Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Fazoviy kommutatsiya blokining qurilish tamoyili
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
5.3. Fazoviy kommutatsiya blokining qurilish tamoyili
Raqamli kommutatsiya tuguni va tizimlarida ikki tuzilmadagi kommutatsiya bloklari, FKB va VKB ishlatiladi. FKB da uzatish tizimlarining bog‘lovchi liniyalari (UTBL) belgilangan kiruvchi va chiquvchi kanallarning sinfazli kommutatsiyasi uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun u traktga xotirlash qurilmasini (XQ) qo‘llashni talab qilmaydi.FKB da kommutatsiyalanadigan liniyalarda aynan bir vaqt holatini egallaydigan kanallar kommutatsiyasi amalga oshiriladi. FKB N ta kirish va M ta chiqishdan iborat fazoviy kommutatordir. Kirishlarga va chiqishlarga mos ravishda n – vaqtli kanallarning kiruvchi va chiquvchi UTBL lari ulangan. Bunday kommutator N x M kommutatsiya nuqtasiga ega bo‘ladi, FKB ventillarda (elektron kaliti), “VA”, “YOKI”, multipleksor va demultipleksorlarda qurilishi mumkin. Agar FKB impulsli ventillar turidagi elektron kalit asosida qurilgan bo‘lsa, har bir NxM kommutatsiya nuqtasiga elektron kalitlari (EK) ulanadi (5.5a- rasm). M j , 1 125 5.5a- rasm. Ventil asosida qurilgan FKB Har bir ventil ikkita kirishga va bitta chiqishga ega, kirishlardan biri asosiy bo‘lib, ikkinchisi esa boshqaruv qurilmasi bilan bog‘langan boshqaruvchi hisoblanadi. Ventillarni boshqarish P i impulsli ketma - ketlik bilan amalga oshiriladi, ularning vaqt holatlari IKM tizimining kanalli oraliqlarning holatlari bilan sinxronlangan bo‘ladi. Har bir ventil ixtiyoriy P i – ketma - ketlik bilan boshqarilishi mumkin. ( n i , 1 ) va ventilning boshqaruv kirishiga n dan iborat ixtiyoriy ketma - ketlik soni berilishi mumkin. Ventil ochilganda uning asosiy kirishi chiqish bilan ulanadi, natijada vaqt holati P i - boshqaruv ketma - ketligining vaqt holatiga mos keladigan kanalda UTBL ning kiruvchisidan chiquvchisiga IKM signallarni translyasiya qilish uchun imkon beradi. Ventilni ochish vaqti boshqaruv ketma - ketlik impulsining uzunligiga teng, u esa o‘z navbatida kanalli oraliq uzunligiga teng. Agar ulanish o‘rnatish zarur bo‘lsa, masalan, birinchi UTBL ning 1, 5 va 7 kanallari bilan birinchi chiquvchi UTBL ning xuddi shunday kanallari bilan, hamda birinchi kiruvchi UTBL ning 2, 3 va 21 kanallari bilan, chiquvchi M liniyaning bir nomli kanallari bilan ulash kerak bo‘lsa, unda V 11 ventilning boshqaruvchi kirishga P 1 ,P 5 va P 7 V 1m ventilning boshqaruvchi kirishiga esa P 2 , P 3 , P 21 ketma- ketlik berish etarlidir. 5.5b - rasmda har birida n impulsli kanallarga ega UTBL NxM sig‘imli ko‘rib chiqilgan KB ning fazoviy ekvivalenti tasvirlangan. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling