Ona tili darslarining noan'anaviy shakllari
Download 172.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona tili darslarining noan\'anaviy shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Ona tili darslarining noan'anaviy shakllari Navoiy Davlat pedagogika instituting “maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” fakultetining “boshlang’ich ta’lim” yo’nalishining 1-G kurs talabasi Ximmatova Mohichehra Reja: 1) Noananaviy darslarning mazmun- mohiyati. 2) Noan’anaviy darslarda tarqatma materiallar ustida ishlash + Boshlang’ich ta’limda ona tili o’qituvchi asosiy o’rinni egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bo’limlarni ichiga oladi: 1. Savod o’rgatish, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish. 2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish. 3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish. + Ona tili darslari o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o’stirish bilan bir qatorda, ularda ahloqiy va estetik tassavvurlarni shakllantirish, nafosat hissini tarbiyalash, mantiqiy tafakkur yuritishga o’rgatish, bilim manbai bo’lgan kitobni sevish kabi muhim masalalarni ham hal etishini nazarda tutadi. + «Fonetika, grammatika, to’g’ri yozuv va nutq o’stirish» dasturi, «Tovushlar va harflar», «So’z», «Gap», «Bog’lanishli nutq» va «Husnixat» bo’limlarini o’z ichiga oladi. Mana shu bo’limlarni o’tish, o’quvchiga singdirish jarayonida o’qituvchi o’zining bor mahoratini ko’rsatib, ona tili darslarini noan’anaviy tarzda o’tib, o’quvchilarni qiziqtira olishi, shu bilan birga ularning grammatik savodini rivojlantirib borishi lozim. + Ilg’or pedagogik texnologiyaning juda ko’p usullari mavjud bo’lib, ular seminar darslar, konferentsiya darslari «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «BBB» (Bilar edim, bilishni hoxlayman, bilim oldim), «Mantiqiy tafakkur» va boshqalardir. Bu sullardan o’quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. + Ona tili o’qitishda noan’anaviy dars usuli yuqori samara bermoqda. Bu usul o’z ichiga bir qancha metodlarni oladi. Masalan: ma’ruza, suhbat, test, og’zaki bayon, mustaqil yoki amaliy ish, lug’at bilan ishlash, diktant, uy ishi, bellashuv, musobaqa, sayohat krossvordlarni tuzish va yechish, savol-javob va boshqalar. + O’qituvchi bir soatlik dars davomida mana shu metodlarning bir nechtasidan samarali foydalana olsa, u ilg’or pedagogik texnologiya asosida noan’anaviy dars o’tgan bo’ladi. + Ona tili darslarining tuzilishi mavzusi, maqsad, metod, jihoz, darsning borishi qismlaridan iborat bo’ladi. O’qituvchi dars o’tish jarayonida darsning mavzusi, maqsadi, metodi, jihozi qismi shundayligicha qoldiradi, ammo darsning borishi qismiga mustaqil o’zgartirishlar kiritsa bo’ladi. Ya’ni ish: Musta qil ish. Og’zak i bayon. Bellash uv. Lug’at diktant . Test. Kitob bilan ishlash . Yangi mavzu. Dars yakuni va uyga vazifa jumlalari bilan almashtir sa bo’ladi. + Bunday darslarda o’quvchi o’zini erkin tutadi, mustaqil fikrlaydi, og’zaki va yozma nutqi o’sadi, yangi mavzuni o’zlashtirishi oson bo’ladi, dars qiziqarli bo’lganligi uchun o’tilgan mavzu uzoq vaqt xotirasida saqlanib qoladi. + Noan’anaviy darslarni o’tish uchun o’qituvchi, o’quvchi ham puxta tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Ya’ni bir mavzuga o’qituvchi ko’rgazmali qurol, rangli rasmlar, tarqatma materiallar (kartochkalar), kesma harflar, testlar, boshqotirmalar olib kelishi zarur. Jumladan, kesma harflar bilan ishlash 1-sinfda kesma harflardan tovush va harf tanish, bo’g’in, so’z yozishda foydalansa, 2- , 3-, 4-sinflarda ulardan so’zlarni tg’ri yozishda bo’g’in ko’chirishda foydalanadi. Lekin bu kesma harflar faqat o’qituvchigina emas, balki har bir o’quvchida ham bo’lishi lozim. Ular mana shu harflar bilan 2, 3 daqiqa ishlari davomida 5 ta, 6 ta so’zni to’g’ri yozilishini bilib oladilar. + Ona tilidan noan’anaviy darslarda boshqotirma rebuslardan foydalanilsa, ular o’quvchining tafakkurini charxlaydi, o’ylashga fikr bildirishga o’rgatadi. Bular albatta oddiydan murakkabga qarab borishi lozim. + Rebus boshlang’ich sinf o’quvchilariga juda sodda ko’rinishda berilib, surat belgilar asosida yechiladigan boshqotirmalardir. Rebuslarni hal etish uchun avvalambor suratda nima tasvirlanganini topish lozim bo’ladi, shundan so’ng shartli belgilar asosida yangi so’z hosil qilinadi. Shu tariqa rebus yechiladi va nima so’z yozilganligi topiladi. + Krossvord o’yinini o’tkazish uchun o’quvchilar yoshiga mos holda juda sodda ko’rinshda krossvordlar tuzib olinadi. O’quvchilar mustaqil ravishda javoblarni topib yozadilar. + Dastlab krossvordlar o’qituvchi boshchiligida hal etiladi. O’quvchilarda krossvordlarni hal etish ko’nikmalari paydo bo’lgandan keyin o’qituvchi nazorati ostida mustaqil yozadilar. + Krossvordlardan darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. + Fikrlash doirasini kengaytirishda testlardan foydalanish ham katta samara beradi. Chunki test o’quvchini bilim saviyasini aniqlash bilan bir qatorda, uni o’ylashga, izlanishga, fikrlashga da’vat etadi. Boshlang’ich sinfdanoq testlarni tahlil qilish, javobini belgilashga odatlangan o’quvchi yuqori sinflarga o’tganda test topshiriqlarini hech ikkilanmay, bemalol bajara oladi. + Test vaqtini tejash, dars mohiyatini yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. Shuning uchun test savollarini avvalo og’zaki tarzda butun sinf o’quvchilari bilan yechish kerak bo’ladi. Og’zaki muhokama etilgan mavzudan o’quvchi mustaqil xulosa chiqaradi. Bunda ham ko’rsatma harflardan foydalansa bo’ladi. + Test javoblari 4 ta variantda beriladi. Ya’ni AVSD. O’quvchi qo’lida ham shu harflar yozilgan ko’rsatma xattaxtachalar bo’ladi. U o’zi to’g’ri deb bilgan harfni ko’rsatadi. + Noan’anaviy darslarda qo’llanadigan usullardan biri tarqatma materiallar bilan ishlashdir. Tarqatma materiallar kartochkalari o’tilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash, olingan bilimlarni sistemalashtirish maqsadida ishlatiladi. Kartochkalarni tarqatishdan avval o’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda darslikda berilgan mashqlarni bajarib, mashqlar shartini tushunish, bajarilish tartibini va yo’llarini o’rganadilar. • Boshlang’ich sinflarda dars samaradorligini yanada oshirish uchun mana shu metodlarning barchasini AKT asosida o’qitilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. E’tiboringiz uchun rahmat! Document Outline
Download 172.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling