Hozirgi ta’limda flipped classroom (“AG‘darma sinf”) yondashuvi


IClickers/polling (iClickers/so'rovnoma)


Download 43.17 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi43.17 Kb.
#1636808
1   2   3
Bog'liq
THESIS 3 24 05 2022 RESPUBLIKA KONF AJINIYAZ NUKUS Axborot xati

IClickers/polling (iClickers/so'rovnoma)


Vazifani bajarish vaqti: 5 dan 10 minutgacha; Guruh hajmi: 1tadan 2 tagacha
• o‘quvchilarga darsdan tashqari o‘rganilgan tushunchalar haqida darhol fikr bildirish uchun ideal tarzda qo‘llaniladi
• iClickers - bu sinfda so‘rov o'tkazish usullaridan biri bo‘lib, o‘quvchilardan javobini ko‘rsatish uchun harfli qog‘ozni yoki boshqa rangdagi qog‘ozni ko‘tarishlari orqali javoblarni aniqlash.
• talabalar sinfdan tashqari materialni o‘qigan yoki to‘liq tushunmaganligini aniqlash uchun ko‘p tanlovli savollar qoʻying va javoblardagi farqni aniqlash uchun talabalar oʻrtasida soʻrov oʻtkazing.

Word webs/concept maps (So'z tarmoqlari/konseptsiya xaritalari)


Vazifani bajarish vaqti: 30 dan 45 minutgacha; Guruh hajmi: 1 dan 4 gacha
• individual yoki birgalikda amalga oshirilgan kontseptsiya xaritalari sinfdan tashqari o‘rganilgan vazifalarni mustahkamlashi va turli mavzularda muloqot o‘rnatishni amalga oshiradi.
• talabalar ma’lum bir tushunchalar, terminlar, g‘oyalar yoki nazariyalarning mavzu bo‘yicha qanday bog‘liqligini vizual tarzda xaritaga kiritadilar
•yuzaga kelgan har qanday bo‘shliq guruh yoki sinf darajasidagi muhokamalar o‘chog‘i bo‘ladi.
Individual problem solving (Shaxsiy muammolarni hal qilish)
Vazifani bajarish vaqti: 5 dan 10 minutgacha; Guruh hajmi: 1 dan 4 gacha
• sinf ichidagi muammolarni hal qilish mashg‘ulotlari o‘quvchilarga dars davomida o‘z tengdoshlari va o‘qituvchi bilan muammolarni muhokama qilish uchun individual yondashish imkonini beradi.
• muammoni hal qilishda amaliyot vaqtini ko‘paytirish va o‘quvchilarga noto‘g‘ri tushunchalar haqida darhol fikr bildirib o‘tish mumkin [2, E. F. Barkley. 2005].
Yillar davomida ota-onalar yig‘ilishlarida o‘tirganimizni eslaymiz va ota-onalar bizdan o‘g‘li yoki qizi sinfda o‘zini qanday tutishini tez-tez so‘rashardi, ular o‘g‘lim yoki qizim jim o‘tiradimi, hurmat bilan muomala qiladimi, ota-onaning savoli asosan tarbiyaviy tomoni nazarda tutilganligidadir. Lekin, talabalar asosiy e’tiborni o‘rganishga qaratish kerakligi haqiqiy muammoli savoldir. Ota-ona va o‘qituvchi munosabati quydagi savollar ustida bo‘lish kerak. Sizning talabangiz o‘rganyaptimi yoki yo‘qmi? Agar ular o‘rganmayotgan bo‘lsa, ularga o‘rganish uchun nima qilishimiz mumkin? Bu juda chuqurroq savol va biz buni ota-onalar bilan muhokama qilsak, biz haqiqatan ham talabalarni yaxshiroq o‘rganishga yordam beradigan yo‘llarini ko‘rishimiz mumkin.
Talabaning yaxshi o‘rganmasligining ko‘plab sabablari bor. Bunaqangi holatga har qanday pedagog faoliyati davomida duch kelishi tayin. Talabalarda kam ma‘lumot bormi? Talabalarning o‘qishiga xalaqit beradigan shaxsiy muammolari bormi? Yoki talabalar maktab(oila)da o‘rganishdan ko‘ra bekorchi narsalar bilan ko‘proq shug‘ullanadilarmi? Ota-onalar va o‘qituvchilar birgalikda bolaning nima uchun o‘rganmayotganini aniqlay olsalar, unig taqdirini o‘zgartirishga bo‘lgan birinchi qadam shu bo‘ladi. Aynan biz yuqorida ta’kidlab kelayotgan metod o‘quvchining darsga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishiga ishonamiz. Chunki, bu metod o‘z nomi ila “Ag‘darma sinf” metodi bo‘lib, bolaning dars davomida o‘zini erkin munosabatga olib kirishi, o‘qituvchi bilan emas o‘z tengdoshlari bilan tanlangan mavzu yuzasida erkin fikr almashishi va yaqinlashishi uning har tomonlama o‘zgarishiga ozroq bo‘lsada ta’sirini ko‘rsatadi va o‘qituvchi ham qo‘yilgan maqsadga yetishishning mazmunli va foydali yo‘liga ega bo‘ladi.
Xulosa shuki, biz bu ilmiy yondashuvimizdan kelib chiqib, oldingi qo‘llanilib kelingan metodlarni butunlay sifatsiz va natijasiz, hozirgi aytib o‘tilgan “Ag‘darma sinf” modeli yuz foiz natija beradi demoqchi emasmiz. Biz faqat kuzatuvlarimiz natijasida ularning afzallik jihatlari va kamchiliklariga o‘z munosabatimizni bildirib o‘tdik. Zamonning o‘zgarishi va raqamli texnologiyaning rivojlanishi o‘qitish sifatiga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ayniqsa, bugungi texnologiya rivojlangan asrda buni inkor qilish imkonsiz. Yer yuzida ta’lim sohasi ham butunlay yangi texnologiya asosida o‘rgatish usullariga o‘tib ketdi. Hozirgi vaqtda har qanday o‘qituvchi ham o‘z sohasi bilan birgalikda raqamli texnologiyalarni malakali mutaxassisi bo‘lishi kerakligi taqazo qilyapti.

Download 43.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling