Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
NSS platasi kommutatsiya maydonini boshqarish platasidir. U vaqt
intervallarini taqsimlashga javob beradi, kommutatsiya maydon uchun bog‘lanishlarni boshqaradi va kommutatsiya maydonga to‘liq xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. BDR platasi drayver shinasi platasidir. SNU platasi servis kommutatsiya maydonning birinchi va uchinchi darajasida kommutatsiya funksiyasini bajaradi, LIMdan OTAL bo‘yicha olinadigan signalga ishlov berish uchun optik elekrik o‘zgartirishni ta’minlaydi. SNU platasi servis kommutatsiya maydonning ikkinchi darajasida kom- mutatsiya funksiyasini bajaradi. LIM liniya interfeysining moduli OBC (OPT platasi bilan hamkorlik) YET16 (E1/T1 interfeys), STU (STM - 1 interfeys), GESP (aks sado kompensatori), QSI (yuqori tizimli interfeys) platalaridan tashkil topgan. U joylashgan javonning umumiy tuzilmasi 6.17- rasmda keltirilgan. 6.17- rasm. LIM polkasining umumiy tuzilmasi Boshqa platalardan nutq kanallari bo‘yicha tushayotgan ma’lumotlar interfeys platasi kerakli ishlov berganidan keyin, 16,384 Mbit/s chiqish magistrallari bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarga o‘zgartiriladi. Keyin 16,384 Mbit/s oqimidagi hamma ma’lumotlar, OSI ishlov berganidan keyin, ikkita yuqori tezlikli optik oqimga 393,2 Mbit/s aylantiriladi va QSI RTD P W S Umumlashtirilgan plata OBC ET 16 STU GECP 393 Mbit/s 2,048 Mbit/s RS 422 2,048 МГц 2,048 кГц +5В -44В Ketma- ket port 2,2484 Мбит/с 16,384 Mbit/s 40,96 M Optik interfeys Е1/Т1 STM-1 186 markaziy KM yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, har bir interfeys platasi liniyalardan ikki kommutatsiya tekisligidan mustaqil ma’lumotlar kanal oqimini ajratadi. Bitta magistraldan ma’lumotlar kanal oqimini uzatish tezligi 2,048 Mbit/s tashkil qiladi. Oddiy sharoitda bitta kanal magistrali 2,048 Mbit/s vaqt intervallari to‘liq band bo‘lmaydi, shuning uchun, QSI da VI lari korreksiya qilish bajariladi. Korreksiya qilingan VI 0 va1 tekisliklar orasida taqsimlanadigan (har bir tekislik uchun 4 dan) 8 ta 2,048 Mbit/s magistral bo‘yicha CCM polkasiga yo‘naltiriladi. QSI platasi LIM va CNET orasidagi yuqori tizimli plata hisoblanadi. Bu plata, LIM modulidagi mos interfeys platalarning nutq kanallariga va traktlariga markazlashgan ishlov berishni ta’minlaydi, hamda CNET dan va CCM dan ma’lumotlar uzatish traktidan yuqori tezlikli ma’lumotlar oqimini 393,2 Mbit/s ulashni ta’minlaydi. OBC platasi SM tomonidagi OPT platasi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, hamda SM va AM/CM orasida aloqani ta’minlaydi. Har bir SM ikkita OTAL bo‘yicha, ikki OBC platasi bilan bog‘langan. OBC platasi 40,96 Mbit/s oqimlardan, har birini ma’lumotlar oqimga demultipleksirlaydi. Bu ma’lumotlar oqimi foydali yuklamani uzatish uchun ikkita 16,384 Mbit/s magistrali bo‘yicha va modullar orasida xizmat axborotini uzatish uchun bitta 2,048 Mbit/s magistrali bo‘yicha uzatiladi. Bunda optik - elektr o‘zgartirish, sinxrosignalni ajratib olish, ma’lumotni multipleksirlash va demultipleksirlash ishlatiladi. Foydali yuklama QSI da konsentratsiya qilingandan keyin, CNET ga va CCM dagi modullar orasidagi aloqa liniyalariga uzatiladi. ET16 platasi AM/CM uchun E1/T1 interfeysini beradi. Har bir plata 16 ta E1/T1 interfeysini beradi. U har xil xizmat funksiyalarini bajaradi: - RSM, RSA va RIM ni qo‘llash; - 7- sonli signalizatsiyasi uchun stansiyalararo UL ulashni qo‘llaydi; - ajratilgan signal kanali bo‘yicha R2 va 5 sonli signalizatsiya uchun stansiyalararo UL ulashni qo‘llaydi; - standart V5 imkon tarmog‘i uchun UL ulashni qo‘llaydi va V5 xizmatlari uchun, SA7- bitlariga ishlov berish funksiyasini bajaradi; - DSME qurilmalarini ulash funksiyasini qo‘llaydi; - yuqori turuvchi stansiya sinxrosignalini UL interfeysida ajratib oladi; sinxrosignalni ajratib olish uchun ishlatiladigan ketma - ket port nomeri ixtiyoriy belgilanishi va tanlanishi mumkin; - aniq mamlakatda R2 signalizatsiya standartiga adaptatsiya qiladi; - R2 signalizatsiya parametrlari talablarga asosan o‘zgartirilishi mumkin. 187 STU platasi AM/CM uchun SDH texnologiyasining STM - 1 interfeysini beradi (optik yoki elektrik). STU har bir platasi SDH tarmoq bo‘yicha STM - 1 interfeys (155 Mbit/s) orqali 63 ta E1 oqimini qabul qilish/uzatishi mumkin. STU ning har bir platasi ikki pozitsiyani egallaydi. Bu platalardan tashqari ET16 plataga yordamchi taqsimlovchi ETD platasi va STU platasiga yordamchi taqsimlovchi TMC platasi mavjud. LIM da to‘rtta STM - 1 interfeysi bo‘lishi mumkin. CKM – takt generator moduli. CKM yuqori darajali (8 kGts, 2 Mbit/s va 2 MGts) tashqi sinxrosignallarini oladi va har xil ichki stansiya sinxrosignallarni ishlab chiqaradi. Sinxrosignal polkasi 32 har xil sinxrosignallar liniyasini yaratish mumkin. Bu AM/CM uchun tayanch takt signallar sifatida ishlatish mumkin (8 kGts, 2MGts). CKM ni funksional sxemasi 6.18 - rasmda keltirilgan. 6.18- rasm. CKM ning funksional sxemasi CKM ga PWC (manba plata ), CKS (sinxrosignal manba platasi) CKD (chiqish sinxrosignallarni shakllantiruvchi plata) va SKV (sinxrosignalizatsiya polkasining birlashgan platasi) platalar kiradi. CKS platasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: - tashqi sinxrosignalga ishlov beradi, sinxrosignallar djitterini va vanderini yo‘qotish va x.k.; - uchta kirish tayanch sinxrosignallar uchun interfeys, hamda BITS - interfeysi. CKD platasi turli darajaga ega bo‘lgan va AM/CM ga taalluqli funksional polkalarga 32 ta liniya bo‘yicha chiqarayotgan chiqish sinxrosignallarini, ya’ni 8 kGts, 2,048 MGts shakllantirish uchun ishlatiladi; shunday qilib tizim har bir polkasi kerakli sinxrosignalni oladi. PWC PWC CKSO CKS1 CKDO CKD1 8 K 0 8 K 3 1 2 M 0 2 M 3 1 8 K 0 8 K 3 1 2 M 0 2 M 3 1 AMP AMD -48V 48V +5V 2,048 MGts 8 kGts 2,048 Mbit/s Ta ya nc h sinhrosi gna l- lar manba si |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling