Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Nosoz transport vositalarini yo‘lga chiqarish va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish


Download 0.5 Mb.
bet96/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

139-modda. Nosoz transport vositalarini yo‘lga chiqarish va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini yo‘lga chiqarish, —
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(139-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nosozligi bo‘lgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yo‘lga chiqarish, —
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(139-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga 3-ilova Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar.
140-modda. Mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish
Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(140-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling