Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
C&C08 tizimining konfiguratsiyasi
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
6.2. C&C08 tizimining konfiguratsiyasi SM moduli AM/CM bilan ikkita juft uchlamchi guruh optik kabeli, E1 interfeysi yoki SDH uzatish tizimi orqali ulanadi. SPM moduli esa AM/CM ning bir qismi hisoblanadi. SM va SPM modullari blokli rejimda kerakli sig‘imgacha ravon kengayishi mumkin. Faqat kommutatsiya modullari bilan tizim konfiguratsiyasi 6.1- jadvalda keltirilgan. 6.1- jadval Kommutatsiya modullari bilan tizim konfiguratsiyasi Liniya turi AAL soni RUL soni Stativlar soni Faqat AL 6688 - 4 Faqat UL - 1440 1 A va UL 4864 480 4 168 SM modulidan 128 ta bo‘lishi mumkin. AL va UL xohlagan nisbatda bo‘lishi mumkin. AL va UL interfeyslarini bir - biri bilan o‘rin almashishi mumkin. Ular nisbati 304 AAL ga 60 RUL ekvivalentdir. AAL platasi ASL 16 yoki 32 ta AAL ulanadi. RAL platasi DSL 8 ta 2B+D interfeysni ta’minlashi mumkin. RUL platasi DTF, ko‘p protokolli ishlov berish (LAP) boshqa platalari bilan birgalikda PRI, V5.2, PH1 va 7- sonli UKS bazasidagi UL interfeysini ta’minlaydi. MFC platasi bilan birga R2, R1.5, SS5 signalizatsiyasi tizimi asosida ajratilgan kanal bo‘yicha signalizatsiyani ta’minlaydi. Tushayotgan yuklamaga asosan modullararo aloqani nutq kanallarining umumiy soni 512 yoki 1024 ga teng konfiguratsiyalanishi mumkin. Katta bo‘lmagan kengaytirishda, SM qo‘shmasdan, faqat AL javonlarini qo‘shish kerak. AL javonlarini bosh tugun va kommutatsiya maydon HW magistral liniyalari bilan rezervlashtirilgan aloqa liniyalariga ulash kerak. SM qo‘shish kerak bo‘lganda, boshqa SM larga tegmay, uni alohida o‘rnatish mumkin. Buning uchun AM/CM ga juft optik interfeys platasi qo‘shiladi va qo‘shilgan modulni optik kanallarga ulanadi. Faqat SPM modullari bilan tizim konfiguratsiyasini ko‘ramiz. SPM AM/CM ichiga joylashtirilgan bo‘lib, AM/CM moduli ta’minlaydigan E1 interfeyslari, yoki SDH optik interfeyslari orqali hamma turdagi xizmatlarni beradi. SPM katta sig‘imli xalqaro, shaharlararo, tranzit stansiya sifatida ishlatishga, hamda tarmoqlararo interfeyslari bilan shlyuzli stansiyada ishlatishga mos keladi. SPM faqat AM/CM bilan birga ishlay oladi. Uni tarmoq tashkil qilishda alohida SM sifatida ishlatish mumkin emas. SPM bilan tizim konfiguratsiyasi 6.2- jadvalda ko‘rsatilgan. Bitta SPM 4096 gacha UL xizmat ko‘rsata oladi. 6.2- jadval SPM bilan tizim konfiguratsiyasi UL soni SPM soni Stativ soni 307- 20 8 5 61440 16 7- 92160 24 9 Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling