153-modda. Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini buzish
(153-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini, davlat aloqa tarmog‘i bilan bog‘lanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarining parametrlarini buzish —
(153-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(153-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 4-yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 3-avgustdagi 290-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |