Hozirgi ta’limda flipped classroom (“AG‘darma sinf”) yondashuvi
Download 43.17 Kb.
|
THESIS 3 24 05 2022 RESPUBLIKA KONF AJINIYAZ NUKUS Axborot xati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
HOZIRGI TA’LIMDA FLIPPED CLASSROOM (“AG‘DARMA SINF”) YONDASHUVI Qodirov Umut Ro‘ziboyovich, Tayanch doktorant Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlar universiteti, Samarqand, O‘zbekiston, Tel: +998996490638 kodirovumut.uz@mail.ru ANNOTATSIYA Ushbu akademik tadqiqotimizda “ag‘darma sinf” modelining qo‘llanilish usuli, o‘qitish va o‘rganishdagi foydali jihatlari muhokama qilinadi. Hozirgacha butun dunyoda pedagoglar ushbu usulda darslarini mazmunli va salmoqli o‘tkazib kelmoqda. Ayniqsa, bu modelni raqamli texnologiya bilan uzviy bog‘liqligi ishning unumdorligini yanada oshiradi. Buni ta’limda qo‘llash juda oson bo‘lib, o‘quvchilarning uy vazifasi sinf ishida bajariladi, sinf ishi esa uyda bajariladi. Ag‘darma sinf texnologiyasi bilan o‘qituvchi sinfda kamroq "ma’ruzachi" va ko‘proq “boshqaruvchi”, “tuzatuvchi” bo‘lib ishtirok etadi. Kalit so‘zlar: “Ag‘darma sinf”, metodologiya, pedagogic texnologiya, online darslar, raqamli texnologiya, uy vazifalari, zamonaviy ta’lim, ma’ruza, o‘qitishga asoslangan, nazariya va amaliy bilim Raqamli texnologiya – bu barcha sohalarni uddalash usulini osonlashtirgani kabi bu yangilik ta’limni ham chetlab o‘tmadi. O‘qitish borasida malakasi kamroq o‘qituvchilar o‘zlari tayyorlagan oddiy video orqali sinfdagi ko‘rsatmalarni o‘zgartirishi yoki umumiy ishlardan birini tanlashi mumkin. Bu sohada malakasi yuqori o‘qituvchilar esa sinfda o‘qitishga oid tajribasini yanada yaxshilash va mustahkamlash uchun dasturiy ta’minot va texnologiyalarni chuqurroq o‘rganadilar. Hozirda bu usulda dars o‘tish uchun Instagramm, Facebook,Twitter va Telegramm kabi saytlar hamda Zoom platformasidan keng foydalanishadi. O‘qituvchilar onlayn viktorina savollari, testlar, tugash sanalari va hokazolarni joylashtirishlari mumkin. Talabalar birgalikda loyihalar ustida ishlash uchun post yozishlari va guruhlar tuzishlari mumkin. Video darslarni kompyuterlarda, noutbuklarda, laptop, iPad smartfonlarida va hokazolarda olib borsa bo‘ladi. Kompyuterdan foydalana olmaydigan talabalarga (bu kunlarda kam uchraydi) kompyuter laboratoriyasi yoki media markazlarida o‘z ustida ishlashi va maktabda o‘qish paytida ma’lumotlarni va vazifalarni ko‘rib chiqishi zarur bo‘lgan talabalar uchun yaxshi sharoitdir. Ko‘p odamlar “ag‘darma sinf” haqida eshitganlarida, faqat video ko‘rinishdagi darslar deb hisoblashadi. Aslo bunaqa fikrdan yiroq bo‘ling.. O‘qituvchi va talabalar yuzma-yuz vaqt o‘tkazish davomida yuzaga keladigan o‘zaro ta'sirli va mazmunli ta’lim faoliyatini yuzaga chiqaradi. An’anaviy darslarda asosan, aniq tizimsiz ishlaydigan talabalar, o‘quvchilar butun darsni kompyuter ekraniga qarab o‘tkazishi, yakka holda ishlashni taqozo qiladigan talabalarning e’tibordan chetda qolish holatlari kuzatiladi. “Siz o‘quvchilarning ongini jalb qilganingizdan so‘ng, o‘rganishga, to‘g‘ri o‘zlashtirishga ishtiyoq paydo bo‘ladi” [4, Berrett. 2012], “birma-bir e'tiborni jalb qilish o‘rtacha talaba doimiy fikr-mulohaza va tuzatish jarayoni bilan ta'minlanadi va o‘quv yutuqlari bo‘yicha talabalar natijasi 98 foiziga yetishi mumkin” [7, Houston va Lin. 2012]. Bu gaplar bundan 24 yil oldin aytilganiga qaramay, ko‘pchilik darslar hali ham o‘qituvchiga yo‘naltirilgan ma'ruzalar bilan o‘qitiladi. Lekin, bu model hali ham raqamli ta’limning eng yuqori ko‘rsatgichga ega brendlaridan biri sifatida Amerika ta’lim tizimida muhim rol o‘ynaydi. Bu uslubda faqat asosiy ko‘rsatmani yodda tutish kerak. Sinfdagi dars uy vazifasiga, uy vazifasi esa sinf ishiga aylanadi. Bunda talaba sinfda faol o‘rganish uchun ko‘p vaqtni mazmunli va maqsadli o‘tkazadi. “Ag‘darma sinf” butun dunyo bo‘ylab ko‘plab o‘qituvchilar hamda bizning o‘zbekistonlik fan o‘qituvchilari ham ushbu modelni o‘zlashtirdilar va undan ingliz tili, matematika, boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maktab va oliy ta’limda ham dars berish uchun foydalanmoqdalar. Ushbu modelning eng katta afzalliklaridan biri shundaki, umumiy o‘zaro ta'sir kuchayadi, o‘qituvchidan talabaga va talabadan talabaga munosabat ortadi. O‘qituvchining roli kontentni taqdim etuvchi (asosiy ma’ruzachi/ma’lumot yetkazuvchi)dan sinfda yo‘l ko‘rsatuvchiga o‘zgarganligi asosiy vaqtni bolalarni tinglash va ularni to‘g‘irlash bilan mazmunli suhbatlashib o‘tkazadi. O‘qituvchining o‘qitish(sinf)dagi vazifasi o‘zgarganligi sababli, biz o‘quvchilarning bir-biri bilan o‘zaro munosabatini to‘liq kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Sinf bo‘ylab sayr qilarkanmiz, biz o‘quvchilarni o‘zlarining birgalikdagi guruhlarini ishlab chiqishlari, bir birini qo‘llab quvvatlashi, ma’lumot almashishi, fikrlar qarama qarshiligi va yakdilliklarini ko‘ramiz. Talabalar bilimni yagona tarqatuvchi sifatida o‘qituvchiga emas, bir-birlariga o‘rganish(suyanish)ga yordam berishadi. Bunaqangi manzarani kuzatishdanda zavqli ish yo‘q. Natijada, o‘quvchilarimizning birgalikda ishlashlari va bir-birlaridan o‘rganishlari bizni eng quvontiradigan va qo‘yilgan maqsadga erishtiradigan yagona usuldir. Darslar davomida “ag‘darma sinf” texnologiyasining o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan talabalar bilan individual yoki guruh bo‘lib shug‘ullanishda bir necha o‘qitish usullarini quyida ko‘rsatib o‘tamiz. Download 43.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling