Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. KOMMUTASIYA TIZIMIDA SIGNALIZASIYA 4.1. Umumiy tushuncha
Nazorat savollari 1. Signal deganda nimani tushunasiz? 2. Qanday signal turlari mavjud va ular haqida ma’lumot bering? 3. Modulyasiyaning analogli usullarini tushuntiring? 4. Impuls- kodli modulyasiya haqida ma’lumot bering? 5. AIM signalning hosil qilinishini tushuntiring? 6. Kvantlash tadbiri va kvantlash shovqinini hosil bo‘lishini tushuntiring? 7. Liniyaviy kvantlashda kodlashni tushuntiring? 8. Nochiziqli koder va nochiziqli dekoder haqida ma’lumot bering? 9. Delta - modulyasiya tamoyilini tushuntiring? 10. IKM li birlamchi uzatish tizimining tuzilishini tushuntiring? 11. IKM – 24- tizimining uzatish davrining vaqt tuzilmasini tushuntiring? 12. IKM – 30- tizimining davr va o‘tadavr vaqt tuzilmasini tushuntiring? 13. Liniyaviy kodlar haqida ma’lumot bering? 97 4. KOMMUTASIYA TIZIMIDA SIGNALIZASIYA 4.1. Umumiy tushuncha Signalizasiya – bu tarmoqdagi foydalanuvchilar orasidagi ulashni hosil qilish, qo‘llash va uzishni boshqarish uchun kerak bo‘lgan axborotlar bilan ikkita tarmoq elementlari orasidagi axborot almashinuvidir. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishda abonent va ulash liniyalari bo‘yicha uzatila- digan signallar uchta guruhga bo‘linadi: liniyaviy, boshqarish (registrli), ma’lumot (akustik). Liniyaviy signallar aloqa o‘rnatishning turli bosqichlarini (egallash, ozod qilish, uzatish va h.k.), kanal va liniyalarning holatini (bo‘sh, band) belgilash uchun ishlatiladi. Bu signallar aloqa o‘rnatishni boshidan to oxiragacha bo‘lgan bosqichlarda uzatilishi mumkin. Boshqarish (registrli) signallariga faqat aloqa o‘rnatish jarayonida abonent terminali bilan boshqarish qurilmasi, hamda stansiya va tugunlar boshqarish qurilmalari orasida uzatiladigan signallar kiradi. Bunday signallar yordamida aloqa yo‘li, chaqiralayotgan abonent liniyasi aniqlanadi va abonentlar orasida ulash trakti hosil qilinadi. Boshqarish signallari asosini manzilgoh (adres) ma’lumoti tashkil qiladi. Bundan tashqari, boshqarish signallariga tarmoqni ekspluatasiya qilish va boshqarish, hamda boshqarish qurilmalari o‘rtasidagi signallar ham kiradi. Ma’lumot (akustik) signallar abonent va operatorlarni aloqa bog‘lanish bosqichlarida xabardor qilish uchun ishlatiladi. Bunday signallar liniya va boshqarish signallaridan farqli o‘laroq ATS qurilmalariga ta’sir etmay, faqat abonent va telefonistkalarning eshitish (va ko‘rish a’zolari) orqali qabul qilingani uchun akustik signallar deb ataladi. Abonent va stansiyalararo signalizasiya mavjud. Abonent signalizasiyasi oddiy mulojamalardan iborat: bularga “men aloqa olishni xohlayman” bildiruvchi harakat mikrotelefon go‘shagini ko‘tardi yoki tugmani bosdi; akustik signallarni uzatish; abonent nomer terdi; u tergan nomerga xizmat ko‘rsatmaydi yoki o‘zgarganligi, ISDN signalizasiyasi va xokazolarni bildiruvchi e’lonlarni abonent eshitishi kiradi. Buni User- Networq Interface (UNI) interfeysida, ya’ni abonentni ulash tarmog‘ida signalizasiya desa ham bo‘ladi. UNI interfeysidagi keng tarqalgan signalizasiya nomer impulsli terish va ko‘p chastotali terish DTMF deb atasa bo‘ladi. Bu interfeysni zamonaviy misoli ISDN ni asosiy ulash 98 imkoni, ya’ni 2V+D=144 Kbit/s bo‘lishi mumkin. Bunda V ikkita axborot kanal va umumiy bo‘lgan D signal kanal xizmat ko‘rsatadi. Stansiyalararo signalizasiya, ya’ni Netvork - to – Networq Interface (NNI) interfeysida signalizasiyaga misol bo‘lib, ikkita ajratilgan kanal bo‘yicha signalizasiyasi 2AKS, “6 dan 2” kodli ko‘p chastotali signalizasiyasi, 7 sonli signalizasiya tizimi UKS va boshqalar hisoblanadi. Kanallar kommutasiyasi bilan tarmoqda ulash o‘rnatishga misol 4.1- rasmda soddalashtirib ko‘rsatilgan. 4.1- rasm. Ulash o‘rnatishni soddalashtirilgan ko‘rinishi Stansiyalararo signalizasiya tarmog‘dagi bir necha tugun va stansiyalarni ulash uchun kerak bo‘ladi. Bunda bitta ulashni tashkil etishda ko‘pincha turli signalizasiya tizimlari ishlatiladi. Chaqiriqqa xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan signalizasiya axboroti xalqaro va milliy tarmoqlarning turli tugunlar va stansiyalari o‘rtasida yuzlab signalizasiya axborotlarini uzatadi.Umumiy holda stansiyalararo signalizasiya ulanishni tasvirlab berishning quyidagi aspektlari bilan bog‘langan: birinchidan, stansiya telefon nomerni, yoki juda bo‘lmaganda kerakli qismini qabul qilishi lozim, shu nomer yordamida yoki ulash o‘tishi kerak bo‘lgan kommutasiya tugunlari va stan- siyalari zanjiridan keyingi ATS ga adres axborotini o‘tkazadi; ikkinchidan stansiya uchun kerakli aloqa kanalini tanlash kerak va zanjirdagi ke- yingi stansiyaga aynan qanday kanalni tanlagan xabarlashi kerak; uchinchidan stansiyalar davriy ravishda, bu ishlatilayotgan aloqa kanalini tekshirib turishi va nihoyat to‘rtinchidan aloqa tugashi bilan kanalni bo‘shatish kerak. Barcha bosqichlarda stansiyaning (tugunlarning) ishini qo‘llab turish uchun ular o‘rtasida mos axborot almashuvi zarur bo‘ladi. Bu almashinuv stansiyalararo signalizasiya deyiladi. Ulash Abonent А АТSА АТS B AbonentB AL bo`yicha signalizatsiya AL bo`yicha signalizatsiya UL bo`yicha signalizatsiya UL bo`yicha signalizatsiya 99 Zamonaviy stansiyalararo bayonnomalari oddiy signalizasiya tizimidan hanuzgacha mamlakatimiz umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘larida (UFTT) samarali ishlab kelmoqdalar. Stansiyalararo signalizasiya tizimining evolyusiyasida quyidagi uchta bosqichni ajratish mumkin: - impulsli signalizasiya; - ko‘p chastotali signalizasiya; - umumkanal signalizasiya. Stansiyalararo signalizasiya evolyusiyasining oxirgi uchinchi bosqichi kommutasiya tuguni dasturiy boshqarish kiritilishi bilan bir vaqtda boshlandi. Elektr signallari ketma - ketligidan tashkil topgan signalizasiya, ko‘p sonli telefon kanallariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning maxsus kanali bo‘yicha uzatish bayonnomasiga aylandi, xususan olganda shundan “umum kanal signalizasiyasi” nomi yuzaga keldi. 7- sonli umumkanal signalizasiya tizimi, XX- asrning telekommunikasiya o‘n yilligida to‘la ravishda o‘sha istiqloldagi o‘zgarishlarga mos kelar edi. Ularga ISDN tarmog‘ining yuzaga kelishi, intellektual tarmoqning xizmatlarini kiritish, mobil aloqa xizmat- lari va xokazolar kiradi. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, quyidagi ta’riflarni berish mumkin. Signalizasiya - bu tarmoq elementlari o‘rtasida xizmat axboroti bilan almashinuv bo‘lib, uning asosida tarmoq o‘zining abonentlariga ko‘rsatadigan xizmatlariga ishlatiladigan ulanishlarni yaratish, kuzatish va buzishni ta’minlaydi. Shu bilan ta’kidlash kerakki, kanallar kommutasiyasi tarmog‘ida (xususan telefon tarmog‘i shunday tarmoqdir) ulash tashkil etishda ishtirok etgan tarmoq resurslari, aloqa xizmatidan foyda- lanishning hamma vaqtida ularga biriktirilib qo‘yiladi va boshqa ulanish- larda ishlatilishi mumkin emas. Kanallar kommutasiyali tarmoqlar uchun signalizasiya tizimlarini ko‘rib chiqamiz. Ma’lumotlarni uzatish 70- yillar boshida paydo bo‘lgan edi va bunda “sukunat” davrlari bilan arala- shib ketadigan qisqa paketlar ko‘rinishida foydalanuvchilarga axborot uzatiladi. Bitta axborot oqimining paketlari orasidagi pauzalarni boshqa axborot oqimlarining paketlarini uzatish uchun ishlatish mumkin bo‘lganligi sababli, aynan bitta tarmoq resurslarini, biror- bir bitta oqimni mavjud bo‘lishi davrida, faqat unga berib qo‘yish zaruriyati yo‘q. 4.2- rasmda signalizasiyaning mumkin bo‘lgan variantlari ko‘rsatilgan: a) bevosita telefon kanali bo‘yicha signalizasiya; b) ajratilgan signalli kanal (ASK) bo‘yicha signalizasiya; v) 7 sonli umumkanal signalizasiyasi; 100 g) N323 MG CP yoki SIP turidagi IP- telefoniya signalizasiyasi. a) bevosita telefon kanali bo‘yicha signalizasiya; b) ajratilgan signalli kanal (ASK) bo‘yicha signalizasiya. v) Umumkanal; g) IP- telefoniya. 4.2- rasm. Signalizasiya АТS А Kommutatsiya va boshqaruv АТS А АТS А Shlyuz А АТS B АТS B АТS B Kommutatsiya va boshqaruv So`zlashuv kanali Signalizatsiya So`zlashuv kanali Signalizatsiya а) Kommutatsiya Kommutatsiy a Reg/М Boshqarish Reg/М Kommutatsiy a Reg/М So`zlashuv kanali Сигнализация So`zlashuv kanali Signalizatsiya Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling