasi ayni bir xil fonemalardir,ammo ulardan birin- chisida “q”,ikkinchisida esa “k” fonemalari qatnashgan.Bu ikki fonemaning biri (“q”)chuqur til orqa,ikkinchi (“k”) esa sayoz til orqa ,ikkalasi ham jarangsiz,port- lovchi undoshlardir.Demak ulardagi fizik – akkustik va artikulatsion belgilar bir biriga juda yaqin.Shuning uchun arqon va arkon leksemalari talaffuzida bir-biriga o’xshashlik bor.Taqya (“sidirg’a matodan tayyorlangan do’ppi”)va takya (“odam- lar to’planib ulfatchilik qiladigan joy”),sallox(qassob) va saloh (“to’g’rilik”, “vij- donlilik”) so’zlarida ham shunday; bayon va boyon so’zlarida esa “a” va “o” un- lilarining quyi keng ekanligi, urg’usiz bo’g’inda qo’llanganligi bu ikki so’zning talaffuzdagi o’xshashlikka,demak, paronimiyaga sabab bo’lgan.Biroq,arpa va arfa so’zlarida bunday o’xshashlik ,ohangdoshlik yo’q,chunki ulardagi “p” va “f ” un- doshlarining portlash (“p”da) va sirg’alish (“f ”da)belgilari talaffuzda sezilarli da- rajada farqlanadi,buning ustiga bu leksemalarning so’z urg’usi ham har xil joylash- gan(arpa` va a`rfa kabi).Demak ,so’z tarkibidagi bir tovush bilan farqlanish doimo paronimiyaga olib kelavermaydi.Aks holda tildagi kvaziomonimlarning (minimal juftliklarning )barchasini paronimlar deb hisoblashga to’g’ri kelardi:boy-poy-toy, bosh-tosh –mosh,til-tish,ish,in,ip kabi.Bunday so’zlar qatori ko’p bo’g’inli so’zlar hisobiga yanada ortadi:daraxt- karaxt, paxta – taxta,tomon-somon kabi .Bu hol , ________________ Hozirgi o’zbek adabiy tili.2006.Sh.Rahmatullayev 42-44-betlar tabiiyki ,paronimiya hodisasini cheksiz qilib qo’yadi. Yuqoridagi mezonni (tovushlardagi fizik- akustik va artikulatsion yaqinlikni hamda aksentologik umumiylikni)yasama so’zlar paronimiyasiga ham tadbiq etsa bo’ladi.Xususan,yolqin va yorqin so’zlarida tovushlar o’xshashligi (o’zakdagi “l” va “r” ning ikkalasi ham til oldi va sonor ekanligi )bu ikki leksema talaffuzining bir-biriga yaqinligini ta’minlagan.Ammo,”yon” va “yoq” o’zak so’zlaridan yasal- yonilg’i va yoqilg’i leksemalarini ,yo’q va yoq o’zak so’zlaridan yasalgan yo’qla- moq va yoqlamoq so’zlarini paronimlar deyish qiyin,chunki bu so’zlarning o’zagi- dagi tovushlar artikulatsiyasida hamda fizik –akustik belgilarida sezilarli tafovut- lar bor:”yon” va “yoq” dagi “n”-til oldi,sonor,jarangli;”q”- chuqur til orqa ,port- lovchi ,jarangsiz; “yo’q” va “yoq” dagi “o’ ” –o’rta keng ,lablashgan; “o”- quyi keng , kuchsiz lablashgan.Ayni shu tafovutli belgilar tufayli yonilg’i va yoqilg’i, yo’qlamoq va yoqlamoq leksemalarining talaffuzi paronimiya mezoniga mos emas. Qolaversa, turli o’zakdan bir xil affiks bilan so’z yasash paronimiyaga olib keladi deb qarash “bog’”, “dog’”, “yog’”o’zak so’zlaridan yasalgan bog’lamoq,dog’la- moq,yog’lamoq so’zlarini ,shuningdek,”qaraq” va “qada” o’zak so’zlaridan yasal- gan qaroqchi va qadoqchi leksemalarini ham paronimlar deb tan olishga majbur qiladi,vaholanki,ularning birortasida paronimlik darajasidagi talaffuz uyg’unligi yo’q. Paronimiyada ba’zan leksemalar tarkibidagi fonemalar miqdori teng bo’lmasligi ham mumkin,ammo ularning talaffuzida bir-biriga yaqinlik,ohangdoshlik bo’lishi shart: amr (3 ta fonema)-amir (4 ta fonema),asr (3 ta fonema ) – asir (4 ta fonema), abonent (7 ta fonema)-abonement(9 ta fonema ) diplomat (8ta fonema )-dimlomant (9 ta fonema) kabi. Paronimlar omonimlar va omofonlardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: 1.Paronimlarning talaffuzi bir –biriga yaqin,o’xshash bo’ladi (yuqoridagi mi- solar) .Omonimlarning talaffuzi va yozilishi bir xil bo’ladi:o’t (maysa) va o’t (olov) kabi. 2.Omofonlarda ham talaffuz bir xildir: tub va tup (yozuvda)-tup va tup (talaffuzda).Paronimlarda esa talaffuz teng emas ,o’xshash bo’ladi: ganj va ganch kabi. Omofonlarda fonemalar miqdori teng bo’ladi,paronimlarda esa ular teng bo’- lishi ham , teng bo’lmasligi ham mumkin.Qiyos qiling : to’n- kiyim(3 ta fonema) ton – tovush toni (3ta fonema)-omofonlar,asr (3ta fonema )-asir (4ta fonema)- paronimlar kabi. 3.Paronimlarni so’z variantlari bilan qorishtirmaslik kerak: paronimlar bir so’z turkumiga mansub bir necha leksemalardir:san’at va sanoat kabi.Variatsiyalar esa bir leksemaning turli ko’rinishlari, xolos: tomosha va tamosha, do’ppi va to’ppi, gado va gadoy, shohi va shoyi kabi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,tilshunoslikda paronimiya hodisasining izchil mezonlari yetarli darajada ishlanmagan,shuning uchun bir xil hodisaga har xil baho berish holatlari tez-tez uchrab turadi.Demak,masalaning muammoli jihatlari hali anchagina bor,ularni maxsus tadqiq qilish tilshunoslikning navbatdagi vazifalari- dan biri bo’lmog’i kerak. Paronimlarning nutqda uslubiy vosita sifatida qo’llanishi (paronomaziya). Paronimlarning nutqda ,ayniqsa,badiiy nutqda o’ziga xos uslubiy ahamiyati bor: paronimlarning tovush tarkibidagi o’xshashlik,bir –biriga yaqinlik ba’zan, qisman bo’lsa-da,shakl neytralizatsiyasiga olib keladi,oqibatda ayrim kishilar nutqida ularni farqlay olmaslik holatlari yuz beradi.Bunday holatni payqagan yozuvchilar,shoirlar yoki dramaturglar paronimlardan obraz yoki personajlarning ma’naviy dunyosini,nutqiy saviyasini obrazli qilib ifodalash maqsadida foydala- nadilar .Bu hodisa tilshunoslikda paronomaziya deb nomlanadi. “Charxpalak” videofilmidan keltirilgan quyidagi epizodda buni yaqqol sezish mumkin. Unda atrofiga laganbardor yugurdaklarni to’plab olgan bir obro’talab, mansabdor shaxs aroq ichishdan bosh tortgan raqqosa qiz Zulxumor Hamiovaga qarata shunday deydi: ”Mayli,majbur qilmaymiz ,bizga bu qizning sanoati juda maqul”. Bu nutqiy parchada sanoat so’zi san’at leksemasi o’rnida qo’llangan bo’lib,u jamiyatda uchrab turadigan ayrim shaxslarning ma’naviy qashshoqligini ,tilga befarqligini ifodalash uchun xizmat qilgan.Demak,asar muallifi Sharof Boshbekov shu epizodni tasvirlashda san’at va sanoat so’zlarining paronimlik munosabatidan juda o’rinli foydalangan. Atoqli yozuvchi Abdulla Qahhorning “San’atkor” hikoyasida bo’sa va bo’lsa paronimlaridan uslubiy figura sifatida foydalanganligining guvohi bo’lamiz.Hiko- yada nomi chiqqan ashulachi ,san’atkorning “bo’sa” so’zini “bo’lsa”deb qo’llaga- ni zalda o’tirgan bir traktorchi tomonidan tanqid qilinadi.Bundan darg’azab bo’l- gan san’atkor o’ziga – o’zi deydi: “labingdan bo’lsa olsam , e , shakarlab” deganim u kishiga yoqmapti, “bo’lsa” emas , “bo’sa” emish!O’zi bilmaydi-yu, menga o’r- gatganiga kuyaman!Senga o’xshagan savodsizlar “bo’sa,bo’masa” deydi.Artist kulturniy odam-gapni adabiy qilib aytadi – “bo’lsa ,bo’lmasa” deydi”. Hikoyadan keltirilgan bu parchada bo’sa va bo’lsa paronimlaridan mohirona foydalanish “taniqli ashulachi san’atkorning” istehzoli obrazini yaratishga xizmat qilgan.* Paronimlardan deyarli barcha ijodkorlar o’z asarlarini yozishda unumli foydala- nadilar.Masalan: Mahmud Toir ham o’z she’rlarida paronimlardan foydalangan: 1.Mehrimning beshigida e’zoz topgan qo’zimsan, Sog’inchim eshigida kulib turgan ko’zimsan, Senga qiyos ne darkor,jon-jahonim ,o’zimsan, Hurlar ichra sen o’zing hurimdirsan,bolajon. (“Bolajon” 75-b.) Farzand – Ollohning aziz ne’mati.Shoir unga ta’rif berar ekan ,paronimlarni qo’llab chiroyli tasvir yaratgan. qo’zim=qo’z+im-(I shaxs egalik) “bolalarni erkalab murojaat etish shakli” ko’zim=ko’z+im-(I shaxs egalik) “tirik mavjudotni ko’rish azosi” ushbu satrdagi paronimlik ot so’z turkumi doirasida kuzatilmoqda. ___________________ * H.Jamolxonov Hozirgi o’zbek adabiy tili Toshkent – “Talqin”-2005 181-184-betlar) 2.Yonar bo’lsam bir otashda yondirguvchi muhabbatdir, O’zgalar ne o’zimdan ham tondirguvchi muhabbatdir. Tulporlarni turfa yo’lda toldirguvchi muhabbatdir (107-bet) N va L sonorlari tondirguvchi,toldirguvchi so’zlarida paronimlik munosabatini hosil qilishda ishtirok etgan. Tondirguvchi-“umuman bor bo’lgan narsani tan olmaslik,rad etmoq” Toldirguvchi –“toliqmoq,charchamoq” .Bu ikki so’z qofiyani hosil qiluvchi uslubiy vosita sifatida qo’llangan. Paronimlar o’quvchilarni fikrlashga jalb etib, so’z ma’nolarini uqishni talab etadi.Masalan: 3.Oshiq ahlin bog’ida men faqat tikan bosdim, O’riklar shoxi chamanyetmadi unga dastim. (“Hijron sadosiman”97-bet) Omonat umrimning oromi senda , Labingdan ichirsang may jomi senda , Qulingdirman,vale shoh qilay desang, “Begim” degin , Tangri kalomi senda Yuqoridagi misralarda shox va shoh so’zlari paronimlikni hosil qilgan: shox-“butoq,shox, shoxcha”; Shoh- “podshoh,hukumdor” Paronimlik nafaqat bir so’z turkumi balki turli so’z turkumi doirasida ham kuzatiladi: Bu dunyo qadimdir ,inson ham qadim, Yaxshi ham qadimdir, yomon ham qadim. Gohi baxtim kulib, ketib omadim, O’tkinchi dunyodan o’tib boraman. (“Qadim dunyo” 110 –b.) Yaxshiyam o’lim bor boshlar xam bo’lur, Boshim tosh degan toshlar malham bo’lur. (“So’nggi yo’l”113- b.) Yuqoridagi ikki she’rda ham va xam so’zlari paronimlikni hosil qilgan. “ham” so’zi yordamchi so’z turkumi bo’lib ,yuklamadir. U ta’kid , kuchaytirish ma’nosini beradi.”xam”esa fors – tojikcha so’z bo’lib ,pastga egilgan,quyi solingan ma’nosini ifodalaydi.Paronimlik mustaqil va yordamchi so’z turkumlari doirasida kuzatilmoqda. 5.Oshiqning murodi yolg’iz visoldir, Toshkent osmonida chehram hiloldir. Bir qarab quymoqlik sizga maloldir, Zorim bor ,zo’rim yo’q ,netayin,begim. (“Kumushbibi aytganlari” 87-b) Mahmud Toir yuqoridagi 4-misrada paronimlarni yonma-yon keltirish bilan uslubda teranlikka erishgan.Shuningdek ,zorim-zo’rim paronimlari kontekstual antonim hamdir. Zorim-fors –tojikcha “muhtoj, intizor” Zo’rim-fors –tojikcha kuch ,qudrat ma’nolarini anglatadi. Paronimlar nutqda qo’llanganda so’z o’yinlarini hosil qilishda ,o’quvchilarni fikrlashga jalb etishda muhim o’rin tutadi. Lug’aviy paronimiya. Ikki leksemani o’zaro paronim deyish uchun (yunoncha para-yonidagi,onyma- ism) ular: 1)yasama leksemalar bo’lishi; 2)ayni bir leksemadan yasalgan bo’lishi; 3)ayni bir turkumga mansub bo’lishi;4)yasovchi morfemalarining mazmun planida umumiylik bo’lishi;5)yasovchi morfemalari ifoda plani jihatdan o’xshash bo’lishi kerak. Rus tilidan o’zlashgan quyidagi baynalmilal leksemalar yuqorida sanalgan talablarga mos keladi,demak,paronimlar deb qaraladi: abonent(“abonoment egasi”)-abonement (“biror narsadan ma’lum muddat foydalanish huquqini beradigan hujjat”) bunda: a)yasash asosi –abon-;b)yasovchi lar - -ent,-ement-; adresat (“pochta yuborilgan kishi yoki tashkilot”)- adresant (“pochtani yubo- ruvchi kishi yoki tashkilot”);bunda: a)yasash asosi –adres-; b) yasovchilar - -at , -ant-; 3) diplomat (“bir hukumatning boshqa bir hukumat bilan muloqotga vakolatli amaldor kishisi”) –diplomant (“diplom ishi yozayotgan kishi”) bunda : a)yasash asosi –diplom-; b)yasovchilar -at -,-ant-; ekonomika (“iqtisodiyot”)-ekonomiya –( “ iqtisod qilish”, “tejamkorlik”); bunda: a)yasash asosi –ekonom-; b) yasovchilar- -ik-, -iy- kabi. Ham ma’no jihatdan ,ham talaffuz jihatidan o’xshashlik tufayli bunday paronimlarni farqlash va o’z o’rnida ishalatish ma’lum qiyinchilik tug’diradi. Leksik paronimlar ancha sodda talablar asosida ham belgilanadi:fonemalar tuzumida faqat bir fonemasi bilan farqlanib turadigan ikki leksema o’zaro paronim deb qaraladi.Shunday talab yetarli deyilsa,alpoz (ahvol,yusin)- alfoz (lafz lekse- masining ko’pligi),abzal (asli afzor:”asbob,egar – jabduq)- afzal (yaxshi,ortiq), xalos (ozod)-xolos (faqat),tizmoq(ipga shodalamoq)-chizmoq (chiziq tushurmoq), xush (yaxshi,yoqimli)-hush(kishining idrok etish,sezish,anglash qobilyati),rux1 (shaxmat donalaridan birining nomi-to’ra)- ruh (kishining his – tuyg’ularini aks ettiruvchi kayfiyati) kabi juftlarni paronim deyish mumkin. Talaffuzdagi o’ta o’xshashlik tufayli bunday leksemalarni ishlatishda ham qiyinchiliklar, noo’rin ishlatishlar voqe bo’ladi. Frazeologik paronimiya . Bazi frazemalar o’zaro tarkibidagi biror leksek komponenti bilangina farq qiladi, shunday komponentlar ham bir-biriga o’xshash bo’ladi.Bunday frazemalar- ni paronimlar (parafrazemalar) deb nomlash mumkin. Parafrazemalarning ko’rinishlari: Ikki frazema tarkibidagi hol qismi boshqa –boshqa,lekin o’xshash leksema bilan ifodalangan bo’ladi: yuragi tars yorilib ketayozdi ( “sabr –chidami tugab, xunob bo’lib ketmoq”)-yuragi qoq yorila yozdi (sevinib,qattiq hayajonlanmoq) kabi. Ikki frazema tarkibidagi to’ldiruvchi qism boshqa-boshqa,lekin o’xshash leksema bilan ifodalangan bo’ladi: o’zini qayerga qo’yishni bilmaslik (bekorchi- likdan zerikib toqatsizlanmoq)- o’zini qayoqqa urishni bilmaslik (kuchli hayajon- langan holda toqatsizlanmoq) kabi. 3)Ikki frazema tarkibidagi boshqruvchi fe’l qism boshqa- boshqa,lekin o’xshash leksema bilan ifodalangan bo’ladi: yetti uxlab tushiga ham kirmaslik (mutlaqo o’ylamaslik,kutmaslik) –yetti uxlab tushida ham ko’rmaslik (hech qachon ko’rmas- lik)kabi va boshqalar. Frazemalarda,paronimlardan tashqari , paraformalarni ham ko’rsatish lozim. Paraforma frazemalar biri ikkinchisidan tarkibidagi leksik komponentlariga ko’ra farq qilmaydi,lekin ulardan birida ikkinchisida yo’q grammatik shakllanish mav- jud bo’ladi.Buning ko’rinishlari: 1.Frazemalardan birining tarkibida nisbatlovchi qatnashadi,ikkinchisini tarki- bida qatnashmaydi:joni kirdi(yayramoq,rohatlanmoq)- jon kirdi (tetiklashmoq, jonlilashmoq)kabi 2.Frazemalardan biri faqat bo’lishli aspektda,ikkinchisi bo’lishsiz aspektda ishlatiladi:beli og’riydi (og’rinmoq)-beli og’rimaydi (mashaqqat chekmaslik) kabi. 3.Ba’zi frazemalarda yuqoridagi ikki hodisa birgalikda voqe bo’ladi: jon bermaslik (taslim bo’lmaslik)-jonini bermoq (har qanday og’ir shartni ,talabni bajarishga tayyor bo’lmoq) kabi 4.Frazemalardan har biri boshqa – boshqa nisbat shaklida ishlatiladi,ularning nisbatini o’zaro o’xshash holda o’zgartirib bo’lmaydi: og’ziga qaramoq (tinglamoq) –og’ziga qaratmoq (nutqi bilan mahliyo qilib olmoq) kabi va boshqa- lar.* Paronimiya va polisemiya Paronimiya haqida yuqorida fikrlar bildirildi.Endilikda polisemiya haqida so’z yuritsak Polisemiya (yunoncha :poli-ko’p+semia –belgi )-leksemalarning bir necha ma’noga ega bo’lishi .Masalan:tuz leksemasining semantik tarkibida quyidagi leksik ma’nolar bor:1) “kislota tarkibidagi vodorod o’rnini biror metall egallashi natijasida hosil bo’ladigan kimyoviy birikmalar”(asosiy tuzlar,sulfat kislota tuzlari) 2)“kimyoviy birikmaning ovqat uchun ishlatiladigan bir turi” (osh tuzi) 3)ko’chma: kimsaning boshqa odamga bergan ,yedirgan –ichirgan ovqati”(tuz bermoq,tuzini yemoq)4) ko’chma :mantiq,ma’no,mazmun: “Iye-iye,bu oyimchaning gapida tuz bormi o’zi?”(I.Rahim.) Leksik polisemiya,odatda bir leksemaning tarkibidagi leksik ma’nolar orasida mazmuniy bog’lanish borligiga tayanadi,shu xususiyati bilan leksik omonimiya- dan farq qiladi. Leksik polisemiyaning yuzaga kelishi ma’no taraqqiyoti qonuniyati bilan belgilanadi.* ______________ H.Jamolxonov Hozirgi o’zbek adabiy tili Toshkent- “Talqin”-2005 ( 155-bet) .У. Турсунов,А.Мухторов,Ш.Рахматуллаев ХОЗИРГИ УЗБЕК АДАБИИ ТИЛИ ТОШКЕНТ УЗБЕКИСТОН 1992( 141-143-БЕТЛАР) Paronimiya muammosi qasddan yaqinlashish yoki nutqdagi paronimlarni bila turib aralashtirib yuborish natijasida yuzaga keladi.Paronimlarning tarkibiy o’xshashligi ularning ma’lum semantik nisbiyligini belgilaydi.Nutqning bir qismi- ga tegishli bitta ildizli so’zlar yopiq paronimik qatorlarni hosil qiladi.Shuningdek, so’z shakllanishi ,semantika va uslubni mahkamlash va stilistik rang berish xususi- yatlariga qarab bir necha paronim guruhlari ajralib turadi. Ko’p ishlatiladigan paronimlar Eng ko’p ishlatiladigan paronimik juftlarga e’tibor berib o’tsak. Juda mashhur paronimik juftlikni “kiyinish”-“kiyish”so’zlari deb hisoblash mumkin. Mantiqiy va mantiqiy.Mantiqiy –to’g’ri ,sodiq ,izchil.Mantiq mantiq bilan bog’liq. Tilshunoslikda paronimlarni aniqlashda ikkita asosiy yondashuv mavjud: Paronimlar – bir-biriga yaqin,ammo tovush jihatdan o’xshash bo’lmagan ,bir xil so’zga ega bo’lgan ,bir xil grammatik toifaga kiruvchi so’zlar. Paronimalar tovush jihatdan o’xshashligi va morfemik tarkibiy qismning qisman muvofiqligi tufayli nutqda xato yoki notekis ishlatilishi mumkin bo’lgan so’zlar. Xulosa qilib aytganda,paronimlarni qo’llashda farqlamaslik,ularni adashtirish til hodisasi emas,balki muayyan til vakillarining shu til lug’aviy me’yorlarini yetarli darajada egallamaganligining natijasidir.Paronimlarni xato qo’llash,odatda, kam tanish bo’lgan so’zlarda uchraydi.Notanish so’zlarning katta qismini terminlar tashkil etadi.Zero,fan va texnikaning tez sur’atlar bilan o’sishi natijasida muayyan tilga (masalan,o’zbek tiliga )kirgan yangi so’zlar shu tilde mavjud bo’lgan so’zlar bilan talaffuz jihatdan yaqin kelib qoladi,oqibatda yangi- yangi paronimik qatorlar paydo bo’ladi.Masalan :tanbur-tambur,shtab-shitob,ta’rif-tarif,teri-tire va boshqa. Nutqda noaniqlikka yo’l qo’ymaslik uchun tildagi paronimlarni farqlay bilish,ma’no larini to’g’ri anglay olish zarur.Shunda “sharaf” o’rniga “sharob”, “kompaniya” o’r- niga “kampaniya”, “tovlanmoq” o’rniga “toblanmoq”, “enlik” o’rniga “ellik” tarzida qo’llashlarga o’rin qolmaydi. Badiiy adabiyotda ,publitsistikada,ommaviy so’zlashuvda matnning, nutqning ifodaviyligi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida paronimlardan keng foydala- niladi.Paronimlarni ataylab adashtirib qo’llash kulgili holatni keltirib chiqaradi. Bunday qo’llanishlar so’z o’yinida,askiyada,shuningdek,personajlarning nutqiy xususiyatlarini ochib berishda zarur bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqi Toshkent shahri, 2019-yil 21-oktabr. 2.У.Турсунов ва бошкалар.Хозирги узбек адабий тили,Тошкент,1992, 141-143-б. 3.А.Маъруфов.Паронимлар лугати.(талаффузи якин сузлар), Тошкент,1974,5-9 – б 4.Х.Жамолхонов Хозирги узбек адабий тили,Тошкент,2005,181-185-б 5.Ш.Шоабдурахмонов ва бошкалар. Хозирги узбек адабий тили,Тошкент, 1980,113-115-б 6.Sh.Rahmatullayev va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili ,Toshkent,2006,42- 44-b. Download 133,55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling