Hozirgi paytda davlat andozalari (standartlari) asosida barcha yo`nalishlar bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun o`quv rejalari va fanlarning namunaviy dasturlari ishlab chiqilmoqda
Download 19 Kb.
|
KIRISH
KIRISH O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida, Oliy O`quv yurtlarining asosiy vazifasi har tomonlama yetuk, jamiyat hayotiga moslashgan va o`z kasbi bo`yicha fanni yuqori saviyada o`zlashtirgan kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Hozirgi paytda davlat andozalari (standartlari) asosida barcha yo`nalishlar bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun o`quv rejalari va fanlarning namunaviy dasturlari ishlab chiqilmoqda. Unda halqaro umum ta’lim andozalarining qo`llanilishi yoshlarni o`qitishda o`zbek xalqining boy ma‟naviy merosidan, hamda jahonning ilg`or tajribalaridan keng foydalanish imkonini beradi. Mazkur o`quv qo`llanma, O`zbekiston Respublikasi texnika oliy o`quv yurtlarining fizika kafedralarida uzoq yillar davomida to`planilgan tajribalar va rivojlangan xorijiy mamlakatlar oliy o`quv yurtlarining keyingi yillarda qo`llayotgan fizika fanining dasturlaridan foydalanildi. Talabalarning fizika fanini o`zlashtirish uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Laboratoriya darslarida mos ravishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Texnika yo`nalishdagi institutlarning barcha ixtisosliklari bo`yicha talabalarga tavsiya etilayotgan o`quv qo`llanma mualliflarning ko`p yillik ish tajribasi samarasidir. Mualliflar qo`llanmani tayyorlashda, birinchidan, talabalarni hozirgi zamon fizikasi yutuqlarini hisobga olgan holda tayyorlangan laboratoriya mashg`ulotlari bo`yicha o`zbek tilidagi zamonaviy qo`llanma bilan ta‟minlashni, ikkinchidan, bo`lajak muhandislarning fizikaviy qonun, hodisa va jarayonlarni chuqurroq o`rganishlarga, ularning tajriba o`tkazish va o`lchashlarning oddiy uslublarini o`zlashtirishlariga ko`maklashishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yishdi. Qo`llanmaga kiritilgan har bir laboratoriya ishida qat‟iy ketma-ketlikka rioya qilingan. Dastlab ishning maqsadi, so`ngra ish to`g`risida qisqa va aniq nazariy ma‟lumot bayon etiladi. Bu o`rinda shuni ta‟kidlash kerakki, mualliflar talabalarning vaqtini tejash maqsadida imkon boricha ishning nazariyasini uning tavsifida yetarli darajada to`la yoritishga harakat qilganlar. Laboratoriya mashg`ulotlarni bajarishda, mos ravishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari namuna sifatida yoritilgan. Har bir mashqda ishni bajarish uchun zarur qurol va asboblarning nomlari, ish-ning bajarilish tartibi hamda talaba o`zini tekshirib ko`rishi uchun sinash savollari keltirilgan. Talabalarga yengillik yaratish maqsadida qo`llanmaning oxirida fizikaviy kattaliklarning turli sharoitdagi qiymatlarini jadvallari bilan birga ularning Halqaro tizimdagi o`lchov birliklari ham keltirilgan. Shuningdek, fizikaviy va matematik doimiylarning jadvallari ham ilova qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar Jankoli.D. «FIZIKA» V.2 Tomah.Per.s.ang.M.- Mir.1989 g.-321c. Douglas Ciancoli. Phusics a General Course. 2010 year.Chapter 1-43. Halliday Resnick “Fundamentals of Physics” 2012. Abduraxmanov K.P., Egamov U. Fizika kursi , 2011 y. Ogursov N.A. Kurs leksiy po fizike, Harkov, 2007. Ahmadjanov O.I. Fizika kursi. 1,2,3-qism.-T.; O`qituvchi, 1988., 1989 Kolmakov YU.N. Kurs leksiy po fizike, Tula, 2002. A.V.Volkenshteyn «Umumiyfizikakursidanmasalalarto`plami», 1985 y. Oplachko T.M.,Tursunmetov K,A. Fizika, Tashkent, 2007 http://phet.colorado.edu/ http://www.falstad.com/mathphysics.html http://www.quantumatomica.co.uk/download.htm 13http://school-collection.edu.ru Download 19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling