Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish


Download 0.5 Mb.
bet97/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

141-modda. Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish
Haydovchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(141-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
142-modda. Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzish
Temir yo‘l, havo va suv transportida qo‘l yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(142-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 24-avgustdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari” (O‘zR AQ-198)”, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari”.
Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badbo‘y moddalar va ashyolarni topshirish —
Oldingi tahrirga qarang.
ana shu moddalar va ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yib yoki olib qo‘ymay yoxud musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(142-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(142-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling