Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish


Download 0.5 Mb.
bet101/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

148-modda. Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish
Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yo‘l organlari va yo‘l organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, o‘t o‘rish, daraxt kesish va ularga shikast yetkazish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, kanalizatsiya, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqish, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekish —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(148-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 269-moddasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar), O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-sonli “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 766-I-son “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi.
149-modda. Yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning avtomobil yo‘llarini va yo‘l inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzishi
Avtomobil yo‘llariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yo‘llardagi aholi punktlari doirasida, o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yer maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yo‘lkalar va ular o‘tadigan ko‘prikchalar qurish, ularni ta’mirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek o‘zlariga biriktirilgan yer maydonidan chiqish yo‘llarini yoki umum foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga kelib tutashadigan yo‘llarni, shu jumladan kesib o‘tiladigan ko‘priklarni texnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(149-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-sonli “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling